Ўzbekiston respublikasi


Talantning paydo bo’lishi va tuzilishi



Yüklə 3,32 Mb.
səhifə10/39
tarix28.01.2023
ölçüsü3,32 Mb.
#99628
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Umumiy psixologiya. G\'oziyev. 2-kitob

4. Talantning paydo bo’lishi va tuzilishi.
Talantning ijtimoiy tarixiy tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant (yunoncha talanton qimmatbasho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma'no anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta'minlaydigan qobiliyat shamda iste'dodlar majmuasidan (yiqindisidan) iborat individual xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta'rif berishiga qaramay, ularda asosiy belgilar ta'kidlab o’tiladi, chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab meshnat faoliyatining muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi. Talantning asosiy belgilari:
a) muvaffaqiyatni ta'minlash; b) faoliyatni mustaqil bajarish; v) originallik unsurining mavjudligi; g) qobiliyat shamda iste'dodlar yiqindisidan iborat ekanligi; d)individual psixologik xislatligi; ye) ijtimoiy turmushni o’zgartiruvchi, yaratuvchi imkoniyatligi kabilar.
Talant sham qobiliyatlarga o’xshash ijodiyotda yuksak mashoratga, muvaffaqiyatga erishish imkoniyati shisoblanib, ijodiy kutilmasi (yutuq) insonlarning ijtimoiy tarixiy turmush shart-sharoitlariga boqliqdir. Jamiyatda talantli shaxslarga nisbatan mushtojlik sezilsa, bunday insonlarning kamol topishi uchun zarur ob'ektiv va sub'ektiv shart-sharoitlar yaratilsa, bunday vaziyatda barkamol odamlarning shakllanishiga imkoniyat tuqiladi. Shuning uchun jashon sivilizasiyasi, fan va texnikasi, san'at va adabiyot, moddiy va ma'naviy madaniyatini yaratishning (ichki rushiy) imkoniyati shisoblanmish talant progressning sharakatlantiruvchi omilidir. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning yetishmasligi tufayli ko’pchilik talant soshiblari o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish imkoniyatlaridan mashrum bo’lgandir.
Mamlakatimizning yaqin o’tmishida chorizm mustamlakachilik siyosatida, qataqon yillarida qanchalab talantli davlat va jamoat arboblari, betakror fan, madaniyat, adabiyot namoyandalari o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga erisha olmay dunyodan ko’z yumdilar.
Bu-bizning moziyimiz, achchiq shaqiqatimiz, turmush voqeligimiz, dinomik xususiyatli ko’ngil armonimiz, borliqqa aql-zakovat bilan munosabat bo’lishning ilmiy psixologik mezonidir. Talantlarning uyqonish (tuqilish) ijtimoiy shart-sharoitlarga boqliq bo’lganligi, tufayli mustaqil mamlakatimizda talantli yoshlarga nisbatan yuksak eshtiyoj sezmoqda, bu narsa yaqqol ko’rinib turibdiki, shunday mezonga loyiq shaxslar mavjud va ular kelajagi buyuk davlatimiz poydevori shisoblanadilar.
Talant qobiliyatlar yiqindisi yoki ularning majmuasidan iborat bo’lishiga qaramay, aloshida olingan yakka qobiliyatni shatto u taraqqiyotning yuksak bosqichiga erishgan, yorqin ifodalansa sham, u bilan tenglashtirish mumkin emas. Bu omilga asos bo’lib, XX asrning 20-30 yillarida Moskvalik psixologlar tomonidan olib borilgan fenomenal qoyat o’tkir, noyob (nodir) xotiraga ega bo’lgan insonlarni tekshirish natijalari shisoblanadi. Esda olib qolish qobiliyati (estrada sashna artisti) shech kimda shubsha tuqdirmagan bo’lsa-da, lekin xotira ijodiyotning muvaffaqiyati, mashsuldorligi omillaridan biri ekanligi to’qrisida xulosa chiqarishga olib kelgan. Ma'lumki, shaxsning yaratuvchanlik faoliyatida aqlning epchilliga, boy fantaziya, kuchli iroda, barqaror xarakter, turqun qiziqishlar, sermashsul bilish jarayonlari, motivasiya, yuksak shis-tuyqular va boshqa psixologik sifatlar ustuvor ashamiyat kasb etadi. Shuni unutmasligimiz o’rinliki, noyob xotiraga ega bo’lgan ajoyib yozuvchilar, rassomlar, kompozitorlar, yuristlar, jamoat arboblarining nomlari mashshurdir.
Psixologik ma'lumotlarni umumlashtirilgan sholda ikki xil xususiyatli fikrni aloshida ta'kidlab o’tish talant tuzilishini yengilroq tushunish imkoniyatini yaratadi:
1) talant - bu shaxs psixik xislatlarning shunday murakkab birikmasidirki, uni: a) aloshida, yagona maxsus qobiliyat bilan; b)xotiraning yuksak mashsuldorligi orqali; v) shatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o’lchab bo’lmaydi;
2) shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi shamda yetarli darajada taraqqiy etmaganligi talantning murakkab tarkibiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o’rni bosib yuborishi (kompensasiya qilishi) mumkin.
Moskvaning Umumiy va pedagogik psixologiya instituti xodimlari tomonidan o’quvchilarning talanti iste'dod tushuncha negizida o’rganilgan.
Aniqlangan mushim qobiliyatlar yiqindisi aqliy iste'dod tuzilishini vujudga keltirilgan. Ilmiy tadqiqotchilarning fikricha, yuksak iste'dod quyidagicha bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin: a) bunday shaxsning birinchi xususiyati-ziyraklilik, shaylik, jiddiy faoliyatni bajarishga tayyor turishlikdir; b) shaxsning ikkinchi xususiyati-uning meshnatga tayyorligi (meshnatga moyilligi, meshnatga intilishi, meshnatning eshtiyojga aylanishi)dir;
v) insonning uchunchi xususiyati-unda tafakkur xususiyatlari va fikr yuritishning tezligi, aqlning tartibliligi, tashlil va umumlashtirishning yuqori imkoniyatlari, aqlning mashsuldorligidir. Ma'lumotlar tashlilining ko’rsatishicha, maxsus iste'dod tuzilishi yuqoridagi sifatlardan tashqari, aniq faoliyat talablariga muvofiq keluvchi bir qator qobiliyatlar bilan to’ldiriladi.
Talant o’zining umumiy va maxsus sifatlari yiqindisi bilan ijodiy yutuq imkoniyatining ayniyatidir. Talant mashoratning dastlabki sharti shisoblansa-da, lekin ular bir-biridan muayyan darajada tafovutlanadi. Talant-katta, ijodiy va zo’r meshnat mashsulasidir. Meshnat esa shayotiy tajriba, ko’nikmalarning zaruriy majmuasi manbaidir. Ijodiyotning sharti-bu shayotiy tajriba, zaruriy ko’nikma va malakalar yiqindisining mavjudligidir. Ijodiy faoliyat talantning ajralmas qismi shisoblanib, bunda rushlanish deb nomlangan psixologik sholat aloshida ashamiyat kasb etadi. Rushlanish esa faoliyat mashsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lashzadan iboratdir. Talant imkoniyat tariqasida psixologik shodisa shisoblansa, u sholda mashorat-shaqiqatga aylangan imkoniyat gavdalanishidir. Psixologik nuqtai nazardan shaqiqiy mashorat-bu shaxs talantining faoliyatda namoyon bo’lishidir.



Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə