«закон сравнительного преимущества» nomini olgan



Yüklə 26,65 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü26,65 Kb.
#183491
1   2   3
ishlab chiqarishni joylashtirish bo`yicha klassik nazariyalar.

Avgust Lyosh o’zidan oldingi vatandoshlarining ilmiy ishlanmalarini umumlashtirib (u A.Veberning o’quvchisi edi), barcha xo’jalik tarmoqlarini joylashtirish to’g’risida ish olib bordi. A. Lyosh g’oyalarining mohiyati uning maxsus kitobida (ruscha nomi «Географическое размещение хозяйства» Iqtisodiyotning geografik joylashuvi —M. 1959) bayon etilgan. Kitobning asl nusxasi. qo’lyozmasi 1940 yilda nashr qilingan.
A.Lyosh qishloq xo’jaligining areal, maydon sifatida, sanoatning esa nuqtasimon hududiy tashkil etish xususiyatlarini asoslab berdi. U birinchi bo’lib «bozor muhiti yoki makoni»«iqtisodiy landshaft» (hozirgi kunda —iqtisodiy rayon) tushunchalarini yaratdi va fanga kiritdi. Agar avvalgilar, xususan I. Tyunen va A. Veber alohida korxonani, tarmoqni o’rgangan bolishsa, A. Lyosh ishlari barcha xo’jalik sohalarini qamrab oldi va o’z mohiyatiga ko’ra mikroiqtisodiy bozor munosabatlari, uning ta’sir doirasi haqiqiy rayon tashkil qiluvchi omil ekanligi ta’kidlandi, matematik usullarni keng qo’lladi. Aynan ana shu tamoyillarni hozirgi kunda O’zbekistonni iqtisodiy rayonlashtirish masalalariga tatbiq qilish ahamiyatdan holi bo’lmasa kerak.
Ta’kidlash joizki, I. Tyunen va A. Veber g’oyalari o’z davri talabiga mos kelardi. Sababi — u davrda hududning iqtisodiy sig’imi, zichligi uncha yuqori emas, hududiy-iqtisodiy manzara qutbiylashmagan, ya’ni deyarli bir tekis edi.
Ana shunday iqtisodiy geografik holat alohida korxona yoki tarmoqlarni ayrim joylarda o’rinlashtirish ta’sirida o’zgaradi, notekislik xususiyatini oladi. Boshqacha qilib aytganda, avvalgi tabiiy ko’rinishdagi iqtisodiy tekislik notekislikka, hududiy mujassamlashuvning kuchayishiga o’zgaradi. Buning natijasida notekislikni tekislashga urinib ko’radigan ilmiy izlanishlar talab etildi.
Xuddi shunday uzluksiz tizimga moslashgan ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini hududiy tashkil qilish g’oyalarini V.Kristaller va A.Lyosh yaratdi.
Yüklə 26,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə