20
Sanoatda
aksincha, mehnat predmetlari (xom-ashyo) ko‗chib yursa, asbob-
uskuna, mashina va stanoklar bir joyga o‗rnatilgan.
8. Ko„pchilik qishloq xo„jaligi korxonalari bir necha xil tovar
mahsuloti ishlab chiqaradi.
Dehqonchilik va chorva mahsulotlari aynan bitta
xo‗jalik yetishtiriladi. Chunki dehqonchilik chorva
mollarini ozuqa bilan
ta‘minlasa, chorvadan olingan go‗ng organik o‗g‗it sifatida xizmat qiladi.
9. Ko„p sonli qishloq xo„jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bozorda
raqobat muhitini shakllantiradi.
Birgina tovar ishlab chiqaruvchining o‗zi
bozor bahosiga ta‘sir ko‗rsata olmaganligi sababli
tarmoqda yakka hukmronlik
kuzatilmaydi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida qishloq xo‗jaligi xususiyatlariga
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining talabining noelastikligini va qishloq xo‗jaligi
mahsulotlari yetishtiruvchilarning raqobatbardoshligini
hisobga olish zarur deb
hisoblaydi
6
1.3. Erkin bozor munosabatlarini amalga oshirishda fanning predmeti,
maqsadi va vazifalari
Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. Dastlab ―iqtisodiyot‖
tushunchasi
xo‗jaligi yuritishning qonuniyatlari va uy xo‗jaligini boshqarish san‘ati
ma‘nolarida muhim ahamiyat kasb etgan. Ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi, iqtisodiyot-ning turli tarmoqlarining shakllanishi
natijasida ushbu
tushunchaning ma‘no-mazmuni ancha kengayib, o‗zgarib bordi. Bu
quyidagilarda aks etadi:
Dostları ilə paylaş: