I-BOB. QISHLOQ XO„JALIGI IQTISODIYOTI FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFASI HAMDA TADQIQOT USULLARI O„quv maqsadi: Qishloq xo‗jaligining jahon iqtisodiyoti va respublika
iqtisodiyotida tutgan o‗rnini, qishloq xo‗jaligining o‗ziga xos xususiyatlarini,
tarmoqning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatini va erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida
qishloq xo‗jaligini rivojlantirishga qaratilgan hukumatning tashkiliy, iqtisodiy va
ijtimoiy chora-tadbirlarini, qishloq xo‗jaligini rivojlantirish konsepsiyasini,
hamda ―Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti‖ fanining predmeti, maqsadi, vazifalarini
va fanning mazmunini yoritishda qo‗llaniladigan tadqiqot usullarini
o‗rganishdan iborat.
Tayanch iboralar: moddiy ne‟mat, mahsulotlar, ehtiyojlar, iqtisodiy mustaqillik, yalpi ichki mahsulot (YAIM), bozor iqtisodiyoti. 1.1. Qishloq xo„jaligi jahon va respublika iqtisodiyotining muhim tarmog„i ekanligi haqida Qishloq xo‗jaligining jahon iqtisodiyotidagi o‗rni keyingi yillarda keskin
rivojlanib bormoqda, bu esa qishloq xo‗jaligining jahon iqtisodiyotidagi
ahamiyati yanada oshayotganidan dalolat beradi. Shuning uchun ham qishloq
xo‗jaligi mahsuloti ishlab chiqarishning asosiy omillari bo‗lgan yer, suv, mehnat
resurslari va ularning o‗ziga xos xususiyatlarini rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar miqyosida o‗rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo‗jaligi moddiy ishlab chiqarishning asosiy va eng qadimgi
tarmoqlaridan biri bo‗lib, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom-
ashyoning asosiy qismini yetkazib beradi. Qishloq xo‗jaligi, asosan ikkita yirik
tarmoq-dehqonchilik va chorvachilikdan iborat. Bu ikki soha aholi uchun
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetkazib beradi. Qishloq xo‗jaligi
o‗simlik va chorvachilik mahsulotlarini dastlabki qayta ishlaydigan bir qancha
tarmoqlarni ham o‗z ichiga oladi. Iqtisodiy jihatdan faol aholining taxminan
yarmi, kamroq taraqqiy etgan mamlakatlarda esa ko‗pincha 80-90 foizidan
ortig‗i qishloq xo‗jaligida band. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bu
ko‗rsatkich 10 foizni tashkil etadi. Qishloq aholisining ijtimoiy muammolari,
joylashishi qishloq xo‗jaligi bilan chambarchas bog‗liqdir. Bir qancha
mamlakatlarda o‗rmon xo‗jaligi ham qishloq xo‗jaligi tarkibiga kiradi.
Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishidagi agrar-iqtisodiy islohotlar va tarkibiy
o‗zgarishlar hamda sohani diversifikatsiyalash natijalari Respublikamizni MDH
12
ichida qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishi yuqori darajada
o‗sayotgan davlatlar qatoriga kiritish imkonini berdi (1.1.1-rasm).
1.1.1-rasm.