Xix asr oxiri XX asr boshlarida Rossiya. Mundarija


Rossiyaning Bolqon yarim orolida olib borgan siyosati. Rossiya-Turkiya urushi



Yüklə 59,49 Kb.
səhifə4/7
tarix24.12.2023
ölçüsü59,49 Kb.
#159824
1   2   3   4   5   6   7
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Rossiya kurs ishi

1.2. Rossiyaning Bolqon yarim orolida olib borgan siyosati. Rossiya-Turkiya urushi.
XIX asr oxirida Rossiyaning G'arb davlatlar bilan munosabatlar ancha yomonlashdi. Rossiyaning tashqi siyosatdagi obro'siga putur yetgan va harbiy qudrati zaiflashgan edi. Xalqaro munosabatlarda, Yevropa siyosati masalalarini hal etishda Rossiyaning roli pasaya boshladi. Rossiyaning diplomatik mag'lubiyati Bolqon yarimorolidagi ustunlikdan mahrum bo'lish demak edi. Qora dengizning daxlsiz qilinishi mamlakat janubini dushman hamlasi xavfidan himoyasiz qoldirdi va shu bilan birga dvoryanlar hamda sanoat doiralarini ochiq dengizga chiqish yoʻlarini qoʻlga kiritish maqsadida istilochilikni amalga oshirish imkoniyatidan mahrum qilib qo'ydi. Rus diplomatiyasi yangi sharoitda o'zining ish usullarini takomillashtira boshladi. U sof diplomatik vositalardan foydalanish bilan birga jamoatchilikning yordamiga, suyanishga urinar, matbuot orqali Rossiya va boshqa davlatlarning jamoatchiligi fikriga murojaat qilardi.
Qora dengiz va Bolqon masalasi Rossiya-Turkiya munosabatlaridagi ziddiyatlarning bosh sababi edi. Serbiya - Turkiya urushi (1876-1877) tugab, 1877-yil fevralida Turkiya bilan tuzilgan sulh shartnomasiga Serbiya qo'l qo'ydi. Chernogoriya esa urushni davom ettirdi. Mart oyida Gʻarb davlatlari Rossiyaning tashabbusi bilan Turkiyaga armiyada demobilizasiya va islohotlar o'tkazishni taklif qildilar. Rossiya aynan bir vaqtda demobilizasiya o'tkazish haqida muzokara boshlash uchun Peterburgga Turkiyadan o'z vakillarini yuborishni so'radi. Turkiya bu taklifni rad qildi. 1877-yilning 12- aprelida Aleksandr II Turkiyaga qarshi urush e'lon qilish haqidagi manifestga qo'l qo'ydi.13'
Urush harakatlari Bolqonda va Zakavkazyeda avj olib ketdi. Rus qo'mondonligining planiga koʻra, Dunay daryosidan kechib o'tib, shiddatli hujum bilan Bolqon tog laridan oshib o'tilishi va Turklya poytaxti-onstantinopolga qarab borilishi kerak edi. Bu planni bajarish uchun ancha ko'p qo'shin talab qilinardi. Lekin Bolqondagi urush harakatlari uchun ajratilgan kuchlar yetarli emas edi. Turklar o'z qal'alaiga tayanib, rus qo'shinlarini Dunaydan o'tkazmaslikka Ishongan edilar. Biroq turk qo'mondonligining mo'ljallari puchga chiqdi.
Bolgarlar rus jangchilarini o'z xaloskorlari sifatida xursandchilik bilan kutib oldilar. Bolgarlar xalq lashkari otryadlari tuzdilar, tog'dan o'tiladigan yoʻllami tozaladılar, yo'l ko'rsatuvchi bo'lib xizmat qildilar, chiqish qiyin boʻlgan joylarga o'q-dori va oziq-ovqat yetkazib berib turdilar. Rus armiyasining Bolqon tog larining bu tomonidan keng ko'lamda harakat boshlab yuborish uchun urinishi natija bermadi, chunki Gurko otriyadida odam Juda oz edi, rus armiyasining asosiy kuchlari esa Turkiyaning Plevna qal'asini qamal qilish bilan band edilar. Turkiya qo'mondonligi bu yerga Chernogoriyadan katta kuch yubordi. Saralangan bu qo'shin Shipka dovonini shtrum qila boshladi. Shipka himoyachilari son jihatidan o'zlaridan besh baravar ko'p bo'lgan dushman hujumini uch kun davomida qahramonlarcha qaytarib turdilar. O'qlar tugagach, soldatlar nayza va toshlar bilan jang qildilar. Shipka pozitsiyalari ruslar qoʻlida qoldi, lekin ularning janubga boradigan yoʻli berkitilgan edi. Qish kirdi. Tog'larda Juda qattiq sovuq boshlanib ketdi. Qorbo'ron ko'z ochirgan qo'ymas, hamma yoqni qalin qor bosib, yo'llami ko'mib yuborgan edi. Oziq-ovqat yetishmas edi. Rus qoʻshinlari haddan tashqari qiyin sharoitda jasorat va matonat mo'jizalarini ko'rsatib, 1878 yilning yanvarigachi dovonni mudofaa qilib turdilar. Rus qo'shinida sovuq urib va muzlab halok bo'lganlaming oʻzigina 9,5 ming kishi edi.
Armiyaning g'arbiy qanotidagi rus qo'shinlarining Plevna (hozirgi Pleven) yonidagi urush harakat muvaffaqiyatsiz bordi. Turklar bu yerda rus qo'shinlarining katta kuchlarini to'xtatib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Rus qoʻshinlari Plevnani uch marta shtrum qildi, juda ko'p talofatlar berilgan bu hujumlar har safar ham muvaffaqiyatsiz chiqdi. Shunda qo'mondonlik Plevnani qamal qilib olishga qaror berdi: shahar batamom oʻrab olindi, madad kuchlarining kelishi hamda oziq-ovqat va o'q-dori olib kelinishi to'xtab qoldi. Turk armiyasining qurshovi yorib chiqish uchun urinishi natija bermadi. 1877 yil noyabr oyining oxirida 40 ming kishilik Plevna garnizoni taslim bo'ldi.
Plevnaning taslim bo'lishi slavyanlaming ozodlik harakatini yuksaltirib yubordi. Serbiya qaytadan urushga kirdi. Turkiyaning kuchlari holdan toydirilgan edi, shuning uchun endi u qattiq qarshilik koʻrsata olmay qoldi. Gneral Gurko otryadi og'ir sharoitida ida Bolgon togʻlaridan oshib o'tdi, bir qancha janglarda turklarni tor-mor keltirib, Sofiyani ishg'ol qildi. Gurko o'z bo'yrug'ida soldatlarga murojaat qilib, mana bunday deb yozgan edi: "Bolqon togʻlaridan oshib o'tildi. Nimaga ko'proq taxsin o'qishni bilmaysan kishi: sizlaming dushmanga qarshi olib borilgan janglarda ko'rsatgan mardlik va jasurligingizgami yoki tikka togʻlarga, izg irin sovuqqa va qalin qorlarga qarshi kurashda boshingizdan kechirgan og'ir mashaqqatlarga chidab berishingizga va sabot- matonatingizgami Yillar o'tar va bizning kelgusi avlodlarimiz bu notanish tog'larga kelib ko'rib, g'urur va tantana bilan: "Bu joylardan rus qo'shinlari o'tib, suvorovchi va rumyansevchi ajoyib bahodirlaming shon-shuhratini qaytadan ko'rsatib berganlar"-deb aytishadi.
Rus armiyasi saflarida bolgar xalq lashkarlarining askarlari ham qahramonlarcha jang qidlar. Ularning qahramonliklari hammani qoyil qoldirdi. "Bolgar drujinalari sherdek dilishardi deb yozgan edi shu urushda qatnashganlardan biri. Ular shiddat bilan hujumga otilar, chekinganda esa mahkam turib, qo'lidan qurolini qo'ymagan holda dushmanga tik boqib orqaga chekinar edi. Ular to'g'risida toʻqilgan hamma hikoyalar zavq va hayratga toʻla, 20 ming turk qurshovida qolgan 3 ming bolgar o'z postini bermay qo'lida saqlab qoldi. Ularning hujumi misisiz jasorat bilan qilinar edi". Bolgar xalq lashkarlari bilan rus soldatlarining 1877-1878 yillardagi urushda birgalashib olib borgan kurashi rus-bolgar jangavor hamkorligining ajoyib namunasidir.
Turkiya batamom tor-mor bo'lish xavfi ostida qoldi. Bu hol Angliya va Avstriya Vengriyani qo'rqitib yubordi, chunki Turkiyaning tor-mor qilinishi Rossiyaning kuch-qudratini yanada kuchaytirgan bo'lar edi. Angliya o'z flotini Marmara dengiziga olib kirdi va Konstantinopol ishg'ol qilingan taqdirda Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzajagini bildirib tahdid qildi. Avstriya-Vengriya urush harakatlarining davom ettirilishiga qarshi qat'iy norozilik bildirdi. Rossiyaning hukumron doiralari oldida Yevropa davlatlari bilan bo'ladigan katta urush sharpast kndalang bo'ldi. Rossiya esa bunday urushga tayyor emas edi. Qo'mondonlik qo'shinni San-Stefano qishlog'ida (Konstantinopol yaqinida) to'xtatadi va 1878 yil Imzolandi.
Tuzilgan sulh shartlari Rossiya va slavyan xalqlari uchun foydali bo'ldi. Yangi yirik davlat-Bolgariya tashkil topdi. Turkiya Chernogoriya va Serbiyaning mustaqilligini tan oldi. Ularning teritoriyasi ancha kengaydi. Ruminiya mustaqil davlat deb e'tirof qilindi. Uning territoriyasi ham kengaydi: u Shimoliy Dobrujani oldi. Turkiyaning xristianlar yashaydigan hamma oblastlarida sulton hukumati xalqning ahvolini yaxshilaydigan reformalar o'tkazish majburiyatini oldi. Janubiy Bessarabiya va Kavkazdagi Qors oblasti Rossiyaga o'tdi. Rossiya katta kontributsiya (tovon) oldi.
Angliya va Avstriya-Vengriya Bolqonda Rossiya mavqeining mustahkamlanishidan hamda yirik slavyan davlati Bolgariyaning tashkil topishidan norozi edi. Ular San-Stefano shartnomasini Yevropa kongressiyada qayta ko'rib chiqishni talab qildilar va urush ochamiz, deb Rossiyani qo'rqita boshladilar. Bunday sharoitda chor hukumati shartnomani qayta ko'rib chiqish uchun rozilik bildirishga majbur bo'ldi. 1878 yilning yozida shu masalaga bag'ishlangan Berlin kongressi bo'ldi.
Rus delegatsiyasi ancha yon berishga majbur bo'ldi. 1878 yilgi Berlin traktati (shartnomasi) ga koʻra, Bolgariya uch qismga bo'lindi va faqat Shimoliy Bolgariyagina o'z davlat mustaqilligini oldi. Chemogoriya va Serbiya territoriyalariga qo'shilgan yerlar kamaytirildi. Bosniya bilan Gersegovaniyani Avstriya-Vengriya okkupatsiya qildi. Munofiqlik bilan Turkiyani himoya qilish shiori ostida chiqqan Angliya undan Kipr orolini tortib oldi. Berlin shartnomasi Rossiya g'alabasining natijalarini kamaytirdi. Shunga qaramay Rossiya-Turkiya urushi Bolqon xalqlari uchun juda katta Ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi. Serbiya, Chernogoriya va Ruminiya to'la mustaqillikka erishdi. Rus armiyasi bolgarlarni ko'p asrlardan buyon davom etib kelgan turklar zulmidan ozod qildi. Bolgarlar ozod fuqaro bo'lib oldilar va o'z davlatini barpo etdilar. Bolgar xalqi rus armiyasini haqli ravishda o'z xalaskort deb biladi.


Yüklə 59,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə