|
Ma’ruza – Kimyoviy injiniringda modellashtirish faniga kirishMatematik model tenglamalar tizimining tasnifi
|
səhifə | 4/4 | tarix | 22.05.2022 | ölçüsü | 34,15 Kb. | | #87673 |
| Ma’ruza – Kimyoviy injiniringda modellashtirish faniga kirishMatematik model tenglamalar tizimining tasnifi
Modellashtirilayotgan har xil ob`yektlarning xususiyatlarini oddiy algebraik tenglamalar, oddiy differentsial tenglamalar, integral tenglamalar va hususiy hosila ko`rinishidagi tenglamalar orqali ifodalanadi. Matematik ifodada ob`yekt parametrlarining o`zgarishi vaqt bo`yicha ifodalanayaptimi yoki yo`qmi, shunga qarab, modellar statsionar va nostatsionar bo`lishi mumkin. Ob`yektning statsionar holatini statsionar modellar ifodalaydi. Parametrlari mujassamlangan ob`yektlarning statsionar holatini, odatda oddiy algebraik tenglamalar orqali ifodalash mumkin. Bunday ob`yektlarning nostatsionar holatini oddiy differentsial tenglamalar orqali ifodalash mumkin.
Agar jarayonning parametrlari ham vaqt bo`yicha, ham boshqa parametrlar bo`yicha o`zgarsa (masalan: qurilma uzunligi bo`yicha) unda bunday ob`yektlar odatda hususiy hosila ko`rinishdagi differentsial tenglamalar orqali ifodalanadi va ular parametrlari taqsimlangan model deyiladi.
Oddiy, birinchi tartibli differentsial tenglamalar orqali parametrlari mujassamlangan ob`yektlarning nostatsionar holatini va parametrlari taqsimlangan ob`yektlarning statsionar holati ifodalanadi.
Ba`zi bir holatlarda ob`yektlarning differentsial tenglamalar orqali ifodalangan matematik modellari yordamida o`rganish, hisoblash nuqtai nazaridan nihoyatda murakkab masala bo`lib, bunda ko`pincha ob`yektning uzluksiz, parametrlari taqsimlangan ko`rinishdagi differentsial tenglama yordamida ifodalangan matematik modeli o`rniga, diskret, parametrlari mujassamlangan ammo, yacheykali struktura ko`rinishiga keltirib yechiladi.
Modellashtirish algoritmi
Matematik ifodada tenglamalar tizimini echish ketma-ketligini aniqlab hisoblash algoritmini tuzib chiqish kerak bo`ladi. Matematik tenglamalar tizimini analitik echish mumkin bo`lsa, unda maxsus modellashtirish algoritmlarini yaratishga zarurat yo`qoladi, ammo ko`p holatlarda matematik tenglamalar tizimi murakkab ko`rinishga ega bo`lib, effektiv modellashtirish algoritmi tuzish mumkinligiga qarab, bu modeldan foydalansa bo`lishligi bog’liq bo`ladi. YAna bir asosiy faktorlardan biri, olinayotgan natijalarni fizik mohiyatini yaxshi anglash, effektiv hisoblash algoritmlarini tuzishga yordam beradi.
Ba`zi bir holatlarda murakkab modellashtirish algoritmini EHMda yechish uchun matematik modelni soddalashtirishga to`g’ri keladi. Albatta bu matematik model aniqligini pasaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|