Yaratilgan: Ангрен 2005 йил. Kategoriya: Педагогика Bo'lim



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə5/9
tarix14.06.2018
ölçüsü0,66 Mb.
#48544
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Yo´nalganlik



Bilish, o`qish faoliyati natijasida hayot jarayonida orttiriladi

Bilim, ko´nikma va malaka




Temperament, xarakter va qobiliyatdan namoyon bo´ladi


Individual tipologik xususiyatlar




3. Shaxsning faoliyatini yo`naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog`liq bo`lmagan barqaror motivlar majmui kishi shaxsning yo`naltirilganligi deb ataladi.

Shaxs yunalganligi – bu barqaror motivlar yig`indisi bo`lib, shaxs faoliyatini belgilaydi. Shaxs yo`nalganligi qiziqishlar, dunyoqarash, e’tiqod, intilish va idealda xarakterlanadi.

Qiziqish – bilish ehtiyojini namoyon formasi bo`lib, u yangi faktlar bilan tanishishga, hamda borliqni aniq, chuqur va aniq aks etishiga yordam beradi.

Dunyoqarash – insonning qarashlari tizimi bo`lib, unda insonni atrofdagi dunyoga munosabati va bu dunyoda o`zining o`rnini anglash, kishilarga bo`lgan munosabati hayotiy pozitsiyasi, ideallari, qadriyatlari, e’tiqodlari va printsiplari namoyon bo`ladi.

E’tiqod – insonni anglangan ehtiyoji bo`lib, u faoliyatga undaydi.

Ideal – bu namuna, intilishlarning eng yuqori cho`qqisi.

Intilish – birlamchi qiziqish, ehtiyojni hissiy kechirilishi, ob’ektga intilishidir.

Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun atrof muhit, tabiat, kishilar bilan o`zaro ta’sirga kirishadi. Ularni o`zgaradi, o`z faoliyatini yo`naltiradi. Ijtimoiy qonun-qoidalar, muhit, jamiyat talablariga rioya qilgan tarzda o`z - o`zini yo`altiradi, o`z oldiga maqsad qo`yadi, maqsadga intilish yo`lida uchraydigan kiyinchilik va to`siqlarni engib o`tishga harakat qiladi. Maqsadga yo`naltirilgan ongli faoliyatini amalga oshirishda moddiy, ma’naviy olam bilan faol tarzda muloqotga kirishadi. Ehtiyojlar asosida odamda faoliyatning motivlari, muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq ichki turtki kuchlar paydo bo`ladi. Motiv odamni faoliyatiga, faolikka yo`naltiruvchi sababdir. Shaxs inson aniq maqsad sari intiladi, muayyan ishni bajaradi, uni natijasiga ega bo`lishga, uni qo`lga kiritishga o`z-o`zini yo`naltiradi.

Shaxsning faolligining yo`nalishi turli ehtiyojlar: kelib chiqishi, predmetiga ko`ra a) tabiat - inson o`zini, avlodini saqlab qolishdagi faolligi; b) madaniy-odamning insoniyat madaniyati mahsuliga bog`liq bo`lgan faoliyati; predmetiga ko`ra: v) moddiy – ovqatlanish kiyinish, uy-joy, maishiy turmush ashyolari; g) ma’naviy - ma’naviy madaniyatni o`zlashtirib olish, yaratish, o`qish, ilm, san’at, musiqa, kinofil’m, teatr va boshqalar asosida boshqariladi, amalga oshiriladi.

4. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida o`ziga xos sifatlar mavjud: Ekstravertsiya – inson ongni va diqqatini atrofga, tashqariga, asosan o`zi atrofida bo`layotgan narsalarga qaratilganidir. Ekstravertsiya intravertsiyaga qarshi bo`lib, intravertsiya – bu ong va inson qiziqishlarini o`ziga, o`z ichiki dunyosiga qaratilgandir.



Ishonch – insonni biror bir narsaga ma’lum argument faktlarsiz qat’iyatidir.

Refleksiya – shaxs ongini o`ziga qarata olish layoqatidir.

Adantivlik – adantatsiyani engillashtirishga qaratilgan, organizmni moslashuvchanligi. Bu termin adantiv xulq-atvor iborasi bilan qo`llanishi normal hol sifatida qabul qilinadi.

Ishonuvchanlik - holat bo`lib, tez qabul qiluvchanlik, ta’sirga kishini beruvchanligi va uni psixologiyasi va xulq-atvorida ma’lum o`zgarishlarni yuz berishiga sabab bo`ladi.

Komformlilik – shaxsiy fikr, munosabat fikr va xatti-harakatga tashqi ta’siri kiritish tendentsiyasi bo`lib, bu tushunchadan foydalanishning uch modeli mavjud: a) xulq-atvorda. Masalan: «guruhga qo`shilish»da, ko`pchilikka o`xshab harakat qilishga intilish; b) munosabatda, tashqaridan tadqiq o`tkazilganda, o`zgalarning bosimi yoki ta’siri natijasi bilan bog`liq bo`lgan munosabat; v) shaxs xususiyati sifatida; Ko`rinib turibdiki komformlilik – bu boshqalar fikrini tashqari holatda qabul qilib, ichkari holatda o`z fikrini to`g`riligidan qaytmaslikdir.

O`z-o`ziga baho berish – psixologiyada o`z shaxsiy psixologik xususiyatlari va fazilatlar, yutuq va kamchiliklari, shuningdek muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini baholash tushuniladi. O`z-o`ziga baho berish adekvat, yuqori va past bo`lishi mumkin. Buni shartli ravishda: S q n (adekvat) S > n (yuqori) S < n (past). Bunda – S - o`z-o`ziga baho berish, n – imkoniyat. Shaxsda alohida e’tiborga frustratsiya xususiyati ham loyiq.

Frustratsiya – shaxsni o`z muvaffaqiyatligini chuqur emotsional his qilishi bo`lib, u ilojsizlik, umidsizlik bilan namoyon bo`ladi.

Frustratsiya – shaxsni agressiv yoki anatik xulq - atvori sifatida kechadi. Shu bilan birga shaxsda tolerantlik kabi xususiyat ham uchraydi. Bu shaxsni u yoki bu faktorga befarqligi yoki munosabatning mavjud emasligidir. U uch turdi namoyon bo`ladi – muvaffaqiyatsizlik, fikrlovchi munosabat, ichki bexalovatlilik va osoyishtalik.

Shaxs odamning atrofiga bo`lgan munosobatlarini va o`z-o`ziga bo`lgan munosobatni belgilaydi. Shaxsning shakllanishida o`z-o`ziga baho berish muhim ahamiyat kasb etadi. O`z-o`ziga baho berish - uch xil ko`rinishga ega bo`lishi mumkin: a) shaxs o`ziga imkoniyatlari qobiliyat, layoqatlarini past baho berishi, o`z-o`ziga ishonchsizligi tufayli kechirilishi mumkin; b) o`z-o`zini imkoniyat, qobiliyatlarini tug`ri, me’yorda baholash, o`rtacha daromadi baholashi: v) o`zini imkoniyat qobiliyatlari me’yoridan yuqori baholashi, bu odamda o`ziga bino qo`yish atrofidagilarini nazar-pisand qilmaslik kabi xarakterlarini namoyon etishga olib kelishi mumkin. Shaxsni o`z-o`ziga to`g`ri baho berishida o`z-o`zini anglash muhim hisoblanib, shaxsni tug`ri shakllanishi, individning o`zi haqida nisbatan barqaror anglangan tasavvurlar tizimini hosil qilinishiga olib keladi. Uning asosida individ odamlar bilan o`z munosabatini o`rganadi. O`z-o`zini anglashning shakllanishi jamiyatning ongli a’zosini tarbiyalashning zarur shartlaridan biridir.

5. Shaxs taraqqiyotining harakatiga keltiruvchi kuchlar.

Odam individ bo`lib tug`iladi, shaxs bo`lib rivojlanadi taraqqiy etadi. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida xarakter va qobiliyatlarining determinantligi, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari: hissiy - emotsional jarayonlari, irodaviy sifatlari, faolligi, aktivligi, ongligi muhim hisoblanadi. Ya.Gudechek - Shaxsning ijtimoiy qadriyatlar jarayonida rivojlanishi masalasiga katta e’tibor bergan. Qadriyatlar shaxsning xulqi va faoliyatini motivlashtiradi. Shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatlar shaxs tomonidan o`zlashtiriladi. Qadriyatlar shaxsning qiziqishlari, ehtiyojlari, yo`nalishi bilan bog`liq. Umumiy holda shaxsni harakatga keltiruvchi sifatida uning ehtiyojlari yotadi. Ehtiyojlar shaxsni faoliyatga undovchi motivlarda namoyon bo`ladi. K.K.Platonov tomonidan tavsiya etilgan quyidagi: “Shaxsning yo`nalishini asosiy ko`rinishi” rasmini kuzatamiz. +++

Shaxsni shakllantiruvchi omillar: a) hayotning shart-sharoiti bilan o`zaro munosabat (madaniy, moddiy va ijtimoiy); b) yosh avlodga ijtimoiy tarixiy tarbiyaviy tajribalarni o`tkazish, inson ongi va xulq - atvoriga uni hayot va mehnatga tayyorgarligini rivojlantirish uchun kerakli shart-sharoitlarni ta’minlovchi tushuncha, printsip va qadriyatlarni singdirishdan iborat bo`lgan tarbiya; v) shart-sharoitni o`zgarishi bilan shaxs ham o`zgaradi (rivojlanish yuzaga keladi); g) O`z-o`zini tarbiyalash – ongli faoliyat bo`lib, insonni shaxs sifatida to`la namoyon bo`lishini ta’minlaydi (O`z-o`zini boshqarish, o`z-o`zini nazorat qilish, o`z-o`zini tahlil qilish);

Shaxsni rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar: a) faoliyatda o`zgaruvchi ehtiyojldar orasida qarama-qarshiliklar va ularni qondirish; b) faoliyatdagi faollik natijasida qondiriladigan ehtiyojlar asosida yangi ehtiyojlarning yuzaga kelishi;

Qarama-qarshiliklarni engish mahsul usullar, yo`llar, harakatlar, bilim va malakalar asosida ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Shaxs shakllanishida etakchi o`rin tarbiyaga ajratiladi. Tarbiya shaxs rivojlanishini tashkil etadi, yo`naltiradi va jamiyat talablariga moslashtiriladi. Demokrit aytganidek: «Insonni inson qilib etishtiruvchi narsa tarbiyadir». Ishonch – xulq xatti-harakatlarini muhim anglanilgan motivi, faoliyatini aniq yo`nalishga solib turuvchi va dunyoni hissiy idrok etish, qat’iy printsipga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Foyalar o`z - o`zini tarbiyalash rejasini beruvchi, o`zini nazorat qilishga undovchi omil hisoblanadi.

6. Bola shaxsning tarkib topishida ta’lim tarbiyaning ta’siri asosiy ahamiyat kasb etadi. Tarbiya muassasalari: bog`cha, maktab, internat, litsey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya jarayoniga o`quvchilarni o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib yondoshish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ularni shaxsini o`rganish metodlaridan foydalanish samarali kechadi. Metod tadqiqot, tekshirish, bilimning nazariy va amaliy o`zlashtirish usulllari yig`indisidir. O`quvchi shaxsini o`rganish, metodlari: Amerikalik sotsiolog K.N.Tomasning “Shaxs so`rovnomasi” metodikasi yordamida turli nizomi vaziyatlarida shaxs o`zini qanday tutishligi: hamkorlikka yoki raqobatga moyilligi, murossaga (kompromiss, en bosishga, yul berishga) tayerligi, nizolarda qochish yoki uni keskinlashtirishga intilishi kabi sifatlarning namoyon bo`lish darajasini aniqlash mumkin. Bu metodika jamoaning har bir a’zosini hamkorlikdagi faoliyatga ijtimoiy - psixologik moslashuvchanlik darajasini b baholash imkoniyatlarini ham beradi. Turli guruhlardagi o`zaro munosabatlar xususiyatlari o`rganiladi. Shuningdek Kettel shaxs savolnomasining bolalar varianti - shaxsni dasturli tekshirishnining bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bola shaxsi taraqqiyotini baholashda chet el tadqiqotlarida savolnomalar (16 RF, N.......) keng qo`llaniladi. Lekin bizning sharoitimizda chet el metodikalaridan foydalanish ularni jiddiy moslashtirishni va puxta tekshirishni talab qildi. (...................) ushbu metodika E.M.Aleksandrovskaya, I.N.Gil’yasheva, 1978, 1985 variantlari keng qo`llaniladi.

Ayzenk testi (bolalar varianti) EPV insonning individual - psixologik xususiyatlarini, shaxsiy xislatlari - ekstrovertlik, introverlik va turg`unlikni o`rganishga mo`ljallangan. Kattalar varianti 45 savoldan iborat 24 savol ekstravertlikni va introverlikni, 24 savol neyrotizmni aniqlashga mo`ljallangan, 9 ta savol “yolgonchilik” shkalasidan iborat. Shuningdek D.B.El’komin, T.V.Dragunovalar o`smirlik davri xususiyatlarini: I.V.Straxov yuksak insoniy tuyg`ularni shakllanishini: V.A.Krutetskiy va N.S.Lukinning “o`rtoqlik - do`stlik” borasidagi o`smirlarning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini o`rganilishi o`smir yoshidagi bolalarning barcha muammolarini echishda yordam beradi. Xulosa: Demak - odam avvalo individ bo`lib dunyoga keladi. Uning shaxs bo`lib shakllanishida uning biologik shartlanganlik - jinsiy, yosh davrlari, miyaning fiziologik, morfologik xususiyatlari: ijtimoiylashuvi muhim omillar bo`lib hisoblanar ekan.
Barkamol insonni baholash (E.h.hoziev)
1. Shaxs haqida umumiy tushuncha

F.I.Sh. _________________________

Jinsi ___________ yoshi ___________

Ish va o`qish joyi _________________



P. Shaxsning yo`nalganligi.




Fazilatlar nomi

Kuch-siz

O`rtacha

Kuchli

O`rta kuchli

1

2

3

4

5

6

1.

Iymon e’tiqodlilik

1

2

3

4

2.

Sobitqadamlilik

1

2

3

4

3.

Hamiyatlilik

1

2

3

4

4.

Beg`arazlik

1

2

3

4

5.

Haqgo`ylik

1

2

3

4

6.

Kamtarlik

1

2

3

4

7.

Adolatlilik

1

2

3

4

8.

Insonparvarlik

1

2

3

4

9.

Fidoiylik

1

2

3

4

10.

Vatanparvarlik

1

2

3

5


Sh.Shaxsning umumiy xususiyatlari

1

2

3

4

5

6

1.

Muloqotmandlik

1

2

3

4

2.

Tashabbuskorlik

1

2

3

4

3.

Harakatchanlik

1

2

3

4

4.

Zukkolik

1

2

3

4

5.

Sinchkovlik

1

2

3

4

6.

Mehantsevarlik

1

2

3

4

7.

£at’iyatlilik

1

2

3

4

8.

£ulaylilikka intiluvchanlik

1

2

3

4

9.

Mustaqillik

1

2

3

4

10.

O`zini boshqaruvchanlik

1

2

3

4


1U. Shaxsning o`ziga xos xususiyatlari


1

2

3

4

5

6

1.

O`zgalarning psixologik xususiyatlari va holatlarini tez ilg`ashga qobillik.

1

2

3

4

2.

O`zgalar ichki kechinmalari va hislarini o`zinikiday qabul qilishga moyillik.

1

2

3

4

3.

O`zga kechinmalar xatti-harakatlari va xulq-atvorini tahlil etishga qobiliyatlilik.

1

2

3

4

4.

O`zini hayolan o`zganing o`rniga quya bilish o`quvchanligi

1

2

3

4

5.

O`zgalarning shaxsiy xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga oqilona munosabat bildirishga layoqatlilik.

1

2

3

4

6.

Shaxslararo munosabatlarni payqay oluvchanlik

1

2

3

4

7.

Ilg`or tajribalarni oson o`qib olishga zehnlilik

1

2

3

4

8.

Vaziyat qatnashchilari bilan umumiy til topishga zukkolik

1

2

3

4

9.

Shaxslararo muomalada shaxsiy pozitsiyaga egalik

1

2

3

4

10.

Xulq, faoliyat va muomalada odoblilik

1

2

3

4


U. Ijtimoiy ta’sir etuvchanlik


1

2

3

4

5

6

1.

Boshqalar e’tiqodli kishilarga o`zga xos omillarga va mantiqiy dalillashga ta’sir o`tkazishga topqirlik

1

2

3

4

2.

O`zining hissiyot va emotsiyasi bilan o`zgalarga ta’sir etishga o`quvchanlik

1

2

3

4

3.

Ishda va o`qishda muvaffaqqiyatga erishuvda o`ziga ishonch uyg`otuvchanlik

1

2

3

4

4.

O`ziga va o`zgalarga nisbatan talabchanlik

1

2

3

4

5.

Voqelikning muhim va nomuhim, ijobiy hamda salbiy tomonlariga xolisona baho beruvchanlik

1

2

3

4

6.

Tanqidiy fikrlarni mantiqan baholashga bo`lgan qobillik

1

2

3

4

7.

Tanqidiy fikrlarga nisbatan beg`arazlik

1

2

3

4

8.

Vaziyat va sharoitni to`g`ri chamalashda mantiqiy mukammallik

1

2

3

4

9.

Fikr almashishda nutqiy qobiliyatlik

1

2

3

4

10.

Milliy g`oya va milliy mafkurasiga sadoqatlilik

1

2

3

4

U1. Tashkilotchilikka qobiliyatlilik


1

2

3

4

5

6

1.

Tashkilotchilikka nisbatan ehtiyojni sezishlik

1

2

3

4

2.

Tashkilotchilik faoliyatini suiste’mol qilmaslik.

1

2

3

4

3.

Faoliyat mohiyatiga mustaqil kira bilishlik

1

2

3

4

4.

O`z zimmasiga javobgarlik va mas’uliyat tuyg`usini olishlik

1

2

3

4

5.

Tashkilotchilik faoliyatini zavq-shavq bilan ado etishlik

1

2

3

4

6.

Tashkilotchilik jarayonida o`zidan qoniqish hissini in’ikos qilishlik

1

2

3

4

7.

Tashkilotchilikni uddalashga bo`lgan layoqatlilik

1

2

3

4

8.

Vaziyat va sharoitga nisbatan tashkilotchilikda muvaffaqiyatlilik yoki barqarorlik

1

2

3

4

9.

Tashkilotchilikda tezkorlik va samaradorlik sifatlarida uyg`unlik

1

2

3

4

10.

Tashkilotchilikda ijodiylik va aql zakovatlilik

1

2

3

4


U1. Tashkilotchilikka qobiliyatlilik


1

2

3

4

5

6

1.

Tashkilotchilikka nisbatan qobiliyatlilik:

A) ko`pgina faoliyat turlariga

B) faqat yagona faoliyat turiga


1

2

3

4

2.

Faoliyat ishtirokchilarining yosh davrlariga bo`yicha tashkilotchilik qobiliyatida tafovutchilik

A) o`zidan katta yoshdagilarga

B) o`zining tengqurlariga


1

2

3

4

3.

Shaxslararo munosabatga mutanosiblik

A) distantsiya (bevosita shakliga)

B) kontakt (bevosita)

V) har ikkalasi ham



1

2

3

4

4.

Faoliyatni boshqarish uslubi bo`yicha

A) harakatli davomiy

B) faol jonli

V) sustkash, xotirjam



1

2

3

4

5.

Boshqaruv psixologiyasiga ko`ra

A) demokrativ

B) liberal

V) avtokrativ



1

2

3

4



TAYANCH TUSHUNCHALAR.


  1. Individ - odamga xos bo`lgan biologik tur ma’nosida.

  2. Individuallik - odamni o`zigagina xos bo`lgan psixologik xususiyatlari.

  3. Shaxs - ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi, ongli faoliyat bilan shug`illanuvchi betakror odam.

  4. Frustratsiya – shaxsning o`z muvaffaqiyatsizligini chuqur emotsional his qilishi, umidsizlik.

  5. Komformlilik – shaxsiy fikr, munosabat, xatti-harakatga tashqi ta’sirini kiritish.


NAZORAT SAVOLLARI


  1. Shaxs tushunchasiga tushuntirish bering.

  2. «Individ», «Shaxs», «Individuallik» tushunchalari bir-biriga bog`liq, lekin qarama-qarshi emasligini tushuntiring.

  3. Shaxs faolligining asosiy omili nima?

  4. Shaxs konformligi deganda nimani tushunasi?

  5. «O`z-o`ziga baho berish» tushunchasini izohlang.

  6. Shaxsning frustratsion holati nima?

  7. Shaxs taraqqiyotini harakatga keltiruv kuchlar nimalardan iborat?

  8. O`quvchi shaxsni o`rganish metodlari haqida ma’lumot bering.


5 - MAVZU: MULOQOT
REJA:

  1. Muloqot haqida tushuncha.

  2. Muloqot qilishning asosiy turlari va tomonlari.

  3. Muloqot insonlarning bir-birini tushunishi va idrok qilish sifatida.

  4. Nutq va uning turlari.

1. Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo`yicha ma’lumot almashishdan iborat bo`lgan o`zaro ta’sir etishdir. Muloqotning tizimida o`zaro bir-biriga bog`liq jihatlari ajratiladi: kommunikativ, interaktiv va pertseptiv. 1. Muloqatning kommunikativ jihati bu muloqatdagi individlarni o`zaro ma’lumot almashinishidir. 2. Muloqotning interaktiv jihati bu individlar muloqatda nafaqat bilim va g`oyalar balki harakatlar bo`yicha ham o`zaro ta’sirini tashkil etishdan iborat. 3. Muloqatning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o`zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir.

Demak, muloqot birgalikdagi xarakat extiejlaridan kelib chikadigan, aloka almashish, bir - biriga ta’sir etish, boshkalarni tushinish, odamlar urtasida kontakt urnatish va rivojlantirish jaraeni.

Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir.

2. Muloqotning o`zaro birgalikdagi harakati va kommunikativ jihatdan tashqarida uning pertseptiv jihati munosabat ishtirokchilarining uning jarayonida amalga oshiriladigan o`zaro idrok etish yuzaga keladi. Taniqli psixolog S. L.Gubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotga odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq - atvoriga mo`ljal olamiz. Negaki biz ularning tanqidiy ma’lumotlariga ma’lumotlari mohiyatini go`yo o`qib ya’ni mag`zini chaqib chiqamiz va shu yo`sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo`lgan mazmunini aniqlaymiz”.

Bunday o`qish naridan beri tez yuz beradi, chunki tevarak atrofdagilar bilan muomala jarayonida avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo`ladi.

Muomala prioretiv jihati bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir. Identifikatsiyalash - bir kishi ikkinchi kishini uning ta’rifini o`z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o`xshatilishi orqali tushinish usulidir.

Shaxslararo idrok etish jarayonida teskari aloqa, xabar beruvchi funktsiyani va o`zini - o`zi boshqarish funktsiyasini bajaradi. Steriotiplashtirish – xulq -atvor shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma’lum va mashhur deb sanalgan ya’ni ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo`li bilan ularning sabablarini o`zgartirishdan iboratdir. Ko`p hollarda insonlarning bir-birlarini idrok etishlari «ijtimoiy pertseptsiya» sifatida namoyon bo`ladi. Muloqotning bu jihati ijtimoiy pertseptsiya haqidagina emas, balki shaxslar aro pertseptsiya haqida hamdir. Inson jamiyatda shaxs sifatida qabul qilingani sari. Muloqotda ham shaxs sifatida namoyon bo`ladi. S.L.Rubenshteyn aytganidek: «Biz insonni tashqi xulq - atvoriga qarab o`qiymiz». «Boshqa odamni bila turib, o`rganayotgan individning o`zi ham shakllanadi» deb yozgan edi L.S.Egodskiy. Insonni inson tomonidan idrok etilishida kamida 2 kishi jalb qilingan bo`lishi lozim bo`lib, ularning ikkalovi ham faol sub’ektdir. O`zini boshqa inson tahlil qilishini o`z ichiga identifikatsiya va reflektsiyani kiritadi.

3. Odamlarda samarali muomala o`rnatish malakalarini tasodifiy ravishda tarkib topadi yoki ta’limning yordamchi maxsuli sifatida yuz beradi. Katta maktab yoshidagi o`quvchilar xulq - atvori qoidalariga bag`ishlangan ommabop adabiyotlarni o`qir ekan, muloqot madaniyatining ba’zi jihatlari bilan tanishadi. Lekin muomala malakalarini maxsus o`rgatilishi alohida bir vazifa bo`lib pedagog uchun uning qanchalik muhim ekanligini trening, ya’ni muomalaning mashq qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Sotsial psixologik trenining, ya’ni muomalaning mashq qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Sotsial psixologik trenining mazmunan ikki xil vazifani: 1. Muomalaning va shu jumladan pedagogik muomalaning umumiy qonuniyatlarini. 2. Pedagogik kommunikatsiyaning texnologiyasini egallash, ya’ni professional pedagogik muomala va malakalari shakllanishini o`z ichiga oladi. Psixologik pedagogik trenining shakllaridan yana biri tipik pedagogik vaziyatlarining misol uchun imtihonlarni modellashtiruvchi amaliy o`yinlari. Muomala trening, ya’ni muomalani mashq qilish o`qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish sistemasida pedagogik ishning yangi shakli bo`lib, pedagogik ta’lim uchun juda istiqbolli hisoblanadi.

Bog`lanish lotincha son ya’ni “yaqinlashish” degan so`zdan olingan, munosabatga kiruvchilar o`rtasida ikki tomonlama aloqa bo`lishini taqoza etadi. Bunga erishish va uni ko`ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatiga kirishuvi shaxslarni o`zaro bir-biriga hurmati va ishonchidan iboratdir. Agar pedagog o`z tarbiyalanuvchilariga ishonch va hurmat bilan munosabatda bo`lsa, u har qancha printsipial va talabchan bo`lgan taqdirda ham, uning eng arzimas tanbehlari ham ta’sirli bo`ladi.

Munosabat jarayonlari har doim va barcha vaziyatlarda ham sip – silliqgina va ichki qarama qarshiliklarsiz yuz beradi deb tasavvur qilishi yaramaydi. Ayrim vaziyatlarda bir-birini inkor etuvchi qadriyatlar, vaziyatlar va maqsadlarning mavjudligini aks ettiruvchi pozitsiyalar antoganizmi yuzaga chiqadiki, ba’zan bu o`zaro adovatni keltirib chiqaradi, shaxslararo majaro sodir bo`ladi. Majarolarning kelib chiqishiga, shuningdek munosabatga kiruvchilarning o`zaro birgalikda harakat qilishlariga g`ov bo`lgan va bartaraf etilmagan ma’naviy anglashilmovchiliklar ham sabab bo`ladi. Munosabatdagi ma’naviy anglashilmovchilik - bu aytilgan talabning, iltimosning, buyruqning ma’nosi munosabat bog`lashga sheriklar uchun muvofiq emasligidir. Bu hol ularning o`zaro hamjihatligi va birgalikda harakat qilish uchun to`sqinlik tug`diradi.

4. Har qanday ma’lumotni belgilar aniqrog`i belgilar tizimi orqali bilish mumkin. Kommunikativ jarayonida qo`llaniladigan bir necha belgilar tizimi mavjud. Bular verbal kommunikatsiya (nutq orqali) va noverbal (nutq bilan bog`liq bo`lmaydigan belgilar orqali) kommunikatsiyadir. Verbal kommunikatsiyada inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo`llaniladi. Nutq inson tomonidan qo`llaniladigan tovushlar signallari yoki yozma belgilardan iborat bo`lib, ular orqali muloqotdan olingan ma’lumot qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi. Bu jarayon til orqali amalga oshiriladi. Til so`z belgilari tizimi bo`lib, u muloqot jarayonida psixik faoliyat mahsuli bo`lib yuzaga keladi.

Nutqni paydo bo`lishi va amalda qo`llanishini quyidagi sxemada ko`rish mumkin:
N
G`oya (fikr)
utqni idrok g`oyani

etish va uni fikrni

f


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə