Y rivojlanish jarayonlari



Yüklə 33,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü33,72 Kb.
#181618
  1   2   3
439-440



439
www.
kokanduni.uz 
INKLYUZIV MAKTABGACHA TA’LIM: ZAMONAVI
Y RIVOJLANISH JARAYONLARI
 
Yakubova Zaxroxon Raximjon qizi 
MTS 1-22 guruh talabasi, 
Arslanova Madinaxon Mansurovna
“Ta’lim”
 kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (PhD) 
 
Annotatsiya: 
Mazkur 
maqolada maktabgacha inklyuziv ta’limning zamonaviy 
rivojlanish jarayonlari haqida s
о‘z borib, О‘zbekistonda maktabgacha inklyuziv ta’limni 
rivojlantirish istiqbollari bо‘yicha muallif fikrlari bayon
etilgan.
Kalit sо‘zlar: 
maktabgacha ta’lim, inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan bolalar, 
individual rivojlanish xususiyatlari, pedagogik jarayon, rivojlanish, ijtimoiylashuv. 
Maktabgacha ta’lim inson potensiali va inson kapitalini shakllantirishda as
osiy va hal 
qiluvchi ta’lim bosqichlaridan biridir. Yurtimizda ham keyingi yillarda olib borilayotgan keng 
qamrovli ta’lim islohotl
ari jarayo
nlarida maktabgacha ta’limni jahon andozalari va rivojlangan 
davlatlarning ilg‘or tajribalari asosida tubdan takomillashtirish yо‘lidan borilmoqda. “
Shuning 
uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta kо‘rib chiqish masalasini davlat siyosati 
darajasiga kо‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta 
о‘ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat о‘zgarishiga erishishimiz, ta’limning 
uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bо‘ladi”, deya ta’kidlagan edi davlatimiz rahbari Sh. 
Mirziyoyev [1].
Bugungi kunda zamonaviy dunyoda nogironligi bо‘lgan bolalarning teng huquqli va teng 
imk
oniyatli ta’lim olishi masalasi tobora dolzarb bо‘lib bormoqda. Buni xalqaro maydonda, 
xalqaro va mintaqaviy hamda sohaviy tashkilotlar tomonidan hamda alohida olingan davlatlar 
tomonidan ham imkoniyati cheklangan bolalar ta’limining eng maqbul shakllarida
n biri 
bо‘lgan inklyuziv ta’limga intilishning kuchayib borayotganligi misolida ham kо‘rish mumkin. 
Ma’lumki, inklyuziv ta’lim modeli har bir ta’lim jarayoni ishtirokchisining (bola, pedagog 
va ota-
ona) ijtimoiy munosabatlari va о‘zaro bir
-birlarini tushunishini tashkil etishga 
kо‘maklashuvchi, bolaning umumiy ta’lim jarayoniga olib kiruvchi bosqichma
-bosqich va 
chuqur amalga oshiriluvchi jarayondir [2, 49].
Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy qamlam sifatida ijtimoiy himoyaga, yordamga va 
qо‘llab
-quvv
atlashga muhtoj bо‘ladi. Davlat va jamiyat bunday toifadagi bolalarning huquq
-
manfaatlarini himoya 
qilish, moddiy va ma’naviy yordam kо‘rsatish hamda boshqa b
olalar 
bilan imkon qadar teng imkoniyatlardan foydalanishi uchun huquqiy baza yaratish
infratuzil
mani yaxshilash, nafaqalar, tо‘lovlar va imtiyozlar joriy etish kabi say harakatlarni 
amalga oshirib boradi. Ular sirasida esa imkoniyati cheklangan bolalar manfaatlariga, shaxs 
sifatida shakllanishi va rivojlanishiga kо‘maklashuvchi ijtimoiy institutlar t
izimini yaratish va 
ularning faol ishlashini ta’minlashning о‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Maktabgacha ta’lim 
tashkiloti bugungi kunda ana shunday vazifani tо‘laqonli bajarishga kirishgan ekan, 
rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim 
muhitidagi samarali ijtimoiy 
moslashuvi uning muhim vazifalaridan birini tashkil etmoqda.
Bugungi kunda inklyuziv maktabgacha ta’limni tashkil etishning ilm
iy-nazariy va amaliy 
jihatlarini tahlil qilganimizda, quyidagi asosiy xususiyatlarini alohida ta’kidlab о‘tish mumkin: 
davlat tomonidan inklyuziv ta’limni joriy etish jarayonlarining huquqiy, tashkiliy va 
moliyaviy jihatdan qо‘llab
-quvvatlanishi, uning umumjamiyat harakatiga aylanib 
borayotganligi, ya’ni “inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari” g‘
oyasi; 
nogironlikning oldini olish, barvaqt aniqlash va samarali ta’sir kо‘rsatish metodlari bilan 
birgalikda, bolaning rivojlanish imkoniyatlarini barvaqt tibbiy, pedagogik va psixologik tadqiq 
etishning fanlararo va sohalararo yangi metodlarining amaliyotga faol tadbiq etilayotganligi


440

Yüklə 33,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə