Xalqaro boshqarish dasturlari



Yüklə 21,6 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü21,6 Kb.
#133892
1   2   3   4
4 Talik

3. INKLYUZIV TALIM
Inklyuziv ta’lim– ta’limni rivojlantirish jarayoni bo‘lib, ta’limning hammabopligini nazarda tutuvchi, barcha bolalarni turli ehtiyojlaridan kelib chiquvchi, alohida e’tiborga ega bolalarning bilim olishini ta’minlovchi ta’limning yangi shaklidir. Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda ta’lim tizimiga nogiron bolalarga moslashtirishni ko’zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir. Inklyuziv ta’lim bolalarga yo‘naltirilgan metodologiyani rivojlantirishga intiladi va barcha bolalar ta’limda, ta’lim jarayonida turlicha ehtiyojga ega individlar ekanligini tan oladi. Bunday ta’lim o‘qitish jarayonida turli mazkur ehtiyojlarni qondirish uchun qulay bo‘lgan ta’lim berish va o‘qitishga yondashuvni ishlab chiqishga intiladi. Agar ta’lim berish va o‘qitish inklyuziv ta’lim kiritadigan o‘zgarishlar natijasida yanada samaraliroq bo‘ladigan bo‘lsa, bu barcha bolalarning yutug‘i hisoblanadi.
Shubhasiz, har qanday bolaning hech kim daxl qila olmaydigan huquqi bu – ta’lim olish huquqidir. Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda, internatda va boshqa alohida davlat maxsus muassasalarida ta’lim-tarbiya olishining yuzaga kelgan tizimi bolaga yetarli darajada sifatli ta’lim-tarbiya olish imkoniyatini beradi, biroq muloqotga kirishish ko‘nikmasining yo‘qligi sababli, bu bilimlar talab qilinmay qolib ketadi. Shunday qilib, jamiyat moddiy va ma’naviy boyligini yo‘qotadi, cheklangan imkoniyatli odam esa, jamiyatni yo‘qotib, odamovi bo‘lib, o‘zini ortiqcha odamdek his qila boshlaydi. Bu muammoni yechishni hukumatimiz o‘z nazorati ostiga olishi haqida qaror qabul qilmaguncha, vaziyat shu holda davom etib keldi. Jamiyatning o‘zi va unda yuzaga kelgan holatlar imkoniyati cheklangan bolalarni o‘z jismoniy jihatdan sog‘lom tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishdan cheklab turishi tufayli bu yordam yanada kuchli zaruriyatga aylandi.
“O‘zbekstonda inklyuziv ta’lim” loyihasi doirasida inklyuziv ta’lim modelining Milliy Konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Ekspertlar va mutaxassislarning fikricha, Mazkur model zamonaviyligi bilan alohida ahamiyatga ega. Bu model O‘zbekison Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan muvaffaqiyatli va samarali, deb tan olingan.
Inklyuziv ta’lim tizimining ishtirokchilari quyidagilardan iborat:
– ota-ona oila, mahalla;
–pedagoglar, tarbiyachilar, defektologlar;
– sog‘lom va imkoniyati cheklangan bolalar;
– nodavlat notijorat jamoat tashkilotlari.
Maxsus ehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, o’qituvchi va tarbiyachilar faoliyati inklyuziv ta’lim-tarbiyada o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday ta’lim-tarbiya tufayli maxsus ehtiyojli bolalar: jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar; ularning imkoniyatlarini hisobga olgan o’quv materiallarini o’zlashtiradilar; tengqurlari bilan turli o’yinlarda ishtirok etib rivojlanadilar. Jismonan salomatlik alohida imkoniyati cheklangan bolalarning hayotida, ayniqsa, yoshligida muhim ahamiyatga ega. Bolaning saqlanib qolgan salomatligini muhofaza qilish jarayonida uning sog‘lom umri davomiyligini ta’minlash uchun hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi bosqichmabosqich ijobiy hal etib borilishi kerak. Maxsus muassasalarning har bir tarbiyachisida alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarning salomatliklarini mustahkamlab borish masalasiga ilmiy-metodik va amaliy yondashish, ko‘nikma malakalarini oshirib borish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun pedagogik jarayonni boshqarish va nazorat qilish tizimi, bolalarning jismoniy kamolotga erishuvini ta’minlashning samarali metod, usul va vositalarini ishlab chiqish lozim. Davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan imkoniyatilari cheklangan bolalarning imkoniyatlarini oshirish, integratsiya va ishtirok etish prinsipini kiritish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar yaxshi natijalarga olib kelishi bilan birga, o‘z navbatida, uni rivojlantirish va muammolarini vaqtida bartaraf etishni taqozo etadi. Bizning fikrimizcha, bu sohada yechimini kutayotgan muammolar yetarli. Inklyuziv ta’limga jalb etilgan bolalar bilan ishlashda induviduallik tamoyillari asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur va maqsadga muvofiqdir. Har bir bolaning jismoniy va ruhiy holatini hisobga olgan holda, uning mavjud imkoniyatlarini rivojlantirish orqali tengdoshlari qatoridan o‘rin egallashiga erishishimiz kerak. Aks holda, natijalar istalgan samara bermasligi yoki bolaning salomatligini yanada og‘irlashtirib qo‘yishi mumkin.

Yüklə 21,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə