Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Magistratura bo‘limi boshlig‘i



Yüklə 152 Kb.
səhifə2/8
tarix30.01.2022
ölçüsü152 Kb.
#83267
1   2   3   4   5   6   7   8
Ish dasturi

Magistratura bo‘limi

boshlig‘i

_________ J.B.Fayzimurodov


”____“ __________ 2021 yil



5A410301- O‘simliklar himoyasi (usullari bo‘yicha) mutaxasisligi

1-bosqich magistranti

Magistr Madiyev Abduqodir Jumanazarovichning
Intensiv mevali bog‘larda so‘ruvchi zararkunandalar bioekologiyasi va ularga qarshi kurash choralari” mavzusida bajariladigan magistrlik dissertatsiyasining

2021-2022 yillarga mo‘ljallangan
ISH DASTURI


Bajaruvchi: Magistr A.J.Madiyev

Ilmiy rahbar:

q.x.f.f.d., dotsent O.A.Sulaymonov

Samarqand – 2021 yil

Mundarija


Kirish…………………………………………………………………….……

3

Adabiyotlar sharhi…………………………………………………………….

5

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi…………………………………………...

6

Tadqiqot maqsadi va vazifalari…………………………………………..……

7

Tajribani o‘tkazish joyi…………………………….……………………….....

7

Tadqiqot ob’ekti va predmeti……………………………………………....…

8

Tajribani o‘tkazish uslublari…………………………………………….……

8

Tadqiqotlardan kutilayotgan natijalar………………………………………...

10

Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….

12



KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 dekabrdagi


“Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549 - sonli qarorida belgilangan quyidagi vazifalar ya’ni meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan yerlarni o‘zlashtirish, eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish va ulardan ekologik sof sifatli mahsulot etishtirishda zararkunanda va kasalliklarga qarshi zamonaviy resurs tejamkor kurash usullarini belgilangan muddatlarda o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l hosil olish va yetishtirilgan hosilni to‘liq saqlab qolishdagi asosiy omillardan biri zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilishdir. O‘zbekiston qishloq xo‘jalik tarmog‘ining oldida turgan hozirgi dolzarb vazifa bu har gektar yerdan olinayotgan hosil salmog‘ini oshirish, uning sifatini yaxshilashdir. Bu vazifalarni hal etishda o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish katta ahamiyat kasb etadi. O‘simliklarni himoya qilishda yangi va zamonaviy biologik, mikrobiologik va kimyoviy vositalardan, texnologik jarayonlardan va uyg‘unlashgan kurash tizimidan unumli foydalanish, uyg‘unlashgan kurash asoslarini bilish, shu soha mutaxassislaridan nafaqat nazariy bilimni, balkim zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlaridan boxabar bo’lishni ham taqozo etadi. Respublikamiz aholisi moddiy farovonligi o‘sishi bilan ularning meva mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlari ham oshib bormoqda, chunki mevalar (ho‘l va quritilgan holatlarda) inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan to‘yimli, mazali va shifobaxsh oziqdir. Shu bois yil davomida aholining mevaga bo‘lgan talabini ta’minlash bu – davr talabidir. Bog‘dorchilik qishloq xo‘jaligi tarmog‘i bo‘lib, fan sifatida meva daraxtlarining morfologik tuzilishi, o‘sishi, rivojlanishi, ko‘paytirish usullari, hosil berish qonuniyatlari hamda zararkunandalardan himoya qilishni o‘rgatadi.



Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə