Yoshlarni ish bilan taminlashda investitsiylarning roli Mundarija


Mavzu bo`yicha qisqacha adabiyotlar tahlili



Yüklə 123,97 Kb.
səhifə3/15
tarix16.02.2023
ölçüsü123,97 Kb.
#100949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Yoshlarni ish bilan taminlashda investitsiylarning roli Mundarij

Mavzu bo`yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Aholining ish bilan bandligini ta`minlash va yangi ish joylarini tashkil etish muammolari dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb masalalardan bo`lganligi sababli, ushbu mavzu bo`yicha ko`plab ilmiy Kurs ishi lar, izlanishlar, tajriba loyihalari amalga oshirilgan va ilmiy nashrlar qilingan. Yangi ish joylarini taraqqiyotidagi o`rni va roli klassik iqtisodchi-olimlar Ish bilan band bo`lmagan fuqarolarni kasbga o`qitishning yangi tizimini shakllantirish muammolari bir qator mamlakatimiz va xorijiy Kurs ishi chilar tomonidan o`ganilmoqda. Aholining ish bilan bandligini ta`minlash va ishsizlikni kamaytirish masalalari N.Volgin2, V.Bulanov3, B.Genkin4, A.Smit5, kabi olimlar tomonidan o`rganilgan.
O`zbekiston Respublikasida ushbu yo`nalishdagi nazariy asoslarni o`rganish va yechimlarini aniqlash bo`yicha tadqiqotlar olib borishgan yetakchi olimlar qatoriga Q.H.Abdurahmonov6, N.Q.Zokirova7, D.N. Rahimova8, B.X.Umurzakov9, Sh.R.Xolmo`minov10 larni kiritish mumkin.
Kurs ishi natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida ish bilan bandlikni oshirish maqsadida yangi ish joylarini tashkil etishni takomillashtirishni tadqiq etishga nisbatan yangi yondashuvlar va usullarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Kurs ishining amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, undagi mavjud xulosalar va takliflardan Andijon viloyatida yangi ish joylarini tashkil etish chora-tadbirlarini rivojlantirishning yangi yo`nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin.
Bozor islohotlari sharoitida ish bilan bandlikni oshirish muammolarining turli jihatlari bilan shug`ullanuvchi olimlar va amaliyotchi mutahassislar, shuningdek iqtisodiy yo`nalishdagi oliy o`quv yurtlarining o`qituvchilari, aspirantlarva talabalar uchun nazariy va amaliy qiziqish uyg`otadi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Iqtisodiy nuqtai nazardan ish bilan band bo`lmagan fuqarolarni kasbiy tayyorlashga doir mualliflik yondashuvining ishlab chiqishidan iborat bo`ldi. O`zining asosiy mazmunida u quyidagilardan iborat:

  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi ish bilan bandligining yangi turlarini shakllanishi nazariy jihatlari qiyosiy tahlil qilingan;

  • Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish o`rinlarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritishda mualliflik yondashuvi berilgan;

  • Andijon viloyatida aholini ish bilan bandligi va yangi ish joylarini tashkil etishga bo`lgan ehtiyojlar tahlil qilinib, natijalar olingan;

  • Viloyatda yangi ish joylarni tashkil etish holatiga tahliliy baho berilgan;

  • Yangi ish joylarini tashkil etish va rivojlantirishning xududiy mehanizmini tashkil etish chora-tadbirlari taklif qilingan;

  • Yangi ish o`rinlarini tashkil etishni tartibga solishda davlat xizmatlari faoliyatini takomillashtirish bo`yicha takliflar berilgan;

  • Mazkur muammolar yechimi yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar berilgan hamda aniq yo`nalishlar ko`rsatib o`tilgam.



  1. Yüklə 123,97 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə