Xalqaro turizm industriyasi



Yüklə 209,7 Kb.
səhifə1/10
tarix22.03.2024
ölçüsü209,7 Kb.
#180220
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
xizmatlar iqtisodiyoti referat


XALQARO TURIZM INDUSTRIYASI

1. Turizm industriyasi tushunchasi.
2. Transport tashish sektori
3. Joylashtirish sektori
4. Ovqatlanish sektor
5. Sayr – tomosha sektori
6. Turoperatorlar va turagentlar

1. Turizm industriyasi tushunchasi

Turizm industriyasini aniqlashning juda ko‘p yo‘llari mavjud. Ulardan biri va
nisbatan muvoffaqiyatlirog‘iga BMTning 1971 yilda savdo va taraqqiyot bo‘yicha
Konferensiyasida baho berildi. Unga ko‘ra, turizm industriyasi – sayohat qiluvchi
shaxslar uchun tovarlar va xizmatlarga qaratilgan o‘xshash ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish faoliyatlar turlaridir.
Keyinchalik turizm industriya tushunchasi o‘z mohiyatini oydinlashtirish va
turistik sektor tarkibini belgilashda turli xil qiyinchiliklarga duch kelishdi. Ular
turizm industriyasining iqtisodiyotni boshqa sohalari bilan o‘zaro mustahkam
bog‘liqligidan paydo bo‘lgandi. Turistik talablar majmuasi va ko‘p qirrali
ehtiyojlarini qondirishda sanoat va qishloq xo‘jaligi, qurilish va savdo tarmoqlari
ishtirok etdi. AQSH savdo vazirligining ma’lumotlari bo‘yicha, tashrif
buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sohasiga mamlakat iqtisodiyotining 24 tarmog‘i
jalb etilgan. Shu munosabat bilan turistik sektorga aniq chegara qo‘yish va
tarmoqlardan ajratib tashlash g‘oyat mushkul ishdir.
Hozirgi paytda amaldagi klassifikatorlardan birortasi ham turistik faoliyat
turlarini uzil-kesil belgilovchi ruyxatga ega emas. Turizm sohasida faoliyat
turlarining xalqaro klassifikatsiyasi (SIKTA) standartlari BTT (VTO) tomonidan
ishlab chiqilgan va 1993 yilda BMT statistikasi komissiyasi tomonidan vaqtincha
klassifikatsiya sifatida qabul qilingan. SIKTA turizmga daxldor statistik axborotlarni
ob’ektiv yig‘uv tizimini yaratish, qayta ishlash, umumlashtirish va tarqatishga xizmat
qilishga asoslangan.
SIKTA ni joriy etish imkon beradi:
turizmning nisbatan to‘liqroq statistik manzarasini yaratish;
milliy hisoblarni turizmdagi iqtisodiy faoliyatning turlari klassifikatsiyasini
yangi prinsiplarga qaratish;
turizm to‘g‘risida milliy va xalqaro darajada statistik ma’lumotlarni
taqqoslashni ta’minlash;
mutaxassislarga bozor kon’yukturasi, turistik tovarlar va xizmatlar
to‘g‘risida ishonchli axborotlar taqdim etish;
statistik hujjatlarda turizm faoliyati turlari klassifikatsiyasini talab va taklif
nuqtai nazaridan bog‘lash;
xalqaro savdo taraqqiyotida turizm hissasi va to‘lov balansi ahvoli
to‘g‘risida aniqroq baholash va o‘tkazish.
172
SIKTA ishlanmalarida markaziy masala bo‘lib klassifikatsion belgilarni
tanlash hisoblanadi. Turizm bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat an’anaviy ravishda tashrif
buyuruvchilar tovar va xizmatlar iste’molidan va ularga sarflanadigan turistik
harajatlar nuqtai nazarida aniqlanadi. Turizmga bunday yondoshuvda turli tarmoqlar
faoliyat turlarini qamrab olgan yig‘uv sohasi asosiy manba sifatida namoyon bo‘ladi,
chunki tashrif byuruvchilar iqtisodiyotning amalda hamma sohalarida harajatlarni
ko‘taradi. «Turistik harajatlarga daxldor ta’sirlar hisobiga olinganda, faqat bir soha –
mudofaa hech qanday ta’sirga ega bo‘lmaydi» deb ta’kidlanadi.
Mavjud turistik faoliyat turlari va mahsulotlari ruyxati asosiy statistik
hisobotlar shakllarida turizm haqida zarur tarzda tasavvur bermasada muhim nazariy
va amaliy ahamiyatga ega. Uning (ouchhti) haqiqiy masshtabi va iqtisodiy
potensialini aniqlashga yordam beradi. Talabga qurilgan bu ko‘rinishlar milliy
hisoblar tizimi va xalqaro klassifikatsiyalar bilan mos kelmaydi. Chunki ularda
tarmoqlar va iqtisodiy faoliyat turlari ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot
chiqarish ya’ni taklif nuqtai nazari mantiqidan kelib chiqadi.
Taqqoslashni ta’minlash va SIKTA keng yoyilishi xalqaro tarmoqlar
standartlari klassifikatsiyalari bilan mustahkam bog‘langan. Ular kod tarkiblari,
tipologiyasi va keyingi nomenklaturalardan foydalanib ishlab chiqarilgan. Bunda
iqtisodiy faoliyat turlarini tanlash umumiy bosh mezon bo‘lib, hisoblanadi: ya’ni
masshtab, ixtisoslashish darajasi va ishlab chiqarishni markazlashtirish (bozorni
qamrab olish). Shu bilan birga talabga asoslangan turizm chegarasini belgilashdan
voz kechish maqsadga muvofiq bo‘lardi. SIKTA doirasida ikki yondoshuvni qo‘shish
qo‘shimcha guruh belgilarini kiritish tufayli mumkin bo‘ldi. Ya’ni turistik harajatlar
ustun yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi. Turizmda takliflar xususiyatlari bilan bir
qatorda, SIKTA turistik harajatlar ulushiga to‘g‘ri keladigan ruyxatlarga tashrif
buyuruvchilar xohishi va talabini qo‘shib aks ettirdi. Tanlangan belgilar
muvaffaqiyatli ravishda bir-birlarini to‘ldiradi va turizm sohasini chuqurroq idrok
etish imkonini berdi.
SIKTA 17 bo‘lim, 18 bo‘limchalar, 43 guruhlar, 66 klass va 121 klass
bo‘laklarini o‘zida mujassamlashtirgan. Rekratsion xo‘jalikning o‘xshash tarkibi
sobiq sovet ilmiy adabiyotlarida o‘tgan asrning 70-80 yillaridayoq ishlab chiqilgandi.
Tadqiqotchilar ketma-ket amalga oshiriladigan texnologik operatsiyalar doirasida
rekratsion tarmoqda mavjud faktlardan kelib chiqishdi. Unga kiritiladigan xo‘jalik
birligi aholi dam olishini tashkil qilishda faol ishtirok etadi. Ammo uning rekratsion
faoliyat bilan bog‘liqlik darajasi turlicha.
Bir muassasa o‘z rekratsion xizmatini ko‘rsatishga ixtisoslashadi – bu ularning
ishida bosh, ko‘pincha yagona yo‘nalishdir. Sayyohlik va ekskursiya byurolari,
otellar, motellar, restoranlar, kafelar tashrif buyuruvchilarga bevosita xizmat
ko‘rsatishdan 100 % ga yaqin daromad oladilar. Ular dam olish sohasidan tashqarida
faoliyat yurita olishmaydi va iqtisodiyotning rekratsion sektori uchun tarkib yaratish
ahamiyatga ega.
Boshqa guruhlar hayotiy ta’minlash korxonalari tashkil qiladilar. Ular turizm
ob’ekti ham, uning natijasi ham emas. Ularning xizmatidan mijozlr ham mahalliy
aholi ham foydalanishadi. Shunga qaramasdan savdo tarmoqlari, kommunal – xizmat
ko‘rsatish transport, aloqa mavjudligi aholi dam olishini tashkil etishning zarur
shartlari hisoblanadi.
Turistizm industriyasi – bu o‘xshash mehmonxonalar va boshqa joylashtirish
vositalari, transport tarmoqlari, ko‘ngil ochar ob’ektlar, ishbilarmonlik,
sog‘lomlashtirish, sport va boshqalarga mo‘ljallangan tashkilotlar, shuningdek
ekskursion xizmatlar va gid – tarjimonlar xizmati ko‘rsatish majmuasidir.
Turistik talabni to‘liq va har tomonlama qondirish turizm industriyasi barcha
ob’ekt va tashkilotlari, hamma xildagi vositlarni, ishlarni muvofiqlashtirilishini
taqozo etadi.

Yüklə 209,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə