Xona o‘simliklarini parvarish qilish usullari. Ish fartugini tikish va dars ishlanmasini tuzish. Tugma qadash texnologiyasi. Qog‘ozdan mozaika yasash



Yüklə 1,1 Mb.
tarix06.09.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#121401
1-amaliy


Xona o‘simliklarini parvarish qilish usullari. Ish fartugini tikish va dars ishlanmasini tuzish. Tugma qadash texnologiyasi.
Qog‘ozdan mozaika yasash.
Xonaki gullar yaxshi o‘sishi uchun ularni parvarishlash kerak. O‘simlikka uzoq vaqt davomida oziqlantiruvchi moddalar yetib bormasa, turli kasalliklar yuzaga keladi, axir ularga qarshilik ko‘rsatish uchun o‘simlikda kuch bo‘lmaydi. Xo‘sh, tuvakdagi gullar uchun to‘g‘ri “taomnoma”ni qanday tuzish kerak?
Deyarli barcha o‘simliklar shakarni yaxshi ko‘radi. Sug‘orishdan oldin tuproq yuzasiga 1 choy qoshiq shakar (diametri taxminan 10 sm tuvaklar uchun) sepib yuborish yoki o‘simlikka shirin suv quyish mumkin (yarim stakan suvga yarim choy qoshiq shakar).
O‘simlik g‘uncha tuggan vaqtida kanakunjut moyi bilan oziqlantirish yaxshi natija beradi (1 choy qoshiq kanakunjut moyini 1 litr suvga aralashtirish kerak).
Yog‘och kuli ham o‘simliklar uchun juda foydali, uni ham ozuqa, ham kasalliklardan profilaktika sifatida qo‘llash mumkin. Kul eritmasini tayyorlash uchun 1 osh qoshiq kulni 1 litr issiq suvga solib, 1 haftaga qoldirish kerak, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turish kerak. Bunday eritma bilan 10 kunda bir marta sug‘orish kifoya.
Anor yoki har qanday sitrus mevalari po‘stini olib, suvga solib qo‘yamiz, bir sutkadan so‘ng yana bir ozuqaviy damlama tayyor bo‘ladi.
Xona o‘simliklarining immunitetini oshirishda aspirindan ham foydalanish mumkin. Bitta tabletkani bir litr suvda eritib, uni o‘simlikka purkab chiqamiz.
Suv qo‘shilgan aloe sharbati ham barcha turdagi xona gullariga mos tushadi. Bunda bir choy qoshiq sharbatni bir yarim litr suvga aralashtirish kerak.
Fikuslarni bir oyda bir marta shirin suv bilan sug‘orish mumkin. Buning uchun bir litr suvga bir choy qoshiq shakar qo‘shish mumkin. Ushbu o‘simlik barglari sut bilan artilsa, bu unga go‘zallik baxsh etadi.
Qo‘ziqorin damlamasi o‘simliklar sog‘lom va chiroyli ko‘rinishida yordam beradi. Buning uchun maydalangan yeyishli qo‘ziqorinni 1:1 nisbatda suvga ivitib qo‘ying. Bir sutkadan so‘ng, suvini to‘kib tashlab, yana boshqatdan suv soling. Yana bir sutkadan so‘ng sug‘orish uchun damlama tayyor bo‘ladi.
Binafshaga esa mana bunday ozuqa ma’qul keladi: B12 vitamini ampulasini olib, uni bir litr suvga aralashtiring. Aralashma bilan binafshani oyiga ikki marta sug‘orish mumkin.
Kaliy, magniy va fosforga boy banan po‘stlog‘idan o‘simliklarni ko‘chirib o‘tqazishda foydalanish mumkin. Drenaj qatlami ustidan mayda to‘g‘rlagan banan po‘stlog‘ini to‘shang, ustidan tuproq seping va o‘simlikni o‘tqazing.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə