|
Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti
|
səhifə | 1/8 | tarix | 24.12.2023 | ölçüsü | 59,55 Kb. | | #159932 |
| Murotov Ozodbek
O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI
XALQARO MUNOSABATLAR VA IJTIMOIY-SIYOSIY
FANLAR FAKULTETI
Siyosatshunoslik yo‘nalishi,
MUSTAQIL ISH
Bajardi: 42-23 guruh talabasi Murotov Ozodbek
Toshkent – 2023
SIYOSIY TIZIMLARNING QIYOSIY TAHLILI: AVTOKRATIYALAR, DEMOKRATIYALAR VA GIBRID MODELLAR
Reja:
KIRISH
Siyosiy tizimlar va turlari
Siyosiy tizimlar nazariyasi
Avtokratiyalar, demokratiyalar va gibrid modellar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Siyosiy tizim - jamiyatda siyosiy hokimiyatni amalga oshiruvchi ijtimoiy muassasalar majmui. Siyosiy tizim ayni vaqtda, turli siyosiy gʻoyalar, qarashlar, tasavvurlarni, siyosiy hayotni tartibga soluvchi va belgilovchi siyosiy normalar, axloqiy tamoyillar, anʼanalarni ham oʻzida ifoda etadi.
SIYOSIY TIZIM (yunoncha: systema - boʻlakdan iborat tarkib, tuzilma, politike - siyosat) - siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlar, harakatlar, tashkilotlar, me‘yorlar, qadriyatning umumlashgan ifodasidir. Siyosiy tizim sub'ektlarini hokimiyat, davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, shaxs, siyosiy lider kabilar tashkil etadi. Siyosiy ong, siyosiy madaniyat, siyosiy faoliyat kabi tushunchalar esa siyosiy tizim in‘ikosi hisoblanadi. Siyosiy tizimni institutsional, normativ, funksional va kommunikativ kabi elementlar tashkil etadi. XX-asrning 50-60-yillarida siyosiy tizimning klassik modellari amerikalik olim D.Iston, G.Almond va K.Doychlar tomonidan ishlab chiqildi. D.Iston nazariyasi asosida - talab manbalarning taqsimlanishiga doir hokimiyatga qaratilgan norozilik yoki rozilik impulslaridir. Madad esa hokimiyatning faoliyatini qoʻllab - quvvatlovchi impulslar, ularning koʻpayishi siyosiy tizim kuchayishini, kamayish esa aksincha, zaiflashishini anglatadi. Madadning shakllari xilma-xil: ular soliqlarni vaqtida toʻlash, harbiy burchni ado etish, qonunlarni hurmat qilish kabilardan iborat. Talab va madad impulslarining haddan tashqari, ortib yoki kamayib ketishi tizim faoliyatini yomonlashtiradi. Apatiya siyosiy loqaydlik; siyosiy voqea - hodisalarga nisbatan befarqlikni anglatadi. U siyosiy jarayonlarga ta‘sir koʻrsatish imkoni va qobiliyati yoʻqolganida tugʻiladi. Siyosiy qarorlar kirishdagi talab, madad va partiyaga siyosiy tizim javobi tarzida vujudga keladi. U qonunlar, imkoniyatlar va maqsadlar haqidagi bayonnomalar shaklida boʻladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|