Xalqaro savdo, uning turlari va tartibga solish mexanizmi


Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iborat



Yüklə 14,85 Kb.
səhifə6/6
tarix21.09.2023
ölçüsü14,85 Kb.
#122748
1   2   3   4   5   6
Xalqaro savdo, uning turlari va tartibga solish mexanizmi

Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iborat:

    Birinchidan, yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyat bank va moliya sektoridagi qandaydir inqirozli holat natijasi emas hamda fiskal yoki monetar siyosat orqali uning to‘liq yechimini ta’minlash imkoniyati cheklangan. Mavjud vaziyat, eng birinchi navbatda “insoniy” yoki “inson sog‘ligi inqirozi” bilan bog‘liqdir;

    Ikkinchidan, odatda inqirozlar talab (bank tizimidagi inqiroz va kreditlarning sekinlashuvi, yoki davlat qarzining oshib ketishi natijasida xarajatlarning qisqarishi, daromadlarning kamayib ketishi) yoki taklifning ya’ni, ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarishi (urush va tabiiy ofatlar, qarz inqirozlari va h.k.) bilan bog‘liq omillarning biri ta’sirida yuzaga keladi. Amaldagi iqtisodiy vaziyatning murakkabligi, bir paytning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanadi;

    Uchinchidan, koronavirus pandemiyasining to‘xtatilishi va undan keyingi bosqichda cheklovlarning olib tashlanishi hamda ushbu kasallik tarqalishining ikkinchi to‘lqini bilan bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklarning mavjudligi:


  • biznes sub’yektlari uchun ishlab chiqarish va investitsion loyihalar bo‘yicha;

  • aholining iste’mol faolligiga;

  • hukumatlar tomonidan fiskal va monetar qo‘llab quvatlash;

  • tashqi va ichki qarzlarni jalb qilish;

  • ijtimoiy himoya hajmi va dasturlarini belgilash borasida aniq qarorlarni qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

    Jahon xo'jaligi rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlaridan biri - bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu esa mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi bilan izohlanadi.


    • Jahon xo'jaligi rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlaridan biri - bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu esa mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi bilan izohlanadi.

    • Ushbu holat jahon bozorida, shuningdek, uning turli segmentlarida yuzaga kelayotgan kon'yunkturaviy o'zgarishlar har qanday davlatni jahon bozorida faollashishga, bunda tashqi savdoni tartibga solish, nazorat qilish va qo'llab-quvvatlash vositalari hamda dastaklaridan har qachongidan ham ko'proq unumli foydalanishga undamoqda. Jahon xo'jaligida davlatlar tashqi savdo aloqalarini qaytadan tashkil etish, ayrim tarmoq va sohalarda tarkibiy o'zgarishlarni chuqurlashtirish zarurati borligi ham ayon bo'lmoqda. Natijada, keyingi yillarda globalt va mintaqaviy darajada dunyo tashqi savdosida yangi yo'nalishlarda siljishlar ro'y bermoqda.

    • Davlatlarning tashqi savdo strategiyalarida ham tub o'zgarishlar namoyon bo'lmoqda. O'zbekistonda ham tashqi savdo siyosatini takomillashtirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 13 apreldagi PF-5012-sonli savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni mamlakatimiz tashqi savdo aloqalarining samaradorligini yanada oshirish, tashqi savdoni liberallashtirish, eksport salohiyatini mustahkamlash hamda raqobatdosh mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish tizimini takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan xorijiy sheriklar o'rtasida savdo sohasida uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish maqsadlariga xizmat qilishi ko'zda tutilgan.

    • Mazkur farmon bilan tashqi savdoni boshqarish, nazorat qilish, tartibga solish va rag'batlantirish bo'yicha tashkiliy-institutsional tizim yanada takomillashib, eksport va import faoliyatlarini yanada jadallashtirish uchun qo'shimcha imkoniyatlarni yanada samarali jalb etishni ko'zda tutadi. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yangi tuzilma - O'zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi.


    http://fayllar.org
    Yüklə 14,85 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə