Asalarichilik –
qishloq xo‗jaligining tarmoqlaridan biri bo‗lib, asalarilarni
asal, mum va boshqa mahsulotlar (asalari suti, asalari yelimi, asalari zahari)
olish, shuningdek, qishloq xo‗jaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun ularni
changlatish maqsadlarida boqish.
Baliqchilik
– xalq xo‗jaligining suv havzalarida baliq zahirasini
ko‗paytirish va sifatini yaxshilash bilan shug‗ullanuvchi sohasi. O‗zbekiston
daryo va ko‗llarida baliqning 65 ga yaqin turi yashaydi.
Parrandachilik –
xo‗jaliklarda parhez taomlar, parranda mahsulotlari olish
uchun tovuq,kurka, g‗oz, o‗rdak, bedana va boshqa turdagi parrandalarni
ko‗paytirish va boqish.
Yem-xashak
– qishloq xo‗jaligi hayvonlarini boqishda ishlatiladigan,
tarkibida o‗zlashtiriladigan (hazm bo‗ladigan) ozuqa moddalari bo‗lgan, asosan,
o‗simlik, hayvonot, mikrobiologik va kimyoviy mahsulotlardan iborat ozuqalar.
Yem-xashak asosan, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari yoki uni qayta ishlashdan
hosil qilinadi.
Yem-xashak ekinlari
–chorva mollari va parrandalarga yem-xashak
(ko‗kat, pichan, yem, silos) tayyorlash maqsadida ekiladigan o‗simliklar. Yem-
xashak ekinlariga bir yillik va ko‗p yillik o‗tlar, xashaki ildizmevali, xashaki
poliz ekinlari, silos bostirish va yem uchun ekiladigan donli ekinlar kiradi.
Yem-xashak balansi
–xo‗jalikdagi mavjud yem-xashak miqdorini unga
bo‗lgan ehtiyoj bilan qiyoslash. Odatda, u chorva mollarining belgilangan
davrda yem-xashak bilan qanchalik ta‘minlanganligini aniqlash, agar kam
bo‗lsa, uni tayyorlash tadbirlarini ko‗rish maqsadida kelgusi yil uchun,
shuningdek, istiqbol rejaga asosan bir necha yilga mo‗ljallab tuziladi.
Yem-xashak ratsioni –
ozuqa moddalari bilan chorva mollarining talab va
ehtiyojini qondiruvchi, xo‗jalikdagi mavjud turli yem-xashakdan tuzilgan
sutkalik ozuqa rejasidir.
|