Yangilangan konstitutsiya taraqqiyotimiz qomusi



Yüklə 19,03 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü19,03 Kb.
#161133
  1   2
Mamlakatimizda-WPS Office



YANGILANGAN KONSTITUTSIYA – TARAQQIYOTIMIZ QOMUSI
Rasulova Shahlobonu Shavkat qizi
Buxoro davlat Pedagogika instituti Filologiya fakulteti, O’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi 7 O’TA -23 guruh magistri
KIRISH.Mamlakatimizda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar o‘z mazmun-mohiyati bilan “inson – jamiyat – davlat” degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.Yangilangan Konstitutsiya jamiyatimiz hayotining barcha yo‘nalishlarini kompleks tartibga solish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo‘lida eng muhim huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
ASOSIY QISM.Konstitutsiyaga kiritilgan yangi normalar barcha sohalarni taraqqiy ettirishga, shu jumladan, davlat hokimiyatining yanada samarali tashkil qilinishiga yordam beradi.Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilib, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshdi. Konstitutsiyamizning amaldagi 275 ta normasi 434 taga ko‘paydi, ya’ni amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilandi.1O‘zbekistonda so‘nggi yillarga qadar davlat byudjeti ochiqligi va uning ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish haqida gap-so‘z bo‘lishi ham mumkin emas edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amalga oshirgan islohotlar natijasida byudjet ochiqligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar qilindi. Bir qator hujjatlar qabul qilindi. Fuqarolar nafaqat davlat byudjeti ustidan nazorat o‘rnatmoqda, balki mablag‘larni sarflashda ham ishtirok etmoqda.Yangilangan Konstitutsiyaning 148-moddasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshirilishi, shuningdek fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi kabi yangi norma bilan huquqiy mustahkamlandi.Konstitutsiyaga kiritilayotgan ushbu modda odamlar byudjet qanday shakllanishi, qanday sarflanishi ustidan nazorat o‘rnata olishlariga xizmat qiladi. 2Bu nimasi bilan muhim?Ko‘pchilik odamlarda davlat yoki mahalliy byudjetlar qanday shakllanishi haqida umumiy tasavvur ham yo‘q. “Davlatning puli” deb ataladigan ushbu mablag‘lar aslida xalqning o‘zi to‘lagan soliqlar evaziga yig‘ilgan pullardir. Tabiiyki, xalq o‘z puli qanday va qayerga sarflanayotgani ustidan nazorat qilishga haqqi bor. Kiritilgan ushbu modda aynan mana shu huquqni kafolatlaydi.Mahallada mavjud bo‘lgan muammolarni hal etish bo‘yicha ayrim murojaatlarga tegishli mansabdor shaxslar tomonidan “rejaga kiritildi, moliyalashtirish bo‘lsa bajaramiz” degan javoblar berilishi hech kimga sir emas. Ushbu javoblarni olgan fuqarolar mahalladagi muammolar yechimini yillab kutib turardi. Shunday holatlarni keskin ravishda oldini olish maqsadida yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga byudjetga oid alohida yangi modda kiritildi.
Eng avvalo, davlat byudjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshirilishi belgilandi. Xususan, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalarini joylashtirishni nazarda tutuvchi “Ochiq byudjet” axborot portali ishga tushirildi.Ochiq byudjet – bu fuqarolarning turli darajadagi byudjetlar to‘g‘risida tushunishlari uchun mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni shakllantirishga qaratilgan davlat siyosati.
Alohida qayd etish joizki, fuqarolarning byudjet jarayonida ishtirok etish tartibi ham paydo bo‘ldi. Ya’ni tashabbusli byudjet – aholining tashabbuslarini hisobga olgan holda byudjet mablag‘larining muayyan bir qismini sarflash bo‘yicha ularning bevosita ishtirokida qarorlar qabul qilish hamda qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishini kuzatish amaliyoti joriy etildi.Ushbu amaliyot orqali aholi o‘zini qiynayotgan muammolar, shu jumladan mahalladagi muammolar (yo‘llar, bolalar maydonchalar va h.k.) byudjetga kiritish va ularni tezlik bilan hal qilish imkoni yaratildi.Ma’lumki, Tashabbusli byudjet loyihalari butun dunyo bo‘yicha keng tarqalgan bo‘lib, jahonda 7000 dan ortiq shaharlarda qo‘llanilib kelinmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Ochiq byudjet” davlat siyosati, byudjet ustidan jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish va bu borada to‘liq axborot olish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 avgustdagi “Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Davlat byudjetiga oid axborotlarni joylashtirishni nazarda tutuvchi “Ochiq byudjet” portali ishga tushirildi. 2019 yildan boshlab byudjet mablag‘larini taqsimlashda fuqarolar ishtirokining tuman va shaharlar byudjetlari qo‘shimcha manbalarining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirishni nazarda tutadigan mexanizm joriy etildi.3Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 iyuldan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining eng kam miqdorini 10 foizdan 30 foizga oshirish belgilandi.Fuqarolar “Ochiq byudjet“ axborot portalida takliflarni kiritish va ovoz berish orqali o‘zlarining fikriga ko‘ra, mahalliy byudjetlar mablag‘larining qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirishga yo‘naltirish kerak bo‘lgan tadbirlarni aniqlaydilar. Mazkur mexanizm fuqarolarni davlat moliyasini boshqarishga jalb qilishda amaliy instrument hamda eng quyi bo‘g‘inda ”Ochiq byudjet” portali orqali ilgari surilgan g‘oyalarni amalga oshirishda muhim hisoblanadi. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni amalga oshirish byudjet to‘g‘risidagi ma’lumotlarga nafaqat milliy darajada, balki mahalliy darajada ham talab yuqori ekanligini ko‘rsatadi.Takliflarni qoldirish uchun jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan byudjet loyihasi tashabbuskori “Ochiq byudjet” portalida (openbudget.uz) ro‘yxatdan o‘tkaziladi.Tashabbusli byudjetlashtirish yoki partisipator byudjetlashtirish – bu aholining byudjet mablag‘larining aniq qismlarini sarflash maqsadida tashabbuslarni ilgari surishi orqali mahalliy boshqaruvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishidir.Tashabbusli byudjetlashtirish – bu mahalliy ahamiyatdagi masalalarni byudjetni jamoatchilik fikri asosida shakllantirishga asoslangan holda byudjet mablag‘larini sarflash ob’ektlarini aniqlash va tanlashda, shuningdek tanlangan loyihalarning amalga oshirilishini bevosita fuqarolar ishtirokida nazorat qilish orqali hal qilishning turli-tuman amaliyotlari jamlamasidir.
Mehnat huquqlari kafolati. Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.Har kim eng kam oylik maoshidan past bo‘lmagan miqdorda adolatli haq olish huquqiga ega.Mehnatga hak to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.Homiladorligi yoki bolasi borligi uchun ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning oylik maoshini kamaytirish taqiqlanadi.Yollanib ishlovchilarga har yilgi haq to‘lanadigan mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi kafolatlanadi.Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish choralarini ko‘radi.Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yohud qonunda nazarda tutilgan boshqa xollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.Bolalar mehnatining bolaning sog‘ligiga, xavfsizligiga, ahloqiga, aqliy va jismoniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi.
Shaxs erkinligi kafolatlari. Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turishning qonuni asosi tushuntirilishi kerak.Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishga majbur emas.Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.Jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi huquqiga, shuningdek afv etish yoki jazoni yengillashtirish to‘g‘risida iltimos qilish huquqiga ega.Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi tergov va suddagi savollarga javob bermasdan sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.O‘z isbotini topmagan aybdorlikka oid barcha shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkumning foydasiga hal qilinadi. Inson o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.Mahkum o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi hamda inson shaxsiga xos bo‘lgan sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega.Ushbu huquqning cheklanishiga faqat sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi.Advokat, uning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi.Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta’minlaydi, ularga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanadi
Tadbirkor va ishbilarmonlar huquq va manfaatlari Konstitutsiya himoyasida .Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlaydi.Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi.Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.O‘zbekistonda iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va faoliyat yo‘nalishlarini mustaqil tanlashga haqli.Davlat iste’molchining huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.Monopol faoliyat qonun bilan cheklanadi.Mulkdor o‘z mol-mulkidan sud qarorisiz hamda qonunga zid tarzda mahrum qilinishi mumkin emas.Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega.Davlat sog‘liqni saqlash tizimining nodavlat shakllarini rivojlantirish choralarini ko‘radi.Davlat nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
Ta’lim va tarbiya. Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.Har kim ta’lim olish huquqiga ega.Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantiradi.Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlantirilishini ta’minlaydi.Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli.Oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.O‘zbekistonda o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi.Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi.
​Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi. Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shartsharoit yaratadi.Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shartsharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli.
​O‘zbekiston – ijtimoiy davlat. Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi.Har kim eng kam oylik maoshidan past bo‘lmagan miqdorda adolatli haq olish huquqi ega.Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.Pensiyalar, nafaqalar va ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas.Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.Har kim uy-joyli bo‘lish huquqi ega.Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.Fuqarolarga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi bepul ko‘rsatiladi.Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.Yollanib ishlovchilarga har yilgi haq to‘lanadigan mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi kafolatlanadi.Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli.
Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir.Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirish choralarini ko‘radi.Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoit yaratadi.Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashadi, ularga zarur bo‘lgan axborotni moneliksiz olish imkoniyatini ta’minlaydi.Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.Hukumat aholini, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlaydi.Fuqarolarga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi bepul ko‘rsatiladi.Nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan pensiya, nafaqa va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas.
XULOSA.Konstitutsiyamizda Yevropa, Osiyo, Sharq va Amerika mintaqalarida joylashgan dunyo davlatlarining ijobiy konstitutsiyaviy tajribasi o‘z aksini topgan. Asosiy qonunimiz huquqshunos olimlar, siyosatshunoslar, ko‘plab xalqaro tashkilotlar mutaxassislari tomonidan sinchiklab o‘rganilgan bo‘lib, unga inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq normalari qo‘shimcha ravishda uyg‘unlashtirilgandir.Ishonchimiz komilki, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar xolis va to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinishi "Inson sha’ni va qadr-qimmati uchun" tamoyili asosida xalq farovonligini yanada yuksaltirish, inson, fuqarolik jamiyati va davlatni jadal rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi.

Yüklə 19,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə