Zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə2/47
tarix23.12.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#155275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Kitob 2834 uzsmart.uz

KIRISH


Ushbu uslubiy ko„rsatma “Informatika va axborot texnologiyalari (sohalar bo„yicha)” yo„nalishi 2-bosqich talabalari uchun mo„ljallangan bo„lib, “Ma‟lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanidan bilim, malaka va ko„nikmalarini oshirishda hamda tajriba ishlarini bajarishda foydalanilishi mumkin. Uslubiy ko„rsatma 6 ta tajriba ishi va foydalanilgan adabiyotlar ro„yhatidan tashkil topgan.



  1. tajriba ishida C++ tilida ma‟lumotlarning oddiy sozlangan va keltirilgan toifalari haqida va ularga oid misollar keltirilgan.

  2. tajriba ishida yarimstatik ma‟lumotlar tuzilmasi navbat, stek va dek haqida qisqacha nazariy bilimlar va ularni C++ tilida e‟lon qilish, ular ustida amallar bajarishga oid misollar keltirilgan.

  3. tajriba ishida dinamik ma‟lumotlar tuzilmasi, ya‟ni, bir bog„lamli ro„yhatlar, ularni e‟lon qilish va ustida amallar bajarishga oid misollar va algoritmlarga mo„ljallangan.

  4. tajriba ishida daraxtsimon ma‟lumotlar tuzilmasi, binar daraxtlar va ularni e‟lon qilish, uni ustida amal bajarish algoritmlari va misol uchun dastur kodlari keltirilgan.

  5. tajriba ishida tuzilmadan biror kalit bo„yicha elementni qidirish usullari va qidiruvni optimallashtirish yo„llari va algoritmlar misollar bilan taqdim etiladi.

  6. tajriba ishida tuzilmalarni saralash usullaridan ayrimlarining algoritmlari va misollar keltirilgan.

Har bir tajriba ishi oxirida shu mavzuga oid talabalar uchun topshiriq variantlari va topshiriqni bajarishga namuna, unda esa variantlarga o„xshash bo„lgan bitta misolning to„liq dasturi berilgan.
Uslubiy ko„rsatma oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro„yhati keltirilgan.

TASHKILIY-USLUBIY KO‘RSATMALAR



    1. Har bir tajriba ishini bajarishdan oldin, tayyorlanishi lozim bo„lgan tajriba ishiga oid mavzular bo„yicha maslahatlar (konsultatsiya) o„tkaziladi.

    2. Har bir tajriba ishi hajmi, uni tayyorlash va bajarish tartibi shunday tuzilganki, barcha talabalar berilgan topshiriqlarni tayyorlashlari va hisobotlarni o„z vaqtida topshirishlari imkoni e‟tiborga olingan.

    3. Talabalar navbatdagi tajriba ishini bajarishga oldindan tayyorlanib boradilar.

    4. Talabalar 1000 V gacha bo„lgan tajriba qurilmalarida ishlash uchun texnika xavfsizligini o„rganishlari majbur.

    5. Talaba tajriba ishiga tayyorgarlik ko„rish davrida mazkur ko„rsatma va tavsiya etilayotgan adabiyotlardan foydalangan holda kerakli nazariy materiallarni o„rganishlari, zaruriy hisoblashlarni amalga oshirishlari va nazorat savollariga javob berishlari shart.

    6. Tayyor bo„lmagan talabalarga tajriba ishlarini bajarishiga ruxsat berilmaydi.

    7. Mashg„ulot mobaynida hisobot topshirmagan talabalar, keyinchalik o„qituvchi belgilagan vaqtda topshiradilar.

    8. Tajriba ishlarini o„z vaqtida topshirmagan talabalar keyinchalik o„qituvchi bilan vaqtni kelishgan holda topshiradilar.

    9. Har bir tajriba ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda tayyorlanadi. Har bir talaba shaxsiy tarzda hisobot topshiradi. Hisobotni elektron hujjat ko„rinishda topshirishga ruxsat etiladi. Hisobotni tayyorlashda tajriba ishini bajarish tartibiga binoan quyidagi ma‟lumotlar bo„lishi kerak:

      1. Mavzu

      2. Ishdan maqsad

      3. Masalaning qo„yilishi

      4. Topshiriqqa oid qisqacha nazariy ma‟lumot

      5. Masalani yechish algoritmi

      6. Dastur kodi

      7. Natijaning ekran ko„rinishi

    10. Talabalar bilimlari tajriba mashg„uloti va hisobot topshirish mobaynida o„qituvchi tomonidan tekshiriladi.

    11. Hisobot topshirish davrida talaba nazorat savollari orqali aniqlanuvchi hajm asosida nazariy bilimlarini hamda bajarilayotgan ishning fizik mohiyati tushunchasini ko„rsatishi lozim.

  1. Yüklə 1,42 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə