Zamburug’lar



Yüklə 7,69 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü7,69 Kb.
#163378
Zamburuglar (1)


ZAMBURUG’LAR
MUXTOROV SAMANDAR
Zamburugʻlar (fungi yoki mycetes) — eukariot organizmlar dunyosi (bulimi). Tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish usuliga qarab parazit va saprofitga boʻlinadi. Ularning odamlar va hayvonlar uchun zararli va foydali yuz mingdan ortiq turi uchraydi. Zamburugʻlar haqidagi fan mikologiya deb ataladi.
Mog’or zamburugʻlar (Mycorales) — fikomitsetlar sinfiga mansub tuban zamburugʻlar tartibi, koʻp yadroli hujayrasiz mitseliydan rivojlanadi. Jinssiz koʻpayish organlari — sporangiy. Jinsiy koʻpayishi — zigogamiya. Zigosporalar bitta yoki bir nechta mitseliy tarmoqlarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Mog’or zamburugʻlarning 6—8 oilasi (250 ga yaqin turi) bor. Koʻpchilik Mukor zamburugʻlar saprofit, organik substratlarda yashaydi; baʼzilari boshqa Mog’or zamburugʻlarda, yuksak zamburugʻlarda, mevalarda va oʻsimliklarning boshqa qismlarida yashab, har xil kasalliklar qoʻzgʻatadi. Ular odam va hayvonlarni ham kasallantirishi mumkin. Ayrim Mog’or zamburugʻlar, mukor achitqilar bijgʻitish xususiyatiga ega boʻlganligi uchun alkogolli ichimliklar tayyorlashda foydalaniladi.[1]
Zamburugʻlarni mikologiya fani oʻrganadi. Zamburugʻlar ilgari oʻsimliklar dunyosiga kiritilar edi. Olimlar zamburugʻ turlarini chuqur oʻrganish natijasida ularni alohida olam sifatida ajratishgan. Zamburugʻlar bakteriyalardan farq qilibeukariot organizm hisoblanadi. Zamburugʻlar o'simliklar kabi erkin harakatlana olmaydi, hayvonlarga oʻxshab geterotrof oziqlanadi.
Zamburugʻlar yashashi uchun ozuqa, harorat va namlik yetarli boʻlishi kerak, yorugʻlik boʻlishi shart emas[1]. Koʻpchilik zamburugʻlarning (baʼzi hujayra ichki parazitlaridan tashqari) vegetativ tanasi mitseliy kurinishida, yaʼni oziqlanish substrati sirtiga yoki ichiga taralib, uchidan oʻsadigan ingichka ipcha — gifalardan iborat.
Koʻpayishi. vegetativ va reproduktiv (jinssiz va jinsiy) koʻpayadi. Vegetativ koʻpayish mitseliy ipchalarining boʻlinishi yoki sklerotsiyalar bilan amalga oshadi. Bu boʻlakchalar har xil yoʻl bilan tarqalib, qulay sharoitga tushganda yangi mitseliysi hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayish mitseliyning maxsus shoxchalarida xreil boʻladigan sporalar orqali roʻy beradi. 
Sporalar hosil boʻlishiga qarab endogen va ekzogen buladi. Endogen sporalar odatda gifa (sporangiy yoki zoosporangiy)ning sharsimon uchlarida kup miqdorda rivojlanadi. Ekzogen sporalar (konidiyalar) mitseliyning maxsus shoxlarida yakka, guruh bulib, kupincha zanjirsimon rivojlanadi. Jinsiy koʻpayish ikkita har xil jinsiy hujayraning qoʻshilishidan hosil boʻladigan zigotalar orqali roʻy beradi. Hamma joyda keng tarqalgan. Aksari zamburugʻlarning tabiatda umri qisqa.
Zamburugʻlar 20—25° da yaxshi oʻsadi, baʼzilari 2—4° da ham oʻsaveradi. Zamburugʻlarning oʻsishi uchun yorugʻlik zarur emas, lekin quyosh nuri ularning oʻsishi va spora hosil qilishiga salbiy taʼsir etadi. Tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. Tuproqda yashaydigan zamburugʻlar oʻsimlik qoldiqlari (jumladan qiyin parchalanadigan [[sellyuloza] va lignin)ni yemiradi va minerallashtiradi. Yogʻochlarni, asosan, poʻkak zamburugʻlar yemiradi. Koʻpchilik zamburugʻlar oʻsimliklarda turli kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Odamlardagi qator kasalliklar: kal, qirma temiratki va boshqalarni zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Foydali zamburugʻlar ham koʻp
Zamburugʻli kasalliklar, mikoftozlar (oʻsimliklarda) — parazit va yarim parazit zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan infeksion kasalliklar. Zamburugʻlar taʼsirida oʻsimliklarda butun organizm yoki uning maʼlum kismi tuzilishi va fiziologik funksiyasining buzilishiga sabab boʻluvchi kasallik (patologiya) jarayoni vujudga keladi. Boshqa oʻsimlik kasalliklariga nisbatan koʻp tarqalgan va zararli; ular oʻsimlik hosilini va mahsulot sifatini pasaytiradi, mevali va rezavor oʻsimliklarning hosil berish muddatini qisqartiradi. Eng koʻp tarqalgan Z.k.: soʻlish, chirish (ildiz, toʻpgul, meva, ildizmevalar, tuganaklar va b.da), boʻrtma, oʻsimta, ishish, yara, bargda dogʻlar paydo boʻlishi bilan kechadigan kasalliklar, oʻsimlikning pakanaligi, majruxligi va b. Bir turdagi oʻsimlik bir necha oʻnlab xil Z.k. bilan zararlanishi mumkin. 
Kassalik keltirib chiquvchi zamburuglar ko’rinishi
Foydalanilgan adabiyotlar 1.https://www.frontiersin.org/articles/10.3389/fmicb.2021.670135/full 2.https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC8192705/ 3.https://www.researchgate.net/publication/351939345_Research_Progress_on_Phytopathogenic_Fungi_and_Their_Role_as_Biocontrol_Agents
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Yüklə 7,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə