308
Tablitsa va gеrbariylardan foydalangan holda o’simlikning morfologik bеlgilari ildiz, poya,
barg, gul tuzilishini o’rganib, yozib
olish
Morfologik bеlgilariga asoslanib, o’simlikning yashash sharoitini (ksеrofit, mеzofit, gidrofit)
o’rganish
O’simliklarning hayotiy formalarini (daraxt, buta, chalabuta, bir yillik, ikki yillik, ko’p yillik
o’tlar, efеmеr va efеmеroidlar) o’rganish.
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati
1.
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” , 2001.-230 c.
2.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b.
3.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Samatova SH. O‘simliklar sistematikasidan
amaliy mashg‘ulotlar. – T.: “YUNAKS-PRINT” MCHJ bosmaxonasi, 2007.- 127 b.
4.
Ahmedov O‘.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elaktron darslik.-T.: 2008.
5.
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published
by forgotten books, 2013. –
6.
V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York,
Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders
Elsevier Limited, 2009.
7.
Hamidov A., Nabiev M.M. “O‘zbekiston o‘simliklarini aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b.
8.
Василев A.E. “Морфология, анатомия растений”. – M.: Изд-вo “ Высшая школа
”, 1988. -435 c.
9.
Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O‘.A. va boshqalar. Dorivor
o‘simliklarning lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati.-T.:
X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b.
10.
Berezovskaya T.P., Dmitruk S.E., Grishinna e.I., Belousov M.V. Osnovы
farmatsevticheskoy botaniki. – Tomsk: Pechatnaya manifaktura, 2004.-294 s.
11.
Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. Farmakognoziya. 1-2 qism. – T.: “Ibn Sino”
nashiryoti, 2007.- 806 b.
12.
Гилберт С. Биология развития: в 2 т. /пер. с англ. - М., 1994
13.
Рейвн П., Эверт Р., Айкхорн С. Современная ботаника. Т. 1-2. – М.: «Мир», 1990.
14.
Эсау К. Анатомия семенных растений: в 2 кн. /пер. с англ. - М., 1980.
309
V. KE YSLAR B ANKI
Botanika fani mazmunidagi muammoli masalalarni o‘qitishda Keysdan foydalanish
yuqori samara beradi. Fanning mazmunidan kelib chiqqan holda, tirik orgnizmlarda boradigan
jarayonlarning tashqi va ichki , ob’ektiv va sub’ektiv omillarn yuzasidan muammoli vaziyatlar
yaratilib ularni xal etish uchun o‘quv munozoralarini tashkil etiladi. Botanikani o‘qitishda
dastur mazmunidagi evolyutsion tushunchalar, etakchilik qilgan, shuningdek munozorali
“O‘simliklarning paydo bo‘lishi,
tuzilishi, riojlanishi, ko‘payishi va eklologik muhitga
moslanishi” kabi mavzularni o‘qitishda foydalanish mumkin. Fanni o‘qitishda rasmni
izohlashda biologik diktantlar muhim o‘rin tutib, talabalarga ob’ektni tanish, ob’ektlarni
o‘rtasida farqlarni aniqlashda xam Keys stadidan foydalanish imkoniyati mavjud.
1-Keys . Mavzu: Hujayralarning tuzilishi
Rasmlarga qarab o‘simlik va hayvon hujayralarning uxshash va farq
qiluvchi organ oidlarni toping. Ularni b ajaradi gan funksi yalar haqida
ma’lumot bering
uxshash organoidal ar
farq qiluvchi
organoidl ar
organoidl ar
bajaradi gan
funksiyalar
310
2 keys.
Bizga ma’lumki gulning urug‘chisi biomorfogeneziga ko‘ra monokarp,
apokarp, senokarp va psevdomonokarp tuzilishga bo‘linadi. Monokarp tuzilishi
bitta mevachibargdan hosil bo‘ladi va gulda bitta bo‘lishi bilan
xarakterlanadi. Urug‘chisi monokarp tuzilishga ega bo‘lgan o‘simliklarga urik,
shaftoli, olxurilarni misol keltirishimiz mumkin. Bu o‘simliklar bir danakli
bo‘lishi bilan farq qiladi. Bundan tashqari dukkakdoshlar oilasi vakillarining
urug‘chisi ham monokarp tuzilishga ega. Ammo ularning ba’zi vakillari ko‘p
urug‘li bo‘ladi masalan loviya, mosh, akatsiya. Nima uchun dukkakli
o‘simliklar urug‘chisi bitta bo‘lishiga qaramay ko‘p urug‘ hosil qil adi.
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.
Gulning tuzilishini tavsiflab bering
2.
Urug‘chi tuzilishini, qanday qismlardan tashkil topganligini tushuntiring
3.
Monokarp,apokarp, senokarp, psevdomonokarp urug‘chilarni bir biridan
farqini izohlang va jadvalni to‘ldiring
4.
Urug‘ni hosil bo‘lishi urug‘ kurtaklar soniga bog‘liqligini tushuntiring
monok arp
apokarp
senok arp
psevd omonokarp
3- k eys.
Suv o‘tlarning tarkibida xlorofill pigmenti bo‘lganligi sababli
avt otrof organizml ar hisoblanadi. Xl orofill pi gm entini ng asosi y funksi yasi
fotosintezni amalga oshirish. Ammo ba’zi suv o‘tlarda masalan qizil va
qo‘ng‘ir suv o‘tlarida xlorofill pigmentidan tashqari fikotsian va
fukoks ant in pi gm ent lari mavjud. A yti ngchi bu pi gm en t lar suv utlari ga rang
berishdan t as hqari qanaqa vazi fani baj aradi .
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.
Suv o‘tlarning tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi haqida
ma’lumot bering
2.
Suv o‘tlarni pigmentlariga qarab klassifikatsiyasini tushuntiring
3.
Dengiz va okeanlarda o‘sadigan suv o‘tlarda fotosintez jarayoni qanday
amalga oshishini tushuntiring.
4- Keys.
Yuksak taraqqiy etgan o‘simliklarda ya’ni ochiq va yopiq urug‘li
o‘simliklarda gametofit nasli urug‘kurtak ichida joylashgan. Urug‘kurtaklar tuzilishi
jihatidan ham deyarli farq qilmaydi. Ammo urug‘lanish jarayonida farqlar mavjud,
ushbu farqlarni aytib o‘ting. Bunday urug‘lanish o‘simliklarning yashash muhitining
ta’siri bor yo‘qligini isbotlang.
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.Ochiq va yopiq urug‘li o‘simliklar haqida ma’lumot bering
2. Urug‘kurtakning shakllanishini tushuntiring va changlanish jarayonlari haqida
ma’lumot bering
3. urug‘lanish jarayoniga tashqi omillarning ta’siri haqida ma’lumotga ega bo‘ling.