Xayol haqida tushuncha Reja



Yüklə 29,29 Kb.
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü29,29 Kb.
#134025
1   2   3   4   5   6   7
Xayol haqida tushuncha

Antitsipatsiyaviy xayol insonning juda muhim va zarur qobiliyati – kelajakdagi voqealarni oldindan sezish, harakatlarining natijasini ko‘ra olish va boshqalar asosida yotadi. Insonning bu qobiliyatiga binoan inson «fikriy nigoh» yordamida kelajakda o‘zi, boshqa odamlar yoki atrofdagilar bilan nimalar sodir bo‘lishini ko‘ra oladi.
Sust xayol ichki, sub’ektiv omillarga bo‘ysunadi. Bunda amaliy faoliyatdan to‘liq yoki deyarli to‘liq bo‘lgan ajralish mavjud. Bunda fantaziya hayotga tadbiq etilmaganobrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan yoki tadbiq etilmaydigan hulq-atvor dasturlari rejalashtiradi. Sust xayol jarayonida qandaydir ehtiyoj yoki tilakning noreal, xayoliy qondirilishi amalga oshiriladi. Bunday xayolning materiallari sifatida obrazlar, tasavvurlar, tushuncha elementlari va tajribada to‘plangan boshqa ma’lumotlar xizmat qiladi.
Sust xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz xayol inson irodasidan tashqarida, boshqa u yoki bu idrok qilishga bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Bu, asosan, ong faoliyati, ikkinchi xabar tizimining kuchsizlanishida, yarim uyqu, affekt holatida, uyquda, ongning patologik buzilishlarida (gallyusinatsiyada), gipnoz, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar ta’sirida sodir bo‘ladi. Oldindan ko‘zlangan, maqsadga yo‘naltirilgan tarzda inson tomonidan o‘z tajribasining mos elementlaridan foydalanish va ularni yangi obrazlarda qayta yaratish ixtiyoriy xayol deyiladiBu xayol uchun obraz yaratish vazifasining mavjudligi va uni amalga oshirishda iroda kuchi xosdir. Maqsadli xayol o‘zini uch xil shaklda: orzular – istalgan kelajak obrazlari; shirin xayol – dolzarb kechinmali irreallik obrazlari; fantaziyalar – yaqin kelajak obrazlari. Ular zo‘riqishni kamaytirish, maqsadga yo‘nalganlik, oldindan sezish, inson zahiralarini safarbar qilish vazifalarini bajarishi mumkin. SHirin xayolda insonning qiziqishlari, moyilliklari, ehtiyojlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHirin xayolga orzular  – inson amalga oshirmoqchi bo‘lgan, lekin ayni damda amalga oshirolmaydigan, uning eng ezgu xohishlarini qondiradigan istalgan kelajak obrazini oldindan yaratish yaqin turadi. Orzular shirin xayoldan o‘zlarining amaliy tadbiqi imkoniyatini taqazo etishi bilan farq qiladi. Inson o‘z orzularida yaratgan obrazlar, yorqin, jonli, aniq xususiyati bilan, shu bilan birga – sub’ekt uchun hissiyotga boyligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Lekin orzu, xayol istalgan kelajakni hozirgi zamon bilan muntazam ravishda bog‘lab turganidagina foydali bo‘lishi mumkin. Agar bunday bo‘lmasa, orzu harakat rag‘batida xayolparastlikka, fantaziyaga aylanib qolishi mumkin.
Orzuning hissiy-emotsional turi sifatidashirin xayol va unga yaqin bo‘lgan fantaziyalar namoyon bo‘ladiSHirin xayol deb, odatda, «shirin orzular», ushalmaydigan umidlar, haqiqiy voqelikni o‘rnini bosadigan shakllarga aytiladi. SHirin xayol surish – o‘ylab topilgan, voqeiy bo‘lmagan hayotda yashash, demak. Bu eskapizm – voqelikdan orzular va xayollar olamiga g‘arq bo‘lish bilan bog‘liq.
Ilmiy faoliyatda xayolning boshqa shakli – faraziy tajribadan keng foydalaniladiMurakkabligi yoki hajmi yuzasidan real sharoitlarda amalga oshirib bo‘lmaydigan ba’zi bir jarayonlarda olimlar o‘zlarining ijodkorlik xayollarini yordamga chaqiradilar. Uning yordamida, masalan, fizik-olim miyasida voqea yoki jarayonni, unga mukammal sharoitlarni yaratgan holda amalga oshiradi. Buyuk A. Eynshteyn shu usul bilan bizning borliq geometriyasi haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuboradigan umumiy nisbiylik nazariyasini kashf etgan. Faqat faraziy tajriba Galileyga jismlarning vakuumda tushishining to‘g‘ri qonunini ishlab chiqish imkonini berdi. Fan «qora tuynuklar» haqidagi tajribaga asoslangan ma’lumotlarga ega emas, lekin faraziy tajriba bu erda ham ularning dinamikasini tushuntirib beruvchi modelini yaratishga yordam berdi.
Xayol jarayonlari - Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek o’tmish tajribalari bilan belgilanadi.

Yüklə 29,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə