Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik


O‘ZBEKISTONDAgI DINIY KONFESSIYALAR



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/55
tarix05.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104371
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
DINSHUNOSLIK

O‘ZBEKISTONDAgI DINIY KONFESSIYALAR
– rus 
pravoslav, Rim-katolik, arman – Grigoryan, Lyuteran cher-
kovlar (xristian konfessiyasi), shuningdek, yahudiylik, islom 
konfessiyalari, jami 16 ta diniy konfessiyalar mavjud.
QUR’ON
– (arab. – o‘qimoq, qiroat qilmoq; jamlash) – 
Alloh tarafidan 23 yilga yaqin muddat mobaynida Muhammad 
a.s. ga oyatma-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy 
kitobdir. Bu kitob islom dinining muqaddas manbai hisob-
lanadi. Islom ilohiyot maktablaridan biri ahl as-sunna val- 
jamoa ta’limotiga ko‘ra, Qur’on Alloh taoloning so‘zi va 
uning azaliy ilmi bo‘lib, Muhammad a.s. ga vahiy orqali 
nozil bo‘lgan. Qur’on o‘zidan oldin nozil bo‘lgan barcha 
ilohiy kitoblarning ma’no, hikmat va ahkomlarini o‘zida 
jamlaganiga ishorat bordir. Qur’on 114 ta suradan iborat. Sura 
Qur’ondan bir bo‘lak bo‘lib, eng kami uchta yoki undan ortiq 
oyatlarni o‘z ichiga oladi. Oyatlar soni esa Qur’on matnlarini 
taqsimlashning turli yo‘llariga ko‘ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 
6666 tagacha belgilangan.
HAZRATI IMOM MAJMUASI,
Hastimom – Toshkentdagi 
me’moriy yodgorlik. Majmua qurilishiga Imom Abu Bakr 
Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy (904–976) 
ning qabri asos bo‘lgan. Qabr va uning atrofida vujudga kelgan 


113
qabriston hamda me’moriy yodgorliklar majmuasi (Kaykovus 
bog‘i bilan birga) Hazrati Imom nomi bilan ataladi. XVI 
asrning 30-yillarida 2 ta maqbara qurilgan; kattasi Toshkentning 
shayboniylar sulolasidan bo‘lgan xoni Suyunchxo‘jaxon maqbarasi 
deb taxmin etiladi. XVI asrning 50-yillarida bu binolar Baroqxon 
madrasasi me’moriy yodgorligi tarkibiga qo‘shilgan.
2007-yilda Toshkent shahrining «Hastimom» dahasida qisqa 
muddatda to‘rt oy ichida «Xazrati Imom» masjidi, «Baroqxon» 
madrasasi, «Mo‘yi muborak» ziyoratgohi, O‘zbekiston 
musulmonlari idorasining yangi binosi va boshqa maskanlarni 
o‘z ichiga olgan yangi majmua qurib bitkazildi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə