Zargarlik buyumlari tasnifi va assortimenti. Zargarlik buyumlari sifati va tamg‘alanishi



Yüklə 23,77 Kb.
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü23,77 Kb.
#149348
1   2   3   4
Zargarlik buyumlari tasnifi va assortimenti.~

Qisqa xulosalar


Zargarlik buyumlari qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlardir. Ularning ko‘p turlari faqat dekorativ (bezak) ahamiyatga ega. Zargarlik buyumlari maxsus tovarlar guruhiga kiradi. Qimmatbaho materiallardan tayyorlangan zargarlik buyumlarining xizmat muddati o‘n va yuz yillar bilan hisoblanadi.
Zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda qimmatbaho (asl) va rangli metallar, tabiiy hamda sun’iy qimmatbaho toshlar, emallardan foydalaniladi.
Oltin va uning qotishmalari. Oltin sof holda to‘q sariq rangga va kuchli metalli yaltiroqlikka ega. U juda yumshoq, plastik, cho‘ziluvchan va bolg‘alanadigan metall. Undan qalinligi 0,0001 mm bo‘lgan yupqa varaq olish mumkin. Bunday ma’lum o‘lchamga ega bo‘lgan varaqlar (odatda, 120x70 mm) «Zarvaraq» (susilnoye zoloto) deb ataladi va metallar, gips, yog‘och marmarlarni qoplash uchun qo‘llaniladi.
Kumush va uning qotishmalari. Kumush yaltiroq, oq, juda cho‘ziluvchan. plastik va bolg‘alanadigan metall. Undan chig‘irlash (prokatka) yo‘li bilan 0,00025 mm qalinlikdagi varaqlar olish mumkin. Kumush juda ingichka simlargacha cho‘ziladi, yaxshi buraladi, kesiladi va sayqallanadi. Zargarlik buyumlari tayyorlashda kumushning to‘rtta asosiy proba (belgi)dagi qotishmasi ishlatiladi - 960, 925, 916 va 875. Kumushli qotishmalar ham oltin kabi rusumlanadi. Masalan, SrM916-proba (belgi)ning tarkibi 91,6% kumush va qolgani misdan tuzilgan.
Qimmatbaho toshlar. Qimmatbaho yarqirab turadigan toshlar kelib chiqishi bo‘yicha tabiiy hamda sun’iy bo‘ladi. Tabiiy yarqirama toshlarga ma’danlar, ma’danli agregatlar (ma’danlar majmui) va tog‘ jinslari, inson ishtirokisiz paydo bo‘lgan organik materiallar (yantar, korall, marvarid va boshq.) kiradi.
Zargarlik buyumlari sifatini nazorat qilish har bir buyumda Davlat namuna (proba) nazorati inspeksiyasi va ishlab chiqarish korxonasining tamg‘asiga mos keladigan kuzatuvchi hujjatning bor-y o‘qligini tekshirish bilan boshlanadi. Juft buyumlar ya’ni zirak, ilmatugma (zaponka) o‘lchami, shakli, qirra turi, qo‘yilgan toshning rangi va rasmi bo‘yicha bir xil bo‘lishi kerak.



Yüklə 23,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə