Xalqaro boshqarish dasturlari



Yüklə 21,6 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü21,6 Kb.
#133892
  1   2   3   4
4 Talik


  1. XALQARO BOSHQARISH DASTURLARI

Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli
ravishda faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» ning asosiy ustuvor yo‘nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-
siyosiy hayotiga demokratik asoslarini joriy etishni, fuqarolik jamiyati va huquqiy
davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta’lim muassasalari
mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini demokratlashtirishni o‘z
ichiga oladi.
O‘qish, o‘qitish – inson faoliyatining boshqa sohalari singari ijtimoiy foydali
faoliyatdir. Iqtisodiy tuzumlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki
qanday va qanaqa mehnat qurollari bilan ishlab chiqarayotganligi bilan biri
ikkinchisidan farq qiladi, degan g‘oya o‘qish-o‘qitish faoliyatiga ham taalluqlidir.
Pedagogika fanida ta’lim usullari rivojlanishiga shu nuqtai nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
1. Muallim «o‘z qo‘l kuchi» bilan o‘qitish bosqichi, ya’ni o‘quvchi uchun
axborot manbai – o‘qituvchi bo‘ladi.
2. O‘quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo‘llanilgan bosqich.
3. Audiovizual vositalar qo‘llanilgan bosqich.
4. O‘qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish vositalarini qo‘llash
bosqichi.
5. O‘qitishni zamonaviy EHM vositasida boshqarishni avtomatlashtirish
bosqichi.
Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar
butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran bog‘lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo‘lib,
kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi.
Kishilik tarixida 1-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o‘qituvchi o‘z
kuchiga, o‘z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va
diniy mazmundagi qo‘lyozma kitoblar yaratildi, lekin o‘quvchi ularning mazmunini
o‘qituvchi faoliyati vositasida o‘zlashtiradi.
2-bosqich darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi mukammal rivojlanmagan, lekin o‘qitishning 1,2,3-bosqichlariga xos ta’lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda.
O‘quv adabiyotlarini joriy etish qarama-qarshiliklar kurashi natijasida sodir
bo‘lgan. Keyingi davrlarda ham ta’lim sohasidagi jiddiy o‘zgarishlar oson
kechmagan. Bugungi kunda ham 1-bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim
pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o‘quv vositalarini o‘zlashtirib
olishga, ta’lim-tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada.


Yüklə 21,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə