Xotira
|
память
|
memory
|
o’tmish tajribalarini esga tushirish qobiliyati, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlab ong va xatti –harakatlar sohasiga ko’p martalab joriy eta olishdan iborat nerv tizimining xususiyatlaridan biri.U esda qolish,esda saqlash va esga tushirish jarayonlariga ajratiladi. U ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira, bevosita va bavosita xotira, qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiralarga ajratiladi.X. ning fiziologik asoslari bosh miya yarim sharlari qobig’ida muvaqqat nerv bog’lanishlarining hosil bo’lishi, mustahkamlanishi va keyinchalik faollashuvidir
|
Ixtiyoriy esda olib qolish
|
добровольное запоминание
|
optional memorizing
|
maxsus mnemik harakatlar, ya’ni asosiy maqsad esda olib qolishdan iborat bo’lgan harakatlar mahsuli
|
Ixtiyorsiz xotira
|
подсознательная память
|
instinnctive memory
|
biror narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad bo’lmagan holda esda olib qolish va qayta esga tushirish
|
Amneziya
|
|
|
xotiraning yo'qolishi
|
Harakat xotirasi
|
|
|
turli xildagi ish-harakatlar va ularning sistemasini esda olib qolish, esda saqlash, yana qayta esga tushirishdan iboratdir.
|
Emotsional xotira
|
|
|
his – tuyg’uga g’os xotiradir. His – tuyg’ular hamisha bizga ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotgani, bizning tevarak – atrofdagi olamga munosabatimiz qanday yo’lga qo’yilganligi haqida xabar berib turadi. Shuning uchun ham hissiy xotira har bir kishining hayoti va faoliyatida muhim ahamiyatga egadir.
|
Obrazli xotira
|
|
|
tasavvurlarni, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, tovushlarni, hidlarni, ta’mlarni esda olib qolishdan iborat xotira hisoblanadi. U ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilishga oid xotiradir.
|
So’z – mantiq xotira
|
|
|
bizning o’y – fikrlarimiz mazmunini tashkil etadi. Fikrlar esa nutqsiz mavjud bo’la olmaydi, shuning uchun ham ularga oid xotira ham shunchaki mantiqiy deb emas, balki so’z – mantiq xotira deb ataladi.
|
Retrograd amneziya
|
|
|
kasallikdan oldin bo'lib o'tgan voqealarni eslay olmaslik
|
Tanish
|
|
|
deb ilgari idrok qilgan narsalarni takror idrok qilganda u narsaning esga tushishiga aytiladi.
|
Eslash
|
|
|
narsani, uning o`zini shu paytda idrok qilmay turib esga tushurishdir.
|
Bevosita eslash
|
|
|
materialni o`qib chiqish bilanoq, boshqa hech narsani o`ylamasdan, shu paytning o`zidayokq esga tushurishdir.
|
Oradan vaqt o`tkazib eslash
|
|
|
biror material oradan bir necha kun, hatto bir necha oy o`tkazib esga tushiriladi
|
Ixtiyorsiz eslash
|
|
|
deganda kishining o`z oldiga maqsad qo`ymasdan, irodaviy kuch sarf etmasdan esga tushirishga aytiladi.
|
Ixtiyoriy eslash
|
|
|
biror maqsad bilan esga olinishi kerak bo`lgan materialni tanlab, ataylab harakat qilib, maxsus esga tushirish demakdir.
|