Yig‘ish chizmalari. Spetsifikatsiya. O‘zdst 108: 98. Vaziyat raqamlarini qo‘yish. Yig‘ish chizmalarini tuzish va o‘qish


Yig‘ish chizmalarini o‘qish va detallarga ajratib chizish



Yüklə 185,48 Kb.
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü185,48 Kb.
#161490
1   2   3   4   5   6   7
7.2.ss.-Yig (1)

Yig‘ish chizmalarini o‘qish va detallarga ajratib chizish
Yig‘ish chizmalarini o‘qishni yig‘ish birligining nomini ishlatish sohasini va uning tarkibiy qismlarini aniqlashdan boshlash lozim. Buning uchun yig‘ish birligini spetsifikatsiyasi bilan tanishib chiqiladi. So‘ngra buyumning tarkibiga kiruvchi detallarning tas- virlarini o‘rganib chiqib, ularning vazifasi, shakli, o‘lchamlari va o‘zaro biriktirilishi aniqlanadi. Qo‘zg‘aluvchi birikmalardagi de- tallarning bir-biriga nisbatan harakatlanish xarakterini o‘rganib chiqib, yig‘ish birligining tuzilishi va ishlash prinsipi aniqlanadi. Yig‘ish chizmasiga asosan yig‘ish birligi detallarining ish chizma- sini tuzish detallarga ajratib chizish deb ataladi. Yig‘ish birligining chizmasiga muvofiq detallarga ajratib chizish quyidagi tartibda ba- jariladi.


5.79-shakl
Tasvirlangan buyumning tuzilishi, ishlash prinsipi, har bir detal- ning vazifasi, shakli va xususiyatlari aniqlanadi.
Har bir detalning bosh ko‘rinishi va boshqa ko‘rinishlar soni aniqlanadi hamda zarur qirqim va kesimlari bilan belgilanadi. De- talning ish chizmasidagi bosh ko‘rinishi yig‘ish chizmasining aso- siy ko‘rinishdagi tasviriga o‘xshash bo‘lmasligi ham mumkin.
Har bir detal uchun chizmalarning masshtabi va listning formati belgilanadi. Listning qabul qilingan formatlarida chizma ramkasi va asosiy yozuv uchun ramka chiziladi.
Belgilangan formatda tayyorlangan listga masshtabga rioya qilib har bir detalning ish chizmasi tuziladi, ko‘rinishlar, qirqim va ke- simlari bajariladi. Detalning o‘lchamlari, yuzalarining g‘adir-budur- liklari va o‘tkazishlar qo‘yiladi, shuningdek, detalga tegishli bo‘lgan asosiy yozuv bajariladi. Tavsiya etilgan tartibda detallarga ajratib chizishni 5.79-shaklda ko‘rsatilgan ajratkichning yig‘ish chizmasi- da ko‘rish mumkin. 5.78-shaklda esa ajratkichning spetsifikatsiyasi keltirilgan.
Nazorat savollari

  1. Qanday chizmaga vig‘ish chizmasi dcyiladi? U qanday chizma- lar asosida tuziladi?

  2. Yig‘ish chizmasini tuzishda qanday shartliliklar qo‘llaniladi?

  3. Yig‘ish chizmalari qanday tartibda chiziladi?

  4. Spetsifikatsiya nima? Tartib raqamlari qanday qo‘yiladi?

  5. Yig‘ish chizmalarini detallarga ajratib chizishdan maqsad nima?

  6. Yig‘ish chizmalari qanday tartibda detallarga ajratiladi?

  7. Yig‘ish chizmasini detallarga ajratib chizish deganda nima tu- shuniladi?

  1. Eskiz. Eskiz tuzish tartibi

Detallarning eskizlarini tuzish.
Bir marta foydalanish uchun chizmachilik asboblarisiz va mashtabga rioya qilmay, lekin buyum o‘lchamlarining nisbati saqlangan holda bajarilgan chizma (yoki sxema) eskiz deb ataladi. Eskiz ish chizmadan faqat chizmachilik asboblari yordamisiz va taqribiy mashtabda chizilganligi bilan farqlanadi. Shuning uchun eskizlar ham tegishli standartlarda belgilangan barcha shartli belgi- lar va ko‘rsatmalarga muvofiq bajariladi. Ko‘p hollarda eskizlardan ish chizmalarini tuzishda foydalaniladi. Eskizlar bevosita detalning asliga qarab yoki yangi detallarni, mashina va mexanizmlarni lo- yihalashda tuziladi. Loyihalash jarayonida eskiz tuzish har bir stu- dentga, konstruktorga juda katta mahorat, amaliy malaka, chuqur fazoviy tasavvur va ijodiy izchillik kasb etadi. Detallarning eskizi toza, barcha tasvirlari birgalikda uning tuzilishi va elementlari- ning shakllari to‘g‘risida to‘la tasavvur bera oladigan, o‘lchamlari, izohlovchi yozuvlari va texnik talablari yetarli qilib tuzilishi kerak.
Detallarning eskizi quyidagi bosqichlarda tuziladi:


  1. Yüklə 185,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə