Ўзбекистон республикаси жисмоний тарбия ва спорт вазирлиги



Yüklə 147 Kb.
səhifə2/7
tarix17.12.2023
ölçüsü147 Kb.
#149886
1   2   3   4   5   6   7
Халқ ўйинлари МАҚОЛА

“Pul muomala vositasi”.
Bozor qanday joy?
Jihozlar: bozor rasmi, bozorda sotiladigan mahsulotlar rasmi.
Yangi soʻzlar: sotuvchi, xaridor, tovar, bozor, jahon bozori.
Maqsad: bolalarni bozor bilan tanishtirish, u yerda amalga oshiriladigan ishlar haqida maʼlumot berish.
Mashgʻulotning borishi: Mahsulotlar sotiladigan va sotib olinadigan joy bozor deyiladi. Bozorda tovar ayirboshlash xaridor va sotuvchi munosabati orqali yuzaga keladi. Sotuvchi tovar egasi. Xaridor-oʻz ehtiyoji uchun turli mahsulotlarni sotib oluvchi shaxs, Tovar bozorda oldi-sotdi orqali ayirboshlanadigan mehnat mahsuli. “Moling sara boʻlmaguncha, borish sara boʻlmas” (maqol). Insonlar mahsulot ishlab chiqara boshlabdilarki, bozor paydo boʻlgan. Qani, bolalar, Fargʻona shahrimizda qanday bozorlar bor?
Bir sanab chiqaylik.
Bozorning eng kattasi Jahon bozoridir. U yerda dupyodagi eng sifatli mahsulotlar sotiladi. Bular: paxta, oltin, gaz, qorakoʻl teri, neft, pilla, koʻmir kabi qazilma boyliklar, zaruriy ashyolar va hokazo.
(Raqs: “Bozor borodi qizgina”).
Bu mahsulotlarning kerakligi yurtimiz uchun olib qolinadi va ortiqchasi chet ellarga sotiladi. Oʻrniga kerakli boʻlgan shakar, kartoshka, dori-darmon, un, har xil mashinalar sotib olinadi.
Doʻkon” oʻyini.
Didaktik vazifasi: sotib olish zarur boʻlgan narsani tasvirlashga oʻrgatish, xushmuomala boʻlishga, bir-birga eʼtiborli boʻlishga doʻkondagi muomala normasi, xushmuomalalik bilan soʻrashish, rahmat aytish.
Oʻyin qoidasi: tasvirlanishiga qarab, sotib olinadigan buyum topish, kim birinchi boʻlib topsa, oʻsha narsani sotib olishga boradi, xarid qilingan oʻyinchoqlarni keyin bolalar oʻynaydi.
Oʻyin harakatlari: Topishmoq aytish, topish, sotish va sotib olish.
Oʻyinning borishi: Tarbiyachi maʼlum qiladi: Bugun bu yerda yangi magazin ochildi. (Oʻyin boshlaguncha narsalarni peshtaxtaga qoʻyib, sotuvchi tayinlanadi). Kim magazinga borib, narsa sotib olsa, olgan narsasini bizga koʻrsatmaydi. Biz soʻraymiz: “Nima sotib olding, bizga koʻrsat!” Bizga javob beradi: “Agar nimaligini topsalaring koʻrsataman”.
Bolalardan biri oʻyinchoqni tanlab, soʻzlay boshlaydi:
Men tunda yoritadigan narsa sotib oldim. U metalldan, chirogʻi
qizil.
Fonarcha, — deb topadilar bolalar.
Birinchi xaridorni tarbiyachi tayinlaydi. Hamma bolalar doʻkonga orqa oʻgirib oʻtiradilar, xaridor sotuvchiga xushmuomalalik bilan soʻzlab, oʻziga yoqqan narsani soʻraydi va tayoqcha bilan koʻrsatadi. Sotuvchi narsani xaltaga solib, xushmuomalalik bilan deydi: “Marhamat!”. Xaridor sotuvchiga rahmat aytib xayrlashdi. “Vali nima olding?” deb soʻraydilar.
-Avval topinglar, keyin koʻrsataman, — deydi Vali, — men shunday kichkina narsa sotib oldim. Stadionda hakam uni oʻzi bilan olib yuguradi, kim qoidani buzsa uni chaladi.
- Hushtak! Koʻrsat!
Vali olgan narsani koʻrsatadi va birinchi boʻlib javob bergan bola xaridor boʻladi. Shunday qilib, oʻyin uning hamma ishtirokchilari oʻyinchoq sotib olguncha davom etadi.
Oʻyinni tushuntirish bilan yakuplash mumkin: “Magazin tushlik vaqtida yopiladi”. Bolalar oʻyinchoqlarni oʻynaydilar, bir-birlari bilan almashtiradilar. Oʻyin uchun unutilgan oʻyinchoqlarni qoʻyish kerak. Tarbiyachi oʻyinchoqlarni qanday oʻynash lozimligini eslagipsh mumkin.
Masalap: “Vali! Xokkey oʻynaganlaringda endi sen hakam boʻlishing mumkin. Ssnda hushtak bor”. Bolalar kim xokkey oʻynapshpi kelishib oladilar. “Men esa aloqachi boʻlaman. Menda fonarcha bor. Men kechasi ham dushmanni koʻra olaman. Kel, Sanjar aloqachilar boʻlib oʻynaymiz! Men senga ham fonarchamni berib turaman”. Magazindan olingan narsani olish orqali bolalarda mustaqil oʻynash koʻnikmalari hosil boʻladi.

Buni qayerdan sotib olish mumkin?”


Didaktik vazifasi: Bolalarni turli mahsulotlar turli magazinlarda sotilgan haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Mahsulotlar oziq-ovqat doʻkonlariga, sanoat doʻkonida, kitob doʻkonida har xil boʻladi: oziq ovqatlarga meva-sabzavotlar, nonvoyxona, sut kabilar va sanoat mollariga esa poyafzal, kiyim-kechaklar, gazlamalar, sport mollari kabi guruhlarga boʻlinadi. Bolalarni doʻkonlarni bir-biridan farqlashga oʻrgatadi. Ularda ota-onasiga engil xarid qilib yordamlatish istagini tarbiyalaydi.
Oʻyin qoidalari: Kichik suratlarni katga kartochkalar bilan moslashtirish. Oʻyin “Loto” usulida oʻtkaziladi. Xato qilmay, hamma kataklarni berkitgan bola gʻalaba qiladi. (yutadi).
Oʻyin harakatlari: Izlat, topish, kataklarni berkitish.
Oʻyinning borishi: Oʻyinni boshlashdan avval tarbiyachi bolalar bilan suhbat oʻtkazadi. Kerakli narsalarni onalari qayerdan sotib olinganlarini bilishadimi, qanday doʻkonni biladilar, doʻkonlarni nomlari qanaqa, ular ham doʻkonga boradilar, ota-onalariga yordam beradilarmi? Suhbatdan soʻng tarbiyachi katta kartochkalardagi doʻkon satrlarini koʻrsatadi. Bolalar doʻkon peshtoqidagi yozuvga qarab, bilib oladi. (Baʼzi bolalar “non”, “sut” degan yozuvlarni oʻqiy oladilar).
Tarbiyachi: Hozir esa bolalar, oʻynaymiz. Men sizlarga kichkina kataklarni tarqatib beraman. Sizlar esa bularni qaysi doʻkondan sotibolish keraklgini aytasizlar va katta kartochkani ustiga qoʻyasizlar.
Shoshilmanglar, diqqat bilan suratga qaranglar! Tarqatib boʻlgach, tarbiyachi ruhsat beradi: “Oʻyinni boshlang!” Bolalar stolning oldiga kelib, oʻz kartochkalaripi katta karta ustiga qoʻyadilar. “Sut” deb yozilgan doʻkon oldiga shisha, sut paketlari, yogʻ, qaymoq, tvorog va boshqa narsalarni qoʻyadilar. Tarbiyachi toʻgʻriligini tekshirib turadi ragʻbatlatiradi. Oʻyin barcha kerakli narsalarni magazindan sotib olish mumkinligini, ular turli xil boʻlitishi bilib olishiga yordam beradi. Oddiy narsani sotib olishga, uyiga yaqin boʻlgan doʻkonga borishni oʻrgagadi.
Ishlash uchun kimga nima kerak?”.
Didaktik vazifasi: Bolalarning ishlaganda kimlarga mehnat qurollari yordam berishi toʻgʻrisidagi bilimlarini mustahkamlash kattalar mexnatiga qiziqishni tarbiyalash, mehnat qilgani oʻrgatshp.
Oʻyin qoidalari: Katta xarflardagi katakchalarni oʻziga mos keladigan suratlar bilan berkitish
Oʻyin harakatlari: Kerakli kartochkalarni sopiga. kim tezroq katta kartadagi katakchalarni berkitish musobaqasi.
Oʻyinning borishi: Oʻyin “Loto” tarzida oʻtkaziladi. Katta kartalarda opshaz, vrach, shofyor, choʻpon tasvirlangan. Tarbiyachi bolalarning kasblar, mehnat qurollari toʻgʻrisidagi bilimlarini aniqlaydi. Keyin gapida bulgan “Lotto” oʻyini qoidalarini eslatadi. Agar bolalar bu oʻyinni oʻynashmagan boʻlsa, oʻyin qoidasini tushuntirish kerak. Bitta katta kartani olib, uni quradilar, keyin unga mos keladigan suratni, masalan, oshpazga kastryulka, choʻmich, goʻsht qiymalagich, choynak kabi narsalarni unga qoʻyadilar. Tarbiyachi qiynalayotgan bolaga savollar bilan yordam beradi.
Qoʻgʻirchoqning yangi uyi”.
Didaktik vazifasi: Umumlashgiruvchi soʻzlar: mebel, kiyim, oyoq kiyimi, idish-tovoq, oʻyinchoq kabilarni toʻgʻri qoʻllash va tushunishni mashq qildirishga, bolalarda ixtiyoriylikni, oʻyinchoqlarni zhtiyotlash, tengqurlari bilan oʻynash istagini tarbiyalash.
Oʻyinning qoidalari: Yangi qoʻgʻirchoq yasaydigan xonaga aynan soʻzga taalluqli boʻlgan narsalarii olib kirishi kerak. Narsalarni biror narsaga solish yoki maʼlum joyga quyish.
Oʻyinning harakatlari: Xonani yangi qoʻgʻirchoq uchun jihozlash, kerakli narsalarni qidirish.
Oʻyinning borishi: Tarbiyachi oʻyin burchagini barcha oʻyinchoqlardan holi qiladi va faqat polda gilamnigina qoldiradi. Hamma narsalar, oʻyinchoqlar xonaning devori yonida bir chetda stolda turadi.
- Bolalar, bugun biz yangi uyga koʻchamiz. “Raʼno” degan qoʻgʻirchoq biznikiga keldi, biz uning xonasini jihozlashga yordam berishimiz kerak. Kelinglar, yangi qoʻgʻirchoq bilan tanishaylik, — deya oʻyinni boshlaydi tarbiyachi.
Bolalar qoʻgʻirchoqni koʻradilar, oʻzlari tanishadilar. Tarbiyachi deydi: Mana, endi, biz “Yangi uyga koʻchish” oʻyinini oʻynaymiz. Raʼno sizlarni qanday oʻynay olishlaringni koʻrib turadi. Oʻyin qoidalari shunday: men narsalarni bir aytaman, sizlar esa kerakli narsalarni Raʼno yashaydigan uyga olib kirasizlar. Hushyor boʻlinglar! Bizga uy jihozlari kerak boʻladi. Sevara, Yulduz. Mahliyolar boradilar va uy jihozlariga kiradigan hamma narsani olib keladilar, qolganlar esa tekshiradi: ular hammasini olib kelishganmi, yoʻqmi. Qizlar qoʻgʻirchoq mebelini gilam ustiga joylashtiradilar. Tarbiyachi davom etadi:
- endi, Vohid, Gʻani va Vali borib, idishlarni olib keladilar (ovqat
va oshxona idishlarini). Bolalar idishlarni keltirib stolga qoʻyadilar. Hamma bu ishni batartib, bajarilishini kuzatib turadi. Oyoq kiyimlarini yana bir guruh bolalar olib keladi. Raʼno biznikida yaxshi yashashi uchui yana nimalar olib kelish kerak?
- Oʻyinchoqlarni, koʻp oʻyinchoqlarni, — deydi bolalar. Bolalar oʻyinchoqlarni olib kelib, gilamga, tokchaga qoʻyadilar.
Bu oʻyinda umumlashtiruvchi tushunchalar. Mustahkamlanadi va muhimi, tarbiyachi bolalarni ijodiy oʻyinga tortadi: yangi kelganga gʻamxoʻrlik qilish, u bilan oʻynash, unga yangi uy yasatish koʻnikmasi tarbiyalanadi. Oʻyinda ixtiyoriylik, batartiblilik tartiblanadi. Oʻyin burchagini oʻzi jihozlab olish koʻnikmasi shakllantiradi.

Kim mehnat qildi?”.


Didaktik vazifasi: Kattalar mehnati toʻgʻrisidagi bilimlarini aniqlash, kattalar mehnatini xurmatlash, unga xavas uygʻotish.
Oʻyin qoidalari: Ishlab chiqarilishiga qarab narsalarni guruhlarga ajratish fabrika, zavod (ishchi) va fermer (dehqon).
Oʻyin harakatlari: Ikki komandaning “Dehqonlar” va “Ishchilar” ning musobaqasi
Oʻyinning borishi: Oʻyin uchun zarur narsalarni shunday tanlash kerakki, bolalar bilib olsinlar, ularni kim qildi, etishtirdi yoki oʻstirdi. Boshoqlar, sabzavotlar, mevalar, paxta chanogi, poliz ekinlarining urugʻlari, asal (bankada), Oʻyinchoqlar, qoʻgʻirchoq kiyimlari, oyoq kiyimi, idishlar, mebel na hokazo. Bu narsalar stolda turadi.
Bu nima? Buni kim etishtirgan?
Dehqonlar!
Tarbiyachi narsani boshqa stolga qoʻyadi va teshik kulchani koʻrsatadi:
Bu nima?
Teshik kulcha!
Kim uni etishtirgan? -Nonvoylar!
Nimadan?
Bugʻdoydan!
Yana shu kabi savollar bilan murojaat etiladi (“Bugʻdoyni kim oʻstirdi? Kim uni un qildi?”).
Shunday qilib, tarbiyachi bolalarga hamma narsalarni kishilar etishtirganini, ularning mehnati bir-biriga bogʻliq ekanini tushuntiradi. “Tetik kulchani qaysi tomosha qoʻyamiz?” desa, bolalar: “Ikkala tomonga ham”, deb javob berishadi.
Narsalar ikki guruhga ajratib boʻlingach, tarbiyachi oʻyinning bu qismini shu soʻzlar bilan yakunlaydi. Bizni oʻrab turgan narsalarning hammasi mehnatkash inson qoʻllari bilan yaratilgan. Koʻrdingiz-mi, biz qapcha narsalarni ajratdik. Endi, “Dehqonlar” va “Ishchilar” oʻyinini oʻynaymiz. “Boshladik!” degan xabarni bersam, ikkala guruh xonadagi narsalarni ikki tomonga yigʻadi. Bir tomonga ishchilar qoʻli bilan qilipgan narsalarni, ikkinchi tomonga dehqonlar etishtirgan narsalarni ajratadilar. “Toʻxtat!” komandasidan keyin ishning toʻgʻri bajarilgani tekshirib chiqiladi. Xato qilmagan guruh yutib chiqadi. Ularni qarsak chalib olqishlaydilar.
“Tijorat doʻkoni” oʻyini. Oʻyinniig maqsadi: Reklama, doʻkon turlari, tijorat nima, ustama narx nima ekanini, muomala madaniyatini garbiyalat va savdo qilitiga oʻrgatit.
Kerakli jihozlar: sovun, shampun, tish pastasi, soda, oziq-ovqat qogʻozlari.
Yangi soʻzlar: tijorat, tanga, ustama haq, tijoratchi.
Oʻyinning borishi: “Gulruh” tijorat doʻkoni. Peshtaxtaga chiroylik sovun, shampun, soda, tish pastasi, oziq-ovqat qogʻozlari qoʻyiladi. Tijoratchi va oluvchi boʻladi. Hamma narsalar reklama tarzida chiroyli qilib teriladi.
-Assalomu alaykum, onajon. Menga ana u sovuningizni koʻrsatib
yuboring.
Xoʻp boʻladi.
Bu pecha pul turadi? Unisi-chi?
Unisi 10 ming soʻm, bunisi 25 ming soʻm?
Nimaga unisi 10 ming soʻm, bunisi 25 ming soʻm, onajon?
25 ming soʻmligi import. Turkiyadan keltirilgan. Chet eldan samolyotda olib kelingan. Shuning uchun uchun 25 ming soʻmdan sotiladi. 10 ming soʻmligi esa oʻzimizniki. Soʻngra boshqa xaridorlar ham soʻraydilar: “Menga bitta vafli bering”. “Menga 2 ta roʻmolcha”. “Menga bitta yaxshi tish pastasi bering”. “Tayyor kuylaklarning menga loyigʻi bormi?”. “Hozir qarab koʻraman”, “Mana, sizga loyigʻi ham bor ekan”, “narxi uncha qimmat emas”, “juda chiroyli va chidamli matodan tikilgan” kabi javoblar bilan sotuvchi xaridorlar koʻpglini olishga harakat qiladi.
Bank” oʻyini.
Oʻyinning maqsadi: Bank haqida bolalarga tushuncha berish, u erda amalga oshiriladigan ishlar va u erda kimlar mehnat qiligani, kupyura nimaligi, pul muomala vositasi ekanini oʻrgatish, bankni qattiq nazorat qilinganini tushuntirish.
Kerakli jihozlar: milisioner ustboshi, 2 ta oynakchali moslama, kartondan yasalgan pullarining qiymati yozilgan kartochkalar.
Yangi soʻzlar: bank, hisobchi, kupyura. soʻm, chek, valyuta, dollar.
Oʻyinning borishi: Xazinani kirish eshigi oldida milisioner turadi. Ichkarida esa 2 ta xona va xushtak oynakchasi bor. U yerda ikkita hisobchi oʻtiradi.
Bolalardan biri birinchi kassa-tuynukchaga yaqinlashadi va “Onajon, bogʻcha bolalarining toʻlov pulini qabul qilib oling” - deydi. Xazinachi “Pullarni kupyura qildingshmi?” deb soʻraydi. Bola “Yoʻq” deb javob beradi. “Pullarni bir xil qilib taxlang”. Mijoz-bola pullarini 10, 5, 3 soʻmlik qilib taxlaydi. Soʻngra xazinachiga uzatadi. Ikkinchi kassa-tuynukka yana boshqa bola borib:”Ona, 10 soʻm pulim yirtilib ketdi, uni nima qilsam boʻladi?” deb soʻraydi. Xazinachi “Pulingiz yirtilgan boʻlsa, biz almashtirib beramiz” deya oladi va bolaning qoʻliga butun 10 soʻmlik beradi. Yana bir mijoz tashkilot xaznachisi sifatida ishchilar uchun ish xaqi olishligini aytib, ikkinchi kassaga murojaat qiladi va pul oladi. Soʻngra bankdan chiqib ketiladi. Oʻyinning 2-qismida pullar miqdori yozilgan kartochkalarni har xil joylarga tarqatib qoʻyilgan boʻladi. Bolalar pullarni bir xil qilib (kupyura) qilib tahlaydilar.
Oʻyinchoqlar” doʻkoni.
Didaktik vazifasi: Bolalarni predmetlarni tasvirlashga oʻrgatish, uning mavjud boʻlgan xususiyatlarini aniqlash, predmetning tasviri boʻyicha topishga oʻrgatish.
Oʻyinning qoidasi: Sotuvchi oʻyinchoqni oʻyinchoq haqida yaxshi gapirib bergan bolaga sotadi.
Oʻyinning borishi: Bolalar stol atrofiga yarim doira boʻlib oʻtiradilar va tayoqchalar, turli xil oʻyinchoqlar bilan birga tarbiyachi ularga murojaat qilib deydi: Bu yerda yangi doʻkon ochildi, qaranglar, unda qancha chiroyli oʻyinchoqlar bor ekan. Ammo ularni sotib oliga uchun bir shartni bajarish, yaʼni oʻyinchoqning nomini aytmasdan, uni tasvirlab berish kerak. Lekin bu vaqtda oʻyinchoqqa qarash mumkin emas. Sizning tasviringiz boʻyicha sotuvchi bu oʻyinchoqni topib, sizga sotadi. Qisqa sanama orqali sotuvchi aniqlanadi. Birinchi boʻlib, tarbiyachi oʻyinchoqni oʻzi sotib oladi, bolalarga sotib, qanday qilib oʻyin qoidalarini bajarishni koʻrsatadi.
- Sotuvchi ona (aka), oʻyinchoq sotib olmoqchiman. U yumaloq,
rezinkadan qilingan. sakray oladi, u bilan oʻynashni hamma bolalar yaxshi
koʻradi. (Sotuvchi xaridorga koptokni olib beradi).
- Rahmat. Qanday chiroyli toʻp! — deb tarbiyachi koptok bilan stolga
oʻtiradi. Sotuvchya hoxlagan bolaning ismini aytadi. U sotuvchi oldiga borib, oʻyinchoqni tasiirlab beradi. qaysiki u oʻzi uchun sotib olmoqchi boʻlgan oʻyinchoqpi tasvirlaydi.
- Menga mana shunday oʻyiichoqni soting, iltimos: u yumaloq, toʻq
sariq, uning chiroyli, uzun dumi bor, choʻzinchoq yuzli va ayyor koʻzlari bor.
Sotuvchi xaridorga tulki oʻyinchogʻini olib beradi. Xaridor sotuvchiga minnatdorchilik bildirib joyiga oʻtiradi. Oʻyin bolalarning hammasi Oʻyinchoq sotib olgungacha davom etadi. Sotuvchi rolini bir necha bolalar bajarishi mumkin.
Kassa” (Gʻazna) oʻyini.
Oʻyinning maqsadi: Kassada kimlar ishlashi, reklamaning, kassa apparatining vazifasini va u erda qaysi zhtiyojlar uchun pul toʻlanishi, omonat nima, lotereya nima ekanligini tushuntirish.
Kerakli jihozlar: har xil kvitansiya qogʻozlari, kassa apparatiga oʻxshatilgan korobkadan yasalgan oʻyinchoq, lotereya va nullarni omonatga qoʻyishni tashviqot varaqalari, qogʻoz.
Yangi soʻzlar: toʻlov, kassa, hisobchi, kvitansiya, lotereya, jarima, omonat, kassa apparati, gʻaznachi.
Oʻyinning borishi: kassaxonada ikki bola ishlaydi. Kassaxonaning ikkita oynakchasi boʻladi. Har xil kvitansiyalar qogʻozlari turadi. Bir bola kassa apparatida ishlaydi. Boshqa bir bola kassa xodimiga elektr epergiyasi uchun haqi qabul qilib olishni iltimos qiladi. Kassir kassa apparatida hisoblab, narxini aytadi, pulni qabul qilib oladi va kvigansiya beradi. Boshqa bir bola logereya chiptasini tekshirib olishga ruxsat soʻraydi. Gʻaznachi lotoreya oʻyini chiqqan roʻznomani bolaga solishtirib tekshirib olish uchun beradi. 10000 soʻm yutuq chiqqapipi aytadi va hisobchi ham tekpshrib koʻrib, ishonch hosil qilgach, 10000 soʻm yutuq pulini beradi. Boshqa bir bola pulpi omonatga qoʻysam boʻladimi? deb soʻraydi. “Ha, 20 foizligi bor”, “Shunisi yaxshi. Bola 10000 soʻm pulini omonatga qoʻyganligi haqida omonat daftarchasini oladi. Bir yildan soʻng pulingiz 12000 soʻm boʻladi. Boshqa bir bola kirib keladi va gʻaznachiga murojaat qiladi: “Yoʻl harakati qoidasini buzganim uchun jarima toʻlashim kerak, pulni oling”. Gʻaznachi pulpi olib oʻsha bolaga jarimani kassa olgani haqida kvitansiya beradi.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə