Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


-rasm. Saudiya Arabistoni YaIM asosiy sektorlarda ulushi va uning dinamikasi (% hisobida)



Yüklə 209,17 Kb.
səhifə9/23
tarix23.12.2023
ölçüsü209,17 Kb.
#155863
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik-fayllar.org

1.2.2-rasm. Saudiya Arabistoni YaIM asosiy sektorlarda ulushi va uning dinamikasi (% hisobida)

Yuqoridagi jadvalni tahlil qilib ko’radigan bo’lsak neftdan tashqari xususiy sektor yuqori ulushga ega bo’lib 2000-yilda 50,9% ni tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2013-yilda qariyb 60% ga yetdi(1.2.2-rasm). Undan keyingi o’rinda neft sektori bo’lib 2000-yilda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 28,2% ni tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2013-yilga kelib 19,7% ga yetdi. Neftdan tashqari davlat sektori ulushi deyarli o’zgarishsiz qolgan. Yildan-yilga neftdan tashqari xususiy sektorni ulushini ortib borishi mamlakatda diversifikatsiya jarayonlari samarali olib borilayotganidan dalolat beradi. Ko’rishimiz mumkinki


Saudiya hukumati mamlakat iqtisodiyotini neftga bog’liqlik darajasini yildan-yilga pasaytirib bormoqda.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining rivojlanishi Fors ko’rfazi mamlakatlarini, shu jumladan mazkur mintaqaning eng yirik davlati - Saudiya
Arabistonini chetlab o’tgani yo’q. “Al-Hayot” London nashriyotini xabar berishicha, 2008-yil yakunida Saudiya birjasida davlatning asosiy kompaniyalari aksiya kotirovkalari jiddiy darajada pasayishi (8,7%) kuzatildi, shuningdek, birja indekslari 2007-yildagi darajaga pasaydi. Mintaqadagi boshqa mamlakatlar birjalarida ham murakkab vaziyat yuzaga keldi, birinchi navbatda bu Quvayt va Birlashgan Arab Amirliklariga tegishli, u yerda pasayish darajasi Saudiya
Arabistonidagi vaziyatga o’xshash. Gaz sanoati Saudiya iqtisodida muhim rol o’ynaydigan neftdan keyingi ikkinchi asosiy omil hisoblanadi va YaIM ning 15% ini tashkil etadi. 2011-yil malumotiga ko’ra mavjud gaz zaxiralari hajmi 7,8 mlrd kub ni tashkil etgan. Bu ko’rsatkich bo’yicha Saudiya Arabistoni 4-o’rinda turadi. Gaz ishlab chiqish yildan-yilga ortib borishiga qaramasdan uning hammasi ichki istemolga ketmoqda. . 2009-yilda neft sektorini o’rtacha o’sish surati -39,08% ni tashkil etdi. 2008-yilda moliyaviy inqiroz jahon neft bozorida neft narxini pasayishiga sabab bo’ldi va bu jarayon Saudiyaning tashqi savdosiga salbiy ta’sir qildi. 2010-yilda esa neft sektorini o’ratacha o’sish ko’rsatkichi 35,09% ni va
2011-yilda esa 44,75% li o’sishni ifodaladi15. 2009-2010 yillarda o’rtacha o’sish suratlarini yuqori ko’rsatkichlarni ifodalashiga sabab jahon neft bozorida neft narxlarini ko’tarilib ketishi 2012-yilda Eronga qo’yilgan neft embargosi va 2011yil Liviyada boshlangan siyosiy inqiroz sabab bo’ldi. Saudiya hukumati mamlakat iqtisodiyotini neftga bog’liqligini kamaytirish maqsadida iqtisodiyotni sanoat tarkibini diversifikatsiya qilishga katta e’tibor qaratmoqda. Saudiya Arabisoni iqtisodiyotini asosiy donor tarmog’i neft sektori bo’lgani uchun hukumat diversifikatsiya jarayonlarini keng ko’lamda amalga oshirmoqda.
2000-yilda Saudiya hukumati 2001-2020 yillarga mo’ljallangan yirik
“Industry 2020” davlat dasturini tadbiq qildi. Amalga oshirilayotgan “Industry 2020” loyihasi, ya’ni “Yangi sanoat siyosati” sanoat ishlab chiqarish strategiyalarining asosiy tamoyillari va mexanizmlarini o’z ichiga olib, yangi innovatsiya tizimlariga asoslangan holda sanoatlashtirishni rivojlantirish maqsadida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning sanoat ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatini yanada kuchaytirib, sanoat tarmoqlarida faoliyat ko’rsatayotgan kichik va o’rta korxonalarning sanoat sohasi bilan yanada kengroq shug’ullanishlari uchun bir qator rag’batlantirish asosida preferensiyalar va afzalliklardan foydalanishlari amalga oshirilayotgan ushbu dasturlarning asosiy yo’nalishlari bo’lib xizmat qiladi.
Saudiya Arabistoni iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish maqsadida xususiy sektorni ulushini oshirib bormoqda. Iqtisodiyotni diversifikatsiya jarayonlari elektroenergiya ishlab chiqarish sohalari, telekommunikatsiya va tabiiy gazni qayta ishlash sohalarida olib borilmoqda. Saudiya iqtisodiyotini rivojlanishida xorijiy ishchi kuchining ahamiyati yuqori bo’lib neft va xizmat ko’rsatish sohalarida 5,5 mln ga yaqin xorijliklar faoliyat yuritadi. Neftga bog’liqlikni pasaytirish uchun Saudiya hukumati iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish siyosatini amalga oshirmoqda. Uning asosiy yo’nalishlari: to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xususiy sektorni mustahkamlash, turizm sanoatini rivojlantirish va energetika sohalarini qamrab oladi. 2010-yilda Saudiya iqtisodiyotiga jalb etilgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar miqdori 170 mlrd dollardan oshdi. Sanoatda diversifikatsiya jarayonlari aviatsiya va avtomobil sohalarida amalga oshirildi.

Saudiya hukumati “Saudia Arabian Airlines” avia kompaniyasini jahonda yetakchi bo’lishini rejalashtirmoqda. Saudiya shuningdek avtomobil biznesi markazlari uchun juda qulay mamlakat hisoblanadi. Mamlakatda transport infratuzilmasini rivojlantirish turistlar oqimini ko’payishiga olib keladi.




Yüklə 209,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə