Yakuniy nazoratni topshirish boʻyicha koʻrsatmalar


Pudratchi tomonidan amalga oshirilgan qoʻshimcha ishlar qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishini tahlil qiling. (20 ball)



Yüklə 190 Kb.
səhifə13/17
tarix07.10.2023
ölçüsü190 Kb.
#125949
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Yakuniy nazoratni topshirish bo yicha ko rsatmalar

Pudratchi tomonidan amalga oshirilgan qoʻshimcha ishlar qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishini tahlil qiling. (20 ball)

  • Pudratchi jamiyatga iqtisodiy sudga da’vo kiritishi uchun oʻz da’vosiga qanday asoslarni keltirishni maslahat bergan boʻlar edingiz? (20 ball)

    KAZUS № 14
    Muhammad yangi restoran ochmoqchi edi. Biroq u buni amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarga ega emas edi. Shu sababli, u boshlamoqchi boʻlgan biznesi haqida doʻsti Rashidga bildirdi. Rashid ushbu biznesga qiziqib, Muhammadga 100 mln soʻm pul berishga rozi boʻldi. Bundan tashqari, u restoran uchun ijaraga joy topish, reklama uchun pul toʻlash, mebel, asbob-uskunalar va materiallar sotib olishga Muhammad bilan bir xil harakat qildi. Biroq, biznes yuritish Muhammad tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida rasmiylashtirilgan edi. Shu sababli, oradan koʻp oʻtmay, Muhammad Rashidni sherik sifatida tan olmay, unga restoranga kelmasligini va koʻrilayotgan foydaga da’vogarlik qilmasligini ta’lab qildi.
    Bundan norozi boʻlgan Rashid mazkur holat boʻyicha sizdan huquqiy yordam soʻradi.

    1. Tomonlarning munosabatlariga huquqiy baho bering. (20 ball)

    2. Bizning qonunchiligimizda sherikchilik munosabatlari qaysi qonun normalari asosida tartibga solinadi. Ushbu qonun hujjatlarining ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qiling. (20 ball)

    3. Rashidjonga yurist sifatida oʻzining buzilgan huquqini sud orqali himoya yoʻllarini tushuntiring. (20 ball)



    KAZUS № 15
    Fuqaro Nishonov va uning oila aʼzolari: otasi, onasi, kuyovi, voyaga yetmagan farzandlari, rafiqasi birgalikda xususiy bogʻcha ochishni rejalashtirmoqda. Uning tanishi faqatgina oliy taʼlim faoliyatini koʻrsatish litsenziyalanishini, xususiy bogʻcha xizmatlari uchun esa bunday talab mavjud emasligini aytdi.
    Bundan tashqari, Nishonov oilaviy korxona sifatida xususiy bogʻcha faoliyatini boshladi va firmani davlat roʻyxatidan oʻtkazish bir oydan keyinga rejalashtirildi. Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari fuqaro Nishonovdan zudlik bilan davlat roʻyxatidan oʻtishni talab qilishdi. Nishonov firmani davlat roʻyxatidan oʻtkazdi, ammo litsenziya olish uchun harakat qilmadi. Uning fikricha, litsenziya talablari juda qiyin va katta harajatlar talab etadi.
    Nishonovning fikricha, tadbirkorlar biznesning eng asosiy “nima taʼqiqlanmagan boʻlsa, ruxsat beriladi” tamoyiliga binoan ish tutishi lozim. Xususiy bogʻcha xizmatlari koʻrsatish bilan shugʻullanish biror bir qonun hujjati bilan taʼqiqlanmagan. Shu bois, biror bir shaxs uning bu faoliyat shugʻullanishiga toʻsqinlik qilmasligi va litsenziya talab qilmasligi lozim.
    Fuqarolar sizni yolladi va quyidagi masalalar yuzasidan sizning maslahatingizni olishni xohlaydi.




    1. Yüklə 190 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə