«Yogoch o’ymakorligida 6 qirrali kursi yasash» mavzusidagi



Yüklə 23,37 Kb.
səhifə1/2
tarix02.05.2023
ölçüsü23,37 Kb.
#108102
  1   2
abdy.docx 1


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
TASVIRIY SAN'AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI KAFEDRASI
«Yogoch o’ymakorligida 6 qirrali kursi yasash » mavzusidagi

BITIRUV MALAKAVIY ISHI


Bajardi: Xalq amaliy bezak san’ati (restovratsiya) yo’nalishi bitiruvchi talabasi
Baxshullayev Abdulaziz ________________
Ilmiy rahbar: professor
Sobirov _________________
Bitiruv malakaviy ishi kafedradan dastlabki himoyadan o’tdi.
____________sonli bayonnomasi «______» _________________ 2023 yil.

BUXORO – 2023 yil
MUNDARIJA
2KIRISH…………………………………………………………………..betlar

I -BOB. Yog’och o’ymakorligining xaqida umumiy ma’lumot


1.1 Yog’och o’ymakorligi tarixi………………………………………
1.2 Yog’och o’ymakorligining maktab va ustalari…………………….

II-BOB. Yog’och o’ymakorligida 6 qirrali kursi yasash.

2.1 kursi uchun yaxshi yog’och tanlash va uni bezash………………………….
2.2 kursi uchun naqsh kompazitsiyasi bajarish…………………………………….
2.3 kursida o’ymakorlik ishlarini bajarish va uni tugatish……………………..

XULOSA……………………………………………………………………….

Foydananilgan adabiyotlar………………………………………….

KIRISH.
Men bu bitiruv malakaviy ishimni amaliy san’atning yog’och o’ymakorligi ,,6 qirrali yog’och o’ymakorligida kursi yasash ’’ mavzusini tanladim. Bundan asosiy maqsadim yurtimiz bo’ylab qadimdan rivojlanib kelayotgan yog’och o’ymakorligida milliylikni saqlagan holda ularni yangicha usullar bilan ishlab chiqarish. Bunda men butun dunyoga mashhur bo’lgan o’z ishining ustalari tomonidan sayqal berilgan san’at namunalarini diqqat bilan o’rganish bilan birgalikda, ularga yanada sayqal berib yurtimiz bo’ylab turizm sohasini yanada rivojlantirishni maqsad qildim . Mamlakatimiz hozirgi kunda ko’pgina sohalarda rivojlanib jahonda munosib o’rinlarga ega bo’lgan davlatlar qatorida bo’lib kelmoqda. Ta’lim, sport, san’at , ishlab chiqarish sohalari kabi hunarmandchilik sohasida ham yurtdoshlarimiz jahon ko’rkazmalarida qatnashib kelmoqdalar . Biz yangicha qaraydigan , zamonaviy bilimlarga yaxshi egallagan barkamol avlodga ega bo’lish, zukko yoshlarni tarbiyalashimiz uchun birorta ham sohani e’tibordan qoldirmasligimiz kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 25 dekabr kuni madaniyat va san’at sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilishda quydagicha e’tirof etib o’tdilar. ,,Ma’lumki, har bir millatning madaniyati va san’ati uning g’urur iftixori manbai hisoblanadi. Bugungi kunda milliy madaniyatimiz va san’atimizni rivojlantirish bo’yincha olib borilayotgan barcha ishlarimiz shu maqsadga qaratilgan. Buyuk kelajagimizni barpo etar ekanmiz, avvalo, madaniy va ma’naviy asoslarini mustahkam qurishimiz kerak’’.


2018-yilda Toshkent va Buxoro shaharlarida o’tkazilgan xalqaro ko’rgazmada rassomlarning o’zaro tajriba almashinishi va tasviriy san’atning boy namunalari yig’ilishi yuqoridagi so’zlarning yaqqol isbotidir.
O’zbek hunarmandchiligining tarixiy qaraydigan bo’lsak xalq amaliy san’ati asosida taraqqiy etib juda-juda qadimgi, mumtoz tarixiy va asriy tajribalarga tayangan serunum hamda serjilo, shu bilan bir qatorda har bir insonni hayratga soladigan madaniy me’rosdir.
Tarixiy manbalarga ko’ra bobokalonimiz Amir Temur chet el yurishlaridan so’ng Samarqandga 150 000 dan ortiq turli kasb ustalari va hunarmandlarni olib kelganlar va ular uchun shaharlarda va ayrim qishloqlarda hunarmandlarga kerakli shart-sharoitlarni tashkil qilgan ekanlar. Bular hammasi Movaraunnahrning moddiy – madaniy taraqqiyotini yanada yaxshilashga qaratilgan. Bunday an’analar hozirdaham ham bo’lib, Respublikamizda amaliy hunarmandchilig markazlari vujudga kelgan va asrlar davomida shakllanib brogan.bunday markazlarga misol qilib Farg’ona viloyatining Marg’ilon, Qo’qon, Namangan viloyatining Chust , Andijon viloyatida Shaxrixon, Buxoro viloyatida G’ijduvon, Buxoro shahri , Qashqadaryo viloyatida , Qarshi, Samarqand viloyatida Urgut, Surxondaryo viloyatida Boysun kabi hunarmadchilik markazlarini keltirishimiz mumkin.
Yog’ochdan sharq an’anasi asosida juda ko’p bejirim badiiy buyumlar yaratadigan o’zbek yog’ochsoz usta hunarmandlari ayni vaqtda o’z hunarlarini eshik, ustun binokorlik qismlari, uy ro’zg’or buyumlarigina emas, balki o’quv qurollari uchun anjom; qalamdon, quticha, lavh shuningdek, islimiy, pargori uslubdan foydalanib o’ymakorlik san’ati jozibalarini yanada go’zalroq namoyon aks ettirib kelmoqda.

Yüklə 23,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə