Xix asr oxiri XX asr boshlarida Rossiya. Mundarija


II.2. XX asrning boshlarida Rossiyadagi inqilobiy harakatlar



Yüklə 59,49 Kb.
səhifə6/7
tarix24.12.2023
ölçüsü59,49 Kb.
#159824
1   2   3   4   5   6   7
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Rossiya kurs ishi

II.2. XX asrning boshlarida Rossiyadagi inqilobiy harakatlar
Mamlakatda bozor munosabatlarining tez o'sib borishi natijasida yuz bergan Ijtimoiy taraqqiyot jarayoni dvoryanlarning iqtisodiy ahvoliga putur yetkazdi.
Pomeshchiklar olgan vikup (ssudalar) tezda sarf boʻlib ketdi. Dvoryanlar qo'lida hall saqlanib qolgan yer mulklari yuzasidan ulaming qarzdorligi ham ko'payib bordi. Kambag'allashayotgan dvoryanlar islohotgacha hukm surib kelgan tartiblarga qaytish bilan najot topmoqchi bo'lardilar. Dvoryanlar monarxiya tartibining asosiy tayanchi bo'lib qolaverdilar. Rossiya monarxiyasi esa hali ham feodal-dvoryanlar davlati edi.
Korxonalarda ish kuni o'rta hisobda 12-13 soat, to'qimachilik sanoatida esa 13-14 soat va undan ham ko'p vaqt davom etar edi. Masalan, Moskva gubernyasida uchta sanoat uyezdining fabrika va zavodlarida 80-yillarning o'rtalarida o'tkazilgan tekshirish ma'lumotlariga qaraganda, bu korxonalarning o'ndan bir qismidagina ish kuni 12 soatdan 18 soatgacha yetar edi.16 Ish kuni 90-yillarning oxirlarigacha, ya'ni hukumat uni qonun bilan cheklashga majbur bo'lgunga qadar ana shunday uzaytirilganligicha qolaverdi. Bundan tashqari, sarmoyador fabrika do'koni ochish yo'li bilan ishchini asoratga solardi. Fabrikaga yollangan ishchi, xo'jayin do'konida o'lchovdan ham, tarozidan ham "urib" qolishlariga, tovarning bahosi esa bozor bahosidan ancha yuqori va sifati juda yomon boʻlishiga qaramay, ana shu do'kondan nasiyaga olishga majbur edi. Do'kon korxona egalari uchun ishchilarni qo'shimcha ekspluatasiya qilish va o'z foydalarini ko'paytirish vositasi edi.
Kavkazorti, Qozog'iston va O'rta Osiyoda ishchilar ayniqsa og'ir va huquqsiz ahvolda edilar: ular odatda malaka talab qilmaydigan ishlarni bajarar va ancha kam haq olar edilar. Fabrika ishi ishchini mashinaning oddly "murvat"iga aylantirib qo'ygan edi.
Bu davrda ijtimoiy harakat o'sdi. G. V. Plexanov va uning "Mehnatni ozod qilish" guruhi Rossiyadagi ijtimoiy harakatning "pioneri" bo'ldi. U tuzgan bu guruh, rus ijtimoiy fikrining yangi yo'nalishini shakllantirdi, "Mehnatni ozod qilish" guruhi bilan deyarli bir vaqtda, lekin undan mustaqil ravishda Peterburgda ham sotsial-demokratik guruh vujudga keldi. Bu guruhni Bolgariyadan Peterburg universitetida ta'lim olish uchun kelgan Dmitriy Blagoev tashkil qildi. P. V. Tochisskly tashkil qilgan va Peterburgda 1885-1888-yillarda ish olib borgan boshqa bir guruh ham mavjud edi. 1883- yilda Peterburgda avvalgilarga qaraganda ancha katta bo'lgan sotsial- demokratik guruh tashkil topdi, bu guruh Brusnev guruhi edi. Shuningdek, 80- yillarda va 90- yillarning boshlarida milliy-ijtimoiy harakat Ukraina, Boltiqboʻyi, Kavkazorti, Povolje, Oʻrta Osiyoda ham rivojlandiBu davrda O'rta Osiyoda vujudga kelgan inqilobiy harakat jadidchilik edi.17
Bu inqilobiy harakatning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni burjua-demokratik ruhda boʻlib, uning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodi va siyosiy tizimidagi barcha monarxistik, krepostnoylik qoldiqlarini tugatishdan iborat edi. XX asr boshlarida Peterburg shahrida 250 mingga yaqin sanoat ishchisi bor edi. Ijtimoiy harakat 1904-yilning kuzida "jonlana" boshladi. Uzluksiz ro'y berib turgan miting va ish tashlashlar Rossiya Yaponiya urushi davrida kuchayib ketgan iqtisodiy inqiroz tufayli xalq ahvolining yomonlashib borayotganligiga berilayotgan javob edi. Pop Gapon "Sankt-Peterburg shahrining rus fabrika-zavod ishchilari yig'ini" degan tashkilot tuzdi, shahar tumanlarida bu tashkilotning bo'limlari bor edi. Bu bo'limlar go'yo politsiyadan mustaqil ravishda ish olib borar edi. Gapon xalq ommasida monarxistik xom xayollar tug'dirishga harakat qilar va hukumat ishchilarning iqtisodiy talablarini qabul qiladi, deb ulami ishontirmoqchi bo'lar edi. Unga ko'pgina Ishchilar ergashdilar.
1905-yil 3-yanvarida Putilov zavodi ishchilari Gapon tashkilotiga mansub bo'lgan to'rt ishchining ishdan bo'shatilishiga qarshi norozilik bildirib ish tashladilar. Putilovchilar sakkiz soatlik ish kuni Jorly qilish, ish haqini oshirish, korxona egalari bilan bo'ladigan barcha bahsli masalalarni hal qilish uchun saylov yo'li bilan tuziladigan doimiy ishchi komissiyasi tashkil etish talablarini ko'tarib chiqdilar. Shahardagi eng yirik korxonalarning ishchilari putilovchilarni qo'llab-quvvatladilar, 8-yanvardan boshlab esa ish tashlash umumiy tus oldi.
Ish tashlash kunlarida Gapon podshoga iltimosnoma (petitsiya)ning dastlabki matnini tuzdi va u ishchilarning yig'ilishlarida keng muhokama qilindi. Iltimosnomaga Ta'sis majlisini chaqirish, demokratik erkinliklar berish, xalqqa qarshi urushni to'xtatish va boshqalar to'g'risida siyosiy talablar kiritildi.
Chor hukumati tinch namoyish bo'lishini oldindan bilar, bunga qarshi tayyorgarlik ko'rib qo'ygan ham edi. 9-yanvar, yakshanba kuni shahaming turli burchaklarida 250 ming kishidan ko'proq; bayramdagidek kiyingan ishchilar o'z xotinlari va bolalari bilan Saroy maydoni tomon yo'l oldilar. Ishchilar qon to'kilishiga ishonmas edilar, lekin qo'shinlar ularni o'qqa tutdilar; plyoda va otliq askarlar xalq ommasiga qarshi hujumga tashlandi. Turli joylarda ommani yoppasiga otishlar bo'ldi. Shu kuni Peterburgdagi kasalxonalarga 5 mingga yaqin yarador keltirildi. Ishchilar nihoyatda qattiq g'azablandilar.
"Qonli yakshanba Rossiyada inqilobning boshlanishi boʻldi. 9-yanvardagi o'qqa tutish faqat ilg'or ishchilamigina emas, balki siyosiy jihatdan qoloq bo'lgan millionlab ommani ham chorizmga qarshi kurashga qoʻzgʻatdi.
Peterburgdagi "qonli", voqealarga javoban Moskva, Riga, Varshava, Boku va boshqa shaharlarning ishchilari ish tashladilar, namoyishlar boshlandi'.
Ishchilarning eng ongli va uyushgan qismi boʻlgan metallistlar kurashning oldingi safida bordilar. 1905-yilning birinchi choragida bo'lib o'tgan barcha ish tashlashlarda qatnashganlarning to'rtdan uch qismi metallistlar edi. Rossiyaning milliy oʻlkalaridagi mehnatkash xalq ham kurashga qo'zg'aldi. Bu harakatlarga demokratik ziyolilar va mayda burjuaziyaning keng tabaqalari ham qo'shildilar.
Mamlakatda dehqonlar kurashi bilan bir qatorda qishloq xo'jalik ishchilarining ham ommaviy chiqishlari boshlandi. 1905- yilning bahoridayoq Boltiqbo'yi va Polshaning qishloq tumanlarida qishloq xoʻjaligi ishchilarining chiqishlari bo'lib o'tdi. 1-maydagi ish tashlashlar va namoyishlar davomida ko'plab to'qnashuvlar yuz berdi.
1905-yil 12-mayda Ivanovo-Voznesensk shahrida yirik ish tashlash bo'lib o'tdi. Unda 8 soatlik ish kuni, demokratik erkinliklar, Ta'sis majlisi kabi talablar oʻrtaga tashlandi. Ish tashlashga rahbarlik qilish uchun 151 deputatdan iborat vakillar Kengashi saylandi. Bu Kengash majlislar erkinligini mustaqil tartibda amalga oshirdi, inqilobiy tartib o'rnatdi, ish tashlagan ishchilarga va ularning oilalariga yordam uyushtirdi. Kengashning ishchi militsiyasi va saylangan sudi bor edi.
Rus-yapon urushi davridagi Susima fojiasidan keyin soldat va matroslar orasida inqilobiy kayfiyat ayniqsa kuchaydi.
1905-yil yozida Qora dengiz flotining sotsial-demokratik tashkiloti "Sevastopol matroslar markazi" qoʻzgʻolon ko'tarishga tayyorlandi. Qo'zg'olon Qora dengiz eskadrasining mashqlar o'tkazish vaqtiga mo'ljallandi. Lekin, 14- iyunda "Knaz Potyomkin Tavricheskiy" bronenosetsida stixiyall yuz bergan qoʻzgʻolon belgilangan rejani buzib qo'ydi. Matroslar kemani egallab oldilar. To'qnashuvda qoʻzgʻolon rahbarlaridan biri matros G. N. Vakulenchuk halok bo'ldi.
Rossiya sanoat shaharlarida, mustamlaka o'lkalarning ko'plab yerida umumiy harakatlar boshlanib ketdi. Moskvadagi sentabr ish tashlashi, butun Rossiya oktabr siyosiy ish tashlashlari ayniqsa uyushqoqlik bilan o'tkazildi. Oktabr ish tashlashi natijasida Nikolay II aholiga demokratik erkinliklar, vijdon erkinligi, so'z erkinligi, ittifoqlar tuzish va yig'ilishlar erkinligi "berilishi" va qonun chiqaruvchi Duma chaqirilishi to'g'risida Manifest chiqardi.
Armiya va flot chorizmga qarshi kurashga tobora faolroq tortildi, 26-27- oktabrda Kronshtadtda matroslar va soldatlarning stixiyali qo'zg'oloni bo'ldi. Qo'zg'olon tor-mor qilindi. 1500 matros va bir necha yuz soldat harbly-dala sudiga berildi. Lekin Peterburg ishchilarining Kronstadtda qoʻzgʻolon ko'targanlami himoya qilib birdamlik bilan ish tashlashi qoʻzgʻolon ishtirokchilarini oʻlim jazosidan qutqarib qoldi.
Xalqning talabi bilan 1905-yll dekabrda yangi saylovlar to'g'risidagi qonun chiqdi. Unga ko'ra, yer egalari 2 ming kishidan, ishchilar 90 ming kishidan bitta vakil yuborardilar. Davlat Dumasida hukmron sinf vakillarining ustunligi ta'minlangan edi. Qonunga ko'ra xotin-qizlar, soldatlar, rnatroslar, o'quvchilar, yersiz dehqonlar va batraklar saylov huquqidan mahrum qilingan edilar.
1906-yil 27-aprelda! Davlat Dumasi o'z ishini boshladi. Unda 448 deputat qatnashdi. "So'l" partiyalar Dumani boykot qilishi natijasida saylovda kadetlar g'alaba qozondilar. Duma faoliyatidagi asosiy masala agrar masala bo'ldi. 1906-yil 9- iyulda podsho Dumani tarqatish to'g'risida Manifest qabul qildi, 9- noyabrda esa agrar inqilob va dehqonlami ko'chirish haqida Farmon chiqardi.
1907-yil yanvarda Dumaga yangi saylov bo'lib o'tdi. Uning yangi tarkibiga 516 deputat saylandi.18 20- fevralda II Davlat Dumasi ish boshladi. Agrar masala asosiy masala boʻlib qolaverdi. 1907-yil bahorida Dumadagi sotsial-demokratik fraksiyaning taqdiri hal boʻldi. Agrar masalani hal qilishga erishish niyati "puchga chiqqan" Stolipin 1907-yil 3- iyunga o'tar kechasi sotsial-demokratik fraksiyani davlat to'ntarishi qilishga tayyorgarlik ko'rishda ayblab, qamoqqa oldi. Duma tarqatib yuborildi. 1907-yil yoziga kelib inqilobiy harakat bostirildi. Mamlakatda "Stolipin reaksiyasi" nomini olgan rejim hukm sura boshladi, bu rejim uning asosiy ilhomchilaridan biri-Vazirlar Kengashining Raist Stolipin nomi bilan atalgan edi.
1907-yil 3-iyunda joriy qilingan yangi saylov tizimi ishchi, dehqonlar, soldat, matroslar, xotin-qizlarga berilgan huquqlami keskin cheklab qo'ydi. Bundan tashqari, Rossiyaning Yevropa qismidagi 53 gubernasida saylovchi vakillar sonini pomeshchiklar va yirik burjuaziya foydasiga qat'iy tarzda qayta taqsimladi. Yirik pomeshchiklar barcha saylovchi vakillarning 49,4 foiziga ega boʻldilar. Rossiyaning milliy chekka o'lkalaridagi, jumladan oʻrta Osiyo, Yoqutistondagi barcha xalqlar, Astraxan va Stavropol gubernalaridagi ko'chmanchilar rus boʻlmagan xalqlar Dumaga vakillar yuborishdan tamomila mahrum qilindilar. III Duma 1907-yil 1-noyabrda ochildi va Dumada hukumatning chinakam hukmronligini saqlab qoldi.
1907-1914-yillardagi xalqaro vaziyatning xususiyati shundan iborat boʻldiki, mehnat bilan kapital o'rtasidagi, rivojlangan davlatlar bilan ularning mustamlakalari va kapitalistik davlatlar o'rtasidagi oʻzaro ziddiyatlar keskinlashib ketdi.
1907-yil 18-avgustda Peterburgda Rossiya bilan Angliya o'rtasida ulaming Eron, Afg'oniston va Tibetdagi manfaatlari doiralari chegaralarini belgilash toʻgʻrisida bitim Imzolandi. Eronning rus va ingliz sarmoyadorlari uchun "raqobat may doni" hisoblangan "betaraf" zonasi ochiq qoldirildi. Bu zonada mulklarni ijaraga olish masalasida har ikki davlat ham teng huquqqa ega bo'ldi. Rossiya bilan Angliya Eronning daromad manbalarini nazorat ostiga olish toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Angliya onistonning faqat o'z nazorati ati ostida bo'lishligiga erishdi. Shu bilan bir vaqtda Angliya Afg'onistonda "Rossiyaga tahdid soladigan" tadbirlar ko'rilishiga yo'l qo'ymaslik majburiyatini oldi. Savdo-sotiq sohasida rus savdogarlarining ingliz va hind savdogarlari bilan teng huquqli bo'lishi tamoyili qabul qilindi. Buning evaziga Rossiya Afg'oniston bilan bo'ladigan siyosiy aloqalarni faqat Britaniya hukumatining vositachiligi orqali olib borish majburiyatini oldi. Chor hukumati Angliyaning Afg'oniston ustidan protektoratini amalda e'tirof etish bilan o'rta Osiyodagi o'zining strategik mavqeini ancha zaiflashtirib qo'ydi.
Davlat Dumasining 1908-yil 27-fevraldagi majlisida Tashqi ishlar vaziri Izvolskiyning Angliya-Rossiya bitimi imzolanganligi to'g'risidagi bayonotidan faqat oshkora germanparastlargina norozi bo'ldilar.
Angliya Rossiya bitimidan ko'zlangan maqsadlardan biri Osiyo xalqlarining o'sib borayotgan ozodlik harakatiga qarshi ya eng avvalo, Eron inqilobiga qarshi kurashmoq uchun ingliz va rus kuchlarini birlashtirish edi. Bu bitim Yevropaning bir- biriga qarama-qarshi turgan ikkita harbiy-siyosiy blokka - "Antanta"ga (Rossiya - Fransiya - Angliya) va "Uchlar ittifoqi"ga (Germaniya-Avsriya-Vengriya -Italiya) bo'linishini tugalladi va binobarin, Birinchi jahon urushiga olib boradigan yo'ldagi "muhim" bosqich bo'ldi.

Xulosa
O'z mustamlakalari hududi jihatidan endi Rossiya Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyani orqada qoldirib ketdi. Angliya mustamlakalari 13 million kvadrat kilometr, Fransiyaniki II million kvadrat kilometrni tashkil qilsa, Rossiyaning birgina Sibir mustamlakasi hududi 13 million kvadrat kilometmi tashkil qilardi. Bu davr tarixini tadqiq qilish jaroyida qaytadan xulosaga kelindi.
Birinchidan, Rossiyaning Turkiston general-gubernatorligi hududi esa kengligi jihatidan Fransiya, Germaniya va Avstro-Vengriya imperiyalari maydoniga teng bo'ldi.Podsho Rossiyasi O'rta Osiyoni bosib olgach, bepoyan hududlarga ega bo'ldi.U dunyoning eng yirik mustamlakachi mamlakatiga aylandi. Shuning uchun ham o'sha vaqtlar Rossiya to'g'risida ulkan miqdordagi mulk o'g'risi" degan haq gaplar aytilib, uning mustamlaka imperiyasi salobatli va shafqatsiz imperiya ekanligi tahlil qilindi.
Ikkinchidan, Qora dengiz va Bolqon masalasi Rossiya-Turkiya munosabatlaridagi ziddiyatlarning bosh sababi edi. Serbiya-Turkiya urushi (1876-1877) tugab, 1877yil fevralida Turkiya bilan tuzilgan sulh shartnomasiga Serbiya qo'l qo'ydi. Chernogoriya esa urushni davom ettirdi. Mart oyida G'arb davlatlari Rossiyaning tashabbusi bilan Turkiyaga armiyada demobilizatsiya va islohotlar o'tkazishni taklif qildilar.Rossiya aynan bir vaqtda demobilizatsiya o'tkazish haqida muzokara boshlash uchun Peterburgga Turkiyadan o'z vakillarini yuborishni so'radi. Ammo Turkiya bu taklifni rad etdi. 1877 yilning 12-aprelida Aleksandr II Turkiyaga qarshi urush e'lon qilish haqidagi manifestga qo'l qo'ydi va Rossiya-Turkiya urushi boshlandi. 1878 yil fevralida San-Stefano qishlog'ida sulh shartomasi tuzilib, Janubiy Bessarabiya va Kavkazdagi Qors viloyati Rossiyaga o'tdi va Rossiyaning katta tovon (kontributsiya) olganligi yoritib berildi
Uchinchidan, Rossiyaning Uzoq Sharqdagi siyosati ham turli maqsadlarga yo'naltirilgan edi. Qrim urushi Uzoq Sharqni mudofaa qilish va unda Jiddiyroq mustahkamlanib olish zarurligini ko'rsatdi. Rus savdo-sanoat doiralari ham Uzoq Sharqning qo'lga kiritilishidan manfaatdor edilar. Amurbo'yi va Primorye tuprog'i Xitoy hududiga kirar edi. Ammo unda Xitoy aholisi deyarli yo'q edi. Amurbo'yl bilan Ussuri oʻlkasini bosib olganligi munosabati bilan Rossiya uchun bu o'lkalarni mudofaa qilishda Saxalin g'oyat muhim o'rin kasb etgan edi. Bu davrda Rossiya bilan Yaponiya yaxshi munosabatda edilar. Rossiya AQSH, Angliya, Fransiyaning Yaponiyaga qarshi qaratilgan harbiy ekspeditsiyalarida ishtirok etmadi. 1872-yilda Yaponlyaga doimiy vakil tayinlanib, unga Yaponiya bilan bo'ladigan munosabatlarda bu mamlakatning ichki ishlariga mutlaqo aralashmaslik haqida koʻrsatma berilgan edi. Yapon hukumati 1875- yilda Fransiya bilari Germaniya o'rtasida urush xavfi paydo boʻlganligidan Rossiyaning Uzoq Sharqda zaifligidan foydalanib, Janubiy Saxalinga boʻlgan da'vosidan voz kechish sharti bilan Kuril orolarini Yaponiyaga berish to'g'risida shartnoma (1875- yil 25-aprel Peterburg shartnomasi) tuzishga muvaffaq bo'ldi. 1904 yil 27 yanvarga oʻtar kechasi Yaponiya floti e'lon qilmay turib Port-Arturdagi rus eskadrasiga hujum kildi va uch kemaga shikast yetkazdi.
1905-yil 23-avgustda sulh imzolandi. Rossiya Koreyadagi ta'siridan mahrum bo'ldi va uni iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan Yaponiya manfaatlari doirasi deb e'tirof qildi, o'zining Port-Artur va Dalniy hamda bu joylarda bo'lgan barcha mol-mulkini ijaraga berish huquqidan batamom voz kechdi. Xuanchenzi stansiyasi bilan (Sharqiy Xitoy temir yoʻlida) Port-Artur o'rtasidagi temir yo'lni barcha parovoz va vagonlari, toshko'mir konlari bilan birga Tokioga berdi. Yaponiya Saxalinnipg 50° shimoliy kenglikkacha boʻlgan Janubiy qismini ham oldi.19 Yaponiyaning baliq ovlash to'g'risidagi talablari maxsus bitim bilan tartibga solindi. Rossiya katta miqdorda o'lpon to'laganligi va uning yengilish sabablari ko'rsatib berildi.
To'rtinchidan, XIX asrning oxirlarida yuz bergan jahon agrar inqirozi Rossiya qishloq xoʻjaligiga qattiq ta'sir etgan bo'lsa-da, mamlakat xalq xoʻjaligi 80-90-yillarda yana asta-sekin rivojlana boshladi. Og'ir sanoat tezlik bilan ilgariladi. Mayda sanoat ishlab chiqarish va manufaktura oʻsa bordi. Temir yo'llarning uzunligi oshib bordi. Sanoat o'zgarishi tugallangan edi, binobarin, bu vaqtda mexanizatsiyalashgan fabrika ishlab chiqarishining xalq xo'jaligidagi salmog'i 60-70- yillardagiga qaraganda ancha baland edi. Chet el kapitali mamlakatga juda tez va ko'plab kira boshladi. Ishchilar soni o'sdi. Sanoatning rivojlanishi bo'yicha 80-90-yillarni ikki bosqichga bo'lish mumkin:
Birinchi bosqich 1881-1892-yillami,
Ikkinchi bosqich 1893-1900-yillarni o'z ichiga oladi.
Birinchi bosqichda qishloq xo'jaligi jahon agrar inqirozidan katta zarar ko'rgan edi. 1891-1892- yillarda ocharchilik yuz berdi. Temir yo'l qurilishi qisqarib ketdi. Biroq, og'ir sanoat o'sdi. Donetsk havzasi va Krivoy Rog o'rtasida bunyod qilingan temir yo'l metallurgiyaning rivojlanishiga yordam berdi.
Ikkinchi bosqichda Rossiya tarixida katta sanoat yuksalishi yuz berdi. Sanoatning barcha tarmoqlari, ayniqsa, ogʻir sanoat o'sdi. 90-yillarda mamlakat xo'jaligiga ko'plab chet el kapitali jalb qilinganligi ham iqtisodiy taraqqiyotga Ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Bu davrda bank kapitaltning roll oshib ketdi. 90-yillardagi sanoat yuksalishi davri umuman olganda Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy tarixida yangi davmni boshlab berdi.
80-90- yillarda shuningdek, qishloq xoʻjaligi ham taraqqiy etdi. G'alla narxining pasayishi to'xtadi. Qishloq xoʻjaligi taraqqiyotining ikkita xususiyati bor edi. Birinchidan qishloq xoʻjaligining rivojlanishi "prusscha yo'l" dan borayotgan edi. Ikkinchidan, bu yillarda dunyo bozorida g'alla narxining pasayib borishi Rossiya qishloq xo'jaligiga qattiq ta'sir ko'rsatgan edi.
70-yillaming oxirlaridan to 90-yillargacha Yevropa qishloq xo'jaligining ahvoli tarixiy va iqtisodiy adabiyotlarda XIX asr oxirlaridagi agrar inqiroz deb nom olgan edi. Bu inqiroz asosan g'alla narxining pasayishida ko'ringan edi. Dunyo bozorida g'alla narxining pasayishi 70-yillarning ikkinchi yarmida boshlanib 90-yillarning o'rtalarigacha davom etdi. Yigirma yil ichida g'alla narxi taxminan ikki barobar pasaydi.
Beshinchidan, Rossiyada 1905 va 1907 yillarda bo'lib o'tgan inqilobiy harakatlar xalqning ozodligi va o'z erki uchun olib borgan kurashlari ekanligi tahlil qilindi.
Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: "Xalqlarning ozodlik, mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o'z taqdirini o'zi belgilashga azmu qarori hayotdagi chuqur o'zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir."20



Yüklə 59,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə