Zamonaviy kompyuter qurilmalari va imkoniyatlari


Kompyuter kurilmalarining vazifalari va turlari



Yüklə 366 Kb.
səhifə2/4
tarix26.05.2023
ölçüsü366 Kb.
#113036
1   2   3   4
Zamonaviy Kompyuterlar

Kompyuter kurilmalarining vazifalari va turlari.
Protsessor asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi.
Mikroprotsessor - kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlarini bajaradi. Mikroprotsessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq bo’lishi mumkin.
Тezkor xotira protsessor uchun zarur bo’lgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Kompyuter o’chirilishi bilan tezkor xotiradagi ma’lumotlar o’chiriladi, qattiq diskdagi dastur va ma’lumotlar esa o’chirilmaydi. Qattik disk dastur va ma’lumotlarni doimo saqlaydi.
Elektron sxemalar (yoki kontrollerlar) kompyuterga kiruvchi (monitor, klaviatura va xokazolar) turli qurilmalar ishini boshqaradi.
Kiritish chiqarish porti orqali protsessor bilan ma’lumot almashadi.
Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar, hamda umumiy portlar mavjud. Umumiy portlarga printer, "sichkoncha" ulanishi mumkin.
Umumiy portlar 2 xil bo’ladi: parallel - LPT1 - LPT4 bilan belgilanadi va ketma-ket COM1 - COM3 bilan belgilanadi. Parallel portlar kirish chiqishni ketma-ket portga nisbatan tezroq bajaradi.


Mikroprotsessor.
Mikroprotsessor programmalarning ishlashini ta’minlaydi va kompyuter boshqa qurilmalari ishini bajaradi. U kompyuterning tezligini ta’minlaydi. IBM PC kompyuterlarida odatda Intel firmasi va unga muvofik boshka firmalarning mikro protsessorlari o’rnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi.
Mikroprotsessorlar Intel - 8088, 80386, 80286, 80386 Sx, 80486, Pentium kabi turlari mavjud. Dastlabki kompyuterlar Intel-8088 asosida ko’rilgan bo’lib ularning ishlash tezligi juda sekin edi.
Intel - 80286, 80386 mikroprotsessorlari ham keyingi turlarga nisbatan tezligi sustligi sababli hozirgi kunda ishlab chiqarilmayapti.
1993 yildan boshlab Intel firmasi Pintium asosidagi Pintium Pro mikroprotsessori o’rnatilgan kompyuterlari ham sotila boshlandi. Pintium Pro ning amallarni bajarish chastotasi 150 MGs bulib, u Pintium- ga nisbatan ishlash tezligi 40 ga ko’prokdir.
1991 yildan boshlab IBM, MOTOROLA, Fire, Power va boshqa firmalar birgalikda Power PC mikroprotsessorini ishlab chiqishga kirishda va bu borada muvaffaqiyatga erishdi. Shunday bo’lsada, Pintium narxining arzonligi va imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni o’ziga ko’proq jalb qilmoqda.
NOTEBOOKlar 120 MGsli Pentium mikroprotses-sorlari asosida ishlamokda. Pintium mikroprotsessorlaridan murakkab xisoblar va tasvirlar uchun foydalangan maqsadga muvofiq. Oddiy inlar uchun esa mikroprotsessorlarning dastlabki turlaridan foydalanish mumkin.



Yüklə 366 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə