Zamonaviy tipdagi issiqxona tashkil etish bo’yicha biznes reja mundarija


Bozor va raqobatchilar haqida ma'lumot



Yüklə 382,15 Kb.
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü382,15 Kb.
#137576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
issiqxona

4 Bozor va raqobatchilar haqida ma'lumot
Tadbirkor bozorni o’rganish natijasida Sho’rchi tumanida bunday tipdagi issiqxona yo’qligi sababli bozorda raqobatchilar mavjud emasligi ma’lum bo’ldi.
4.1. Bozorning hozirgi holati
Tadbirkor tomonidan bozor holati o’rganilishi natijasida bozorda issiqxona mahsulotlariga bo’lgan talab yuqori bo’lganligi sababli, mavsumiy mahsulot yetishmovchiligi ma’lum bo’ldi. Pomidor, bodiring narxi 1 kg i 1500 so’mdan 6000 so’mgacha bo’lib, mahsulotlar asosan boshqa hududlardan keltiriladi.
4.2. Joriy va potentsial mijozlarning tavsifi
Sabzavot mahsulotlarining asosiy bozori viloyatning markaziy dexqon bozorlari hisoblanadi.
Bozorlardagi asosiy mijozlar quyidagilar hisoblanadi:
-sabzavot mahsulotlarini chakana savdoda sotish bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar;
- jismoniy shaxslar

4.3. Raqobatchi kompaniyalar tavsifi


Yangi issiqxona ob'ektining raqobatchilari sifatida viloyatda ma'lum xaridorlarni qo'lga kiritgan mavjud issiqxona ob'ektlari, qo'shni viloyatlar va qo’shni respublikalardan import qilinadigan mahsulotlar , shuningdek , yangi issiqxona ob'ektlari bo'lishi mumkin.
Viloyatdagi eng yirik kompaniyalardan biri “GDF QISHLOQ XO'JALIGI XOLDING” kompaniyasi bu to'liq sikldagi korxona. Korxona meva-sabzavot yetishtirish uchun mas'ul bo'lgan tashkilotlarga, ushbu meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saralash va eksport qiladigan korxonalarga, quritilgan va muzlatilgan meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga bo'linadi. Surxondaryo viloyatidagi serunum 100 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxonalar majmuasida 80 gektari ishga tushgan bo’lib, Rejaga muvofiq, 80 gektar maydondagi issiqxona bo‘lmalari Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan texnika va qurilish ashyolari bilan jihozlanadi. Qolgan qismi esa xitoylik tadbirkorlarning muvaffaqiyati negizida barpo etilmoqda.
Har bitta issiqxona o‘rtacha hisobda 1,3 gektar maydon yerda tashkil etilgan. Sabzavotlarning barchasi Turkiya texnologiyasi asosida, gidroponika usulida yetishtirilmoqda. Mevani erkin rivojlanishi uchun tag yeri (kokopet) ham Turkiya Respublikasidan keltirilgan. Yerga ekilgan o‘simlikdan 45–50 kun ichida hosil olish imkoniyati bor.
600 nafarga yaqin ishchi doimiy ish bilan ta'minlagan issiqxonada yana 400 ga yaqin kishilar qurilish ishlari bilan band.
4.4. Bozorga kirishning asosiy to'siqlari va xatarlari.
Loyiha doirasida bozorga kirish uchun asosiy to'siqlar sifatida quyidagilar ilgari suriladi:
- Yangi va yirik raqobatchilarning paydo bo’lishi,
- Uzoq muddatli shartnomalar va biznes aloqalari.
- Faol marketing,
- Ma'muriy to'siqlar.
4.5 Marketing strategiyasi
Korxonaning faoliyati ko'p jihatdan tanlangan va muvaffaqiyatli amalga oshirilgan marketing strategiyasiga bog'liq. Marketing strategiyasi quyidagi asosiy elementlarni o'z ichiga oladi :
- narxlarni optimallashtirish ;
- taklif etilayotgan xizmatlarni reklama qilish va targ'ib qilish.
Marketingning muhim yo'nalishi - bu sotishni ko'paytirishga yordam beradigan moslashuvchan narxlar tizimini ishlab chiqish .
Narxlar uchta asosiy tamoyilga asoslanadi :
• korxonaning barcha xarajatlarini qoplash ;
• narxlarni maqbul darajada ushlab turish ;
• korxona daromadini ta'minlash .
Reklamaga bo'lgan ehtiyoj faqat korxonaning rivojlanish bosqichida paydo bo'ladi.
Avvalo, biz potentsial xaridorlarga mahsulot sifati va foydaliligi bo'yicha o'zimizning afzalliklarimiz haqida ma'lumot beramiz.
Iste'molchilarni rag'batlantirish usullariga kelsak, yangi mijozlarni jalb qilish chegirmalar berish orqali amalga oshiriladi .
Marketing segmentatsiyasi turli daromadli (o'rta, yuqori ) mijozlar talabini qondirishga qaratilgan.
Iqtisodiyotning qaysi yo’nalishida bo’lishidan qatiy nazar mahsulot va xizmatlarni rivojlantirishda reklama alohida o’rin egallaydi. Tadbirkor o’z mijozlari bilan o’z vaqtida hisob kitob ishlarini amalga oshirish, yuzaga kelgan raqobatdoshlikdagi ustunlikni ushlab turish va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida tadbirkor muntazam ravishda quyidagi holatlarni nazoratiga olishni rejaklashtirgan jumladan:
1) bozor holatini muntazam o’rganib borish;
2) hamkorlarning iqtisodiy holatidan habardor bo’lib borish;
3) reklama faoliyatini rivojlantirish va boshqa faoliyatlarni nazoratdan chetda qoldirmaslik muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 382,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə