Yangi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyoti. 2-savol. Yangi o’zbekistonda fuqarolik jamiyati nazariyasining manaviy-ma’rifiy asoslari tayanch tushunchalar



Yüklə 48,84 Kb.
səhifə1/8
tarix05.10.2023
ölçüsü48,84 Kb.
#125715
  1   2   3   4   5   6   7   8
2 семинар


2-MA’RUZA: O’ZBEKISTON MILLIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA FUQAROLIK JAMIYATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
1-SAVOL. YANGI DAVRDA FUQAROLIK JAMIYATI NAZARIYASI VA AMALIYOTI.
2-SAVOL. YANGI O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI NAZARIYASINING MANAVIY-MA’RIFIY ASOSLARI
Tayanch tushunchalar: O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichi; yangi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi, zamonaviy konsepsiyalar, fuqaro, fuqarolik jamiyati; korrupsiya; fuqarolik jamiyatining manaviy-ma’rifiy asoslar.


1-SAVOL. YANGI DAVRDA FUQAROLIK JAMIYATI NAZARIYASI VA AMALIYOTI.

XX1 asr boshlaridan fuqarolik jamiyati sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar “fuqarolik jamiyati” kategoriyasini funksional harakteristikalarini tushunish murakkablashmoqda.


Bu fuqarolik jamiyati tushunchasini tadqiq etishda, fuqarolarning ijtimoiy hayotida dolzarb talablarini aks ettiruvchi, yangi mezonlarning kiritilganligi bilan asoslanadi. Shunday qilib fuqarolik jamiyati haqidagi tasavvurlar rivojini tizimlashtirish: birinchidan, ularning ijtimoiy-falsafiy asoslari har akteristikasi bilan, ikkinchidan, mafko’raviy asoslarning xususiyatlariga ko‘ra, uchinchidan, fuqarolik jamiyatining sof ilmiy konsepsiyalarini aniqlash bilan belgilanadi.
Insoniyat taraqqiyotining zamonaviy davri globallashuvi sharoitida O‘zbekiston zo‘r berib dunyoning rivojlangan davlatlari bilan tenglashish uchun demokratik taraqqiyot yo‘li bilan olg‘a intilmoqda. Ammo eski aravaning konstruksiyasi bilan zamonaviy kosmik raketani qurib bo‘lmaganidek, eski ma’muriy-byurokratik boshqaruv uslublariga va ijtimoiy-siyosiy boshqaruvga tayanib, murakkab bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini shakllantira bo‘lmaydi. Shuning uchun, bizning fikrimizcha, ushbu yo‘nalishdagi tadqiqot faoliyatini O‘rta Osiyo davlatlari, shu jumladan, O‘zbekistonning tarixiy rivojlanishiga ham zamonaviy yondashuvlar bilan qarash zarur.
Jahon hamjamiyati rivojlanishining hozirgi darajasi va shartlari tarixiy jarayonlarga yangicha munosabatda bo‘lishni, insoniyat tarixiy rivojlanishini o‘rganishda yangi ilmiy-nazariy yondashuvlarni talab qiladi. Aks holda, sub’ektiv yondashuv natijasida tarixiy hodisalarning butun jarayoni buziladi va oxir-oqibat ular ob’ektiv mohiyatini yo‘qotadi.
Noto‘g‘ri yondashuvlar, noto‘g‘ri metodologiya orqali tarixiy hodisalarni tahlil qilish natijasida butun xalqlar tarixini o‘rganishda ob’ektiv yondashuvning mohiyati yo‘qoladi. Natijada davlat va millatning jahon hamjamiyati oldidagi obro‘si pasayadi. Yaqin tarixdan quyidagi misolni keltiramiz.
73 yil davomida Sovet Ittifoqida O‘rta Osiyo va O‘zbekiston xalqlari tarixiga noilmiy, noxolis yondashuv natijasida, haqiqiy tarixiy voqealar tahlili buzilgan va ularning tarixi g‘arazli siyosiy maqsadlar asosida kamsitilgan.
Insoniyat tarixiy rivojlanishining ob’ektiv qonuniyatlari hamda Markaziy Osiyo xususan, O‘zbekiston xalqlarining tarixiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini sivilizatsiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan o‘rganish muhim ilmiy ahamiyatga ega. Sivilizatsiyaviy yondashuv tarix falsafasi doirasidagi qonunlarning mohiyatini tahlil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda tabiiy-tarixiy sharoitlarning jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri ham inobatga olinadi.
Fuqarolik jamiyati modeli ishlab chiqiluvchi dastlabki, bazaviy ijtimoiy-falsafiy nazariyalarda tadqiqotchilar konsepsiyalarini ikki guruhga bo‘ladi:
- formatsion vassivilizatsion yondashuvlar;
- modernizatsiya va postmodernizm konsepsiyasi.

Yüklə 48,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə