3 Lemella-fototrof bakteriyalarda fotosintezni amalga oshiruvchi membrana to'plami



Yüklə 40 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü40 Kb.
#144534
glossary


1)Sitologiya (citos... va ...logos) — hujayra haqidagi fan. Hujayralarning tuzilishi va funksiyasini, koʻp hujayrali, shuningdek, bir hujayrali organizmlardagi aʼzo va toʻqimalarning oʻzaro bogʻlanishi va munosabatlarini oʻrganadi.

2)Sitoplazma (grekcha sito- hujayra va plasma- shakllangan) — hujayraning yadro bilan plazmatik membrana oraligʻida joylashgan asosiy tarkibiy qismi . Sitoplazma kolloid sistema — gialoplazma, organoidlar va kiritmalardan tashkil topgan.


3)Lemella--fototrof bakteriyalarda fotosintezni amalga oshiruvchi membrana to'plami.


4)Sentrosoma--(lot.sentrum--markaz, soma--tana ha) bo'linish davrida bo'linish urchug'ini hosil qiladigan membranasiz organoid.

5)Gialoplazma - (kyaline-shaffof) sitoplazmaning asosiy matriksi bo'lib , hujayraning ichki muhitini belgilaydi.Elektron mikroskopda gomogen tuzilishli kolloid sistema.


6)Glikokaliks--hayvon hujayra membranasini ustki kompleksidagi glikoproteinlar yig'indisi.


7)Peroksisoma- eukariot hujayraning unversal organoidi hisoblanadi. K.Dyuv tomonidan topilgan bir qavat membrana bilan o'ralgan bo'lib, membranalari suyuq mozaika tuzilishga ega


9)Denaturatsiya-- oqsil molekulalarini turli tuzli eritmalar ta'sirida nativ holatini buzilishi. topilgan bir qavat membrana bilan o'ralgan bo'lib, membranalari suyuq mozaika tuzilishga ega


8)Flagella - bu ma'lum hujayralardan cho'zilgan nozik, qamchiga o'xshash qo'shimchalar bo'lib, birinchi navbatda harakatlanish vazifasini bajaradi va ba'zi organizmlarda sezgi organellalari sifatida ishlaydi.


9)Telomer - chiziqli xromosomalar uchlaridagi maxsus oqsillar bilan bog'langan takrorlanuvchi nukleotidlar ketma-ketligi hududi. Telomerlar eukaryotlarda eng ko'p uchraydigan keng tarqalgan genetik xususiyatdir.


10)Avtoradiografiya usuli--hujayraga radioaktiv izotoplar, nishonlangan atomlar kiritilib, hujayradagi biokimyoviy jarayonlar uzluksizligi o'rganiladi.


11)Plazmatik membrana- hamma hujayralar uchun universal bo'lgan tuzilma uning tarkibi oqsil(69%) lipid (40%) uglevodlar(1%) holatda boʻladi


12)Plazmid - bu xromosoma DNKsidan jismoniy jihatdan ajratilgan va mustaqil ravishda replikatsiya qila oladigan hujayra ichidagi kichik, ekstraxromosomali DNK molekulasi.


13)Plastidalar (yun. plastos — shakllangan) — avtotrof oʻsimliklar hujayrasining pigmentli organoidlari; organik moddalar sintezini amalga oshiradi.


14)Hujayra markazi,sentriol (lotincha: sepspit, yun. — oʻrta nuqta, markaz) — hayvonlar va ayrim oʻsimliklar hujayrasi organoidi. asosiy vazifasi boʻlinayotgan hujayra qutblarini belgilash


15)Sitoskelet - bu hujayraning shaklini saqlab turganda stress va siqilish kuchlarini qo'llab-quvvatlovchi ichki tuzilish. Asosiy vazifalari Hujayra shaklini taminlash


16Flagella- bu harakatchanlikni ta'minlash uchun ma'lum o'simlik va hayvonlarning sperma hujayralaridan va ko'plab mikroorganizmlardan tashqariga chiqadigan tuksimon qo'shimcha.


17Xromatin — oʻsimlik va hayvon hujayralari yadrosidagi xromosoma moddasi. Asosiy boʻyagichlar taʼsirida kuchli rangga kiradi.


18)Transmissiyali elektron mikroskopiya- bunda tasvirni hosil qilishda yorug’likdan emas, balki elektron nurlardan


foydalanilad

19)Flouressens mikroskopiya - bu namunaning qo‘zg‘atilgan atom


va molekulalarining lyuminessensiyasidan foydalangan holda
kattalashtirilgan tasvirni olish usuli.

20)Konfokal mikroskopiya- Flouressens mikroskopiyaning bir turi bo‘lib, bunda hujayraning turli qatlamlarini alohida holatga tasvirga olish imkoni mavjud. Natija namunaning uch o‘lchamli tasviri hosil qilinadi.


21)Sarkolemma — (yunoncha sarco; goʻsht va lemma; gʻilof) skelet mushak tolasi yoki kardiomiotsitni oʻrab turgan hujayra membranasi hisoblanadi.


22)Mikroskop, zarrabin (mikro... va yun. skopeo — qarayman) — mikrozarralarni, koʻzga koʻrinmaydigan juda mayda narsalarni kattalashtirib kursatadigan optik asbob.


23)Animalekula- mikroskop ostida ko'ringan harakatchan organizmlarniga aytiladi


24)Gelmintologiya (gelmintlar va ...logiya) parazit chuvalchang gelmintlar hamda odam, hayvonlar va oʻsimliklarda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni oʻrganadi🍁🍂, [13.11.2023 12:30]


25)Eritrotsitlar (yunoncha erythros „qizil“ va -cyte „hujayra“)qon hujayralarining eng keng tarqalgan turi va umurtqali hayvonlarning kislorodni tana toʻqimalariga qon oqimi orqali yetkazib berishning asosiy vositasi hisoblanadi.

26Mikrobiologiya (mikro... va biologiya) — mikroorganizmlar haqidagi fan. M. viruslar, barcha prokariotlar va mikroskopik eukariotlar (bir hujayrali hayvonlar, suvoʻtlar, ayrim zamburugʻlar)ni oʻrganadi. Mikroorganizmlarni A. Levenguk (1683) birinchi marta ko'rgan va tavsiflab bergan.


27)Viruslar (lotincha: virus — zahar) — faqatgina tirik hujayralarda koʻpayib, oʻsimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar. Oʻtmishda "Viruslar" atamasi har xil kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa, nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllanilgan.


28)Bakteriyalar (yunoncha bakterion — tayoqcha) — bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruh bo'lib, yadroga ega bo'lmagan mikroskopik organizmlar.


29)Mitoz (yunoncha mitos — ip) eukariot hujayralarning boʻlinib koʻpayish usuli. Mitozdan oldin hujayra boʻlinishga tayyorgarlik davri interfazani oʻtadi.


30)Sentrosoma--(lot.sentrum--markaz, soma--tana ha) bo'linish davrida bo'linish urchug'ini hosil qiladigan membranasiz organoid.


31)Organoid--(yun. organon--a'zo, eidos--o'xshagan) hujayrada ma'lum funksiyani bajaruvchi, hujayrani tarkibiy qismi


32)Glikokaliks--hayvon hujayra membranasini ustki kompleksidagi glikoproteinlar yig'indisi.


33)Kapsomer--virus kapsidini hosil qiladi. Har biri 1ta yoki 2ta oqsil molekulasidan iborat.


34)Desmosomalar (inglizcha: desmosomes)— oraliq filamentlarning tarmoqlarini bir-biriga bogʻlash orqali hujayra qatlamlarining strukturaviy yaxlitligini taʼminlaydigan hujayralararo kontaktlar hisoblanadi.


35)Lizosoma (grekcha: [lisis] - eritish [soma] - tana) — hujayra organoidi, hujayra ichida oziq hazm boʻlishini taʼminlaydi.


36)Pinositoz-(yunoncha "pino"-ichaman ) Har xil moddalarning eritma holida hujayraga kirishi


37)Fagositoz-(yunoncha "fageo"-yemoq,hazm qilmoq)Organik moddalar va qattiq zarrachalarning hujayra ichiga kirish yo'li


38)Yarim o'tkazuvchanlik- Hujayra membranasining muhim hususiyati ATF energiyasi hisobiga amalga oshadi


39).Miksotrof (yunoncha mixtus


aralash) organizmlar oziqlanishi jihatdan oraliq organizmlardir. Odatda yashab turgan miksotrof organizm autotroflarga o‘xshab oziqlanadi lekin geterotrof organizmga o‘xshab ham oziqlanishi mumkin.

40)Eukariot-(yunoncha" eu"-haqiqiy "karion"-yadro degan ma'noni anglatadi.Haqiqiy yadroga ega bo'lgan organizmlar eukariotlar deyiladi


41)Prokariot - yadrogacha boʻlgan organizmlar hisoblanadi ularning yadrosi shakllanmagan bo'ladi


42)Kopulyatsiya (lotincha kopulatio – qo‘shilish)


bir hujayralilarda jinsiy jarayon bo‘lib, ikkita jinsiy har xil gametalar qo‘shilib zigotani hosil qiladi.

43)Xromosomalar- yunoncha:(„rang“ + „tana“) — shaklan yadrodan farq qiluvchi, baʼzi bir boyoqlar yordamida boyaladigan yadroning eng muhim tarkibiy qismidir.


44)Euxromatin- xromosomaning yaxshi bo'yalmaydigan qismi genetik jihatdan faol bo'ladi


45)Geteroxromatin-Xromosomaning spirallashgan qismi u to'q bo'yaladi va u genetik jihatdan nofaol bo'ladi


46)Xromatin-DNK va oqsildan iborat boʻlib, xromosomaning spirallashmagan va zichlashmagan qismlari hisoblanadi


47)Osmos -- suv va boshqa erituvchilarning yarim o‘tkazgich parda


orqali diffuziyasi osmos hodisasi deb ataladi. Osmos suvda erigan
moddalarning konsetratsiyalar farqi natijasida paydo bo‘ladi.

48Nuklein kislotalar, polinukleotidlar — nukleotidlar qoldigʻidan hosil boʻlgan yuqori molekulali organik birikmalar. Nuklein kislotalar tarkibiga qanday uglevod — dezoksiri-boza yoki riboza kirishiga qarab dezoksiribonuklein kislota (DNK) va ribonuklein kislota (RNK)larga boʻlinadi.


49)Kapsid - virusning oqsil qobig'i bo'lib, uning genetik materialini o'rab oladi. U protomerlar deb ataladigan oqsildan tashkil topgan bir nechta oligomerik strukturaviy bo'linmalardan iborat.


🍁🍂, [13.11.2023 12:30]


50.Mikrofilamentlar - ingichka oqsil iplari. Sitoplazmaning kortikal qismida va harakat qiluvchi hujayralaming psevdopodiyalarida,
mikrotukchalar tarkibida ko‘p. Suv o‘tlaming xloroplastlari harakatini mikrofilamentlar amalga oshiradi.

51.Saraton - bu atrofdagi to'qimalarga (mahalliy invaziya) yoki limfa tizimi orqali limfa tugunlariga (limfa tugunlari metastazlari) yoki qon oqimi orqali (uzoq metastazlar) tarqalishi mumkin bo'lgan o'smalar.


52.Karsinoma saratonning bir shakli bo'lib, bosh va bo'yin mintaqasiga ta'sir qiladigan eng keng tarqalgan turdir. Karsinomalar terida yoki ichki organlarning shilliq qavatida, masalan, burun, og'iz, tomoq, ovoz qutisi, ovqat hazm qilish trakti (qizilo'ngach) va o'pka kabi organlarda, so'lak bezlari kabi sekretsiya ishlab chiqaradigan bezlarda boshlanadi.


53.Asters - hujayra bo'linishi paytida xromosomalarni boshqarishga yordam beradigan hayvonlar hujayralarida joylashgan radial mikrotubulalar majmuasi


54.Apoptoz - hujayralar o'z-o'zini tugatish haqida signal beradigan bosqichlarning boshqariladigan ketma-ketligi


55.Allel - ma'lum bir xromosomada ma'lum bir pozitsiyada joylashgan genning muqobil shakli (juftning bir a'zosi)


56.Antimutagenlar- mutatsiyalar (vitaminlar ,fermentlar va boshqalar)chastotasini kamaytiradigan har xil tabiatli moddalar


57.Gomeostaz-(homo-bir xil statis-holat) tirik tizimining ichki muhitining doimiyligini saqlash .Barcha tirik mavjudotlarning xususiyatlaridan biri


58.Antigenlar- oqsil tabiatli moddalar bo'lib,ular tanaga kirgan yod moddalarni parchalab organizmni himoya qiladi


59.Karioplazma-(karyo.yadro. plazma-tarkib)hujayraning suyuqlik tarkibi


60.Xromatid - replikatsiya qilingan xromosomaning ikkita bir xil nusxalaridan biri


60.Hujayra nazariyasi - biologiyaning beshta asosiy tamoyillaridan biri, hujayra hayotning asosiy birligi ekanligini ta'kidlaydi.


61.Endoplazmatik retikulum - hujayrada turli funksiyalarni bajaradigan tubulalar va tekislangan qoplar tarmog'i


62.Sitokinez - sitoplazmaning bo'linishi, bu alohida qiz hujayralarni hosil qiladi


63.Xromatid - replikatsiya qilingan xromosomaning ikkita bir xil nusxalaridan biri


64.Gametalar - jinsiy ko'payish jarayonida birlashib, zigota deb ataladigan yangi hujayrani hosil qiluvchi reproduktiv hujayralar


65.Meyoz - jinsiy yo'l bilan ko'payadigan organizmlarda hujayraning ikki qismli bo'linishi, natijada ona hujayraning xromosomalari sonining yarmidan ko'p bo'lgan gametalar paydo bo'ladi.


66.Golji kompleksi - ma'lum uyali mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va jo'natish uchun mas'ul bo'lgan hujayra organellasi


67.Genlar - xromosomalarda joylashgan DNK segmentlari allellar deb ataladigan alternativ shakllarda mavjud.


68.Mikrotubulalar - asosan hujayrani qo'llab-quvvatlash va shakllantirishga yordam beradigan tolali, ichi bo'sh tayoqchalar


69.Interfaza - hujayraning ikki baravar kattalashishi va hujayra bo'linishi uchun DNKni sintez qiladigan hujayra siklidagi bosqich.


70.Yadro - hujayraning irsiy ma'lumotlarini o'z ichiga olgan va hujayraning o'sishi va ko'payishini boshqaradigan membrana bilan bog'langan tuzilma.


71.Ribosoma — bu oqsil biosintezida qatnashadigan hujayraning eng muhim nomembran organellasi. Ribosomada iRNK asosida aminokislotalardan tashkil topgan oqsil zanjiri hosil boʻladi. Bu jarayon translyatsiya deb nomlanadi.


72.Mitoxondriya (yun. mitos - ip, chondrios — donacha) — eukariot hujayralar organoidi. Mitoxondriya ikki qavat membrana bilan oʻralgan; ichki membranasi kristalar (burmalar) hosil qiladi. Mitoxondriyaning ichki membrana bilan oʻralgan boʻshligʻi matriks deyiladi.


73.Vakuolalar (frans. Vakuole, lotincha: vacuus — boʻsh) — oʻsimlik va hayvonlar hujayrasida ichi suyuqlik bilan toʻlgan, sitoplazmadan membrana bilan ajralib turadigan boʻshliq.


74.Yadrocha - xromosomaning rRNK sintez qiladigan qismi. Hujayra yadrosi ichida joylashgan va hujayra qobig’i (membranaga) ega emas. Yorug’lik va elektron mikroskop ostida yaxshi ko’rinadi.


🍁🍂, [13.11.2023 12:30]


75.Organellalar - hujayraning normal ishlashi uchun zarur bo'lgan o'ziga xos funksiyalarni bajaradigan kichik hujayrali tuzilmalar

76.Sekretor kiritmalar bez hujayrasiga xos bolib, hujayradan chiqaruvchi va organizm normal hayot kechirishi uchun ota ahamiyatga ega bolgan moddalardan tashkil topgan.Bu kiritmalar turli ximiyaviy tarkibga ega boladi.


77.Metabolitlar va ionlar — hujayradagi jarayonlarni boshqaruvchi omillar. Ular genlarga taʼsir etish orqali fermentlar sintezini yoki bevosita fermentlarning oʻziga taʼsir koʻrsatib, ular faolligini oʻzgartirishi mumkin.


78.Mikrofilamentlar— shuningdek, aktin filamentlari deb ataladi, sitoskeletning bir qismini tashkil etuvchi eukariotik hujayralar sitoplazmasidagi oqsil filamentlari. Ular asosan aktin polimerlaridan iborat.


79.Eliminatsiya (lot. — ostonadan chiqaraman, olib tashlayman) — tashqi muhitning har xil abiotik va biotik omillari taʼsirida organizmlarning halok boʻlishi.


80.Diakinez - meyoz profaza-1 ning oxirgi bosqichi (besh bosqichli jarayon). Diakinez bosqichi chastota terminalizatsiyasi bilan tavsiflanadi. Diakinezdan keyin bo'linuvchi hujayra metafazaga o'tadi.


81.Xromonema-Dezoksiribo nukleo protein fibrillalarining nogiston oqsillar yordamida rozetkasimon tuzilmalarini hosil qilishi.


82. (Nukleomera-6,8ta nukleosomaning globula shaklida birlashishi.Bir nechta nuklomerlarning o'zaro yaqinlashishdan DNP (Dezoksiribo nukleo protein )lar hosil boʻladi.


83.Zigonema- qoʻshiluvchi iplar bosqichi gomoligik xromosomalarning qoʻshilishi bosqichi boʻlib bivalentlarni hosil qiladi har bir bivalent to'rtta xromatiddan iborat boʻladi.


84.Leptonema-ingichka iplar bosqichi morfologik jihatdan mitozni erta profazasini eslatadi .Lekin undan yadroning yirikroq va xromosomalarning ingichka boʻlishi bilan farqlanadi.Leptonemada xromosomalar ikkilangan bo'ladi.


85.Kariotip-har bir tur uchun doimiy boʻlib somatik hujayrasidagi Xromosomalar soni ularning katta -kichikligi tuzilishi va har bir xromosomada sentromerani joylashishini ifodalaydi


86.Xromomera-Xromonemalarning spiralsimon yig'ilishidan hosil boʻlgan xromosoma iplari.


87.Profaza (inglizcha: prophase) — mitozning eng birinchi bosqichi boʻlib, uning belgisi yadroda kondensatsiyalangan xromosomalarning paydo boʻlishini bildiradi.


88.Metafaza (meta... va yun. phasis — paydo boʻlish) — somatik (tana) hujayralarning boʻlinib koʻpayish usuli, mitozning ikkinchi bosqichi. M.da boʻlinish duki toʻliq shakllangan boʻladi. Xromosomalar spirallashib, yorugʻlik mikroskop ostida koʻrinadigan boʻlib qoladi.


89.Anafaza — eukariot hujayralarning mitotik boʻlinish bosqichi boʻlib, unda opa — singil xromatidlari sinxron ravishda ajralib chiqadi va ikkita qiz xromosoma hosil boʻladi, ular asta-sekin boʻlinish nuqtasining qarama-qarshi qutblariga tortiladi.


90.Telofaza, so’nggi faza – hujayra mitoz bo’linishining to’rtinchi oxirgi bosqichi; bu davrda xromosomalar atrofida yadro qobig’i shakllanadi уа yangi hosil bo’lgan hujayralar to’liq ajraladi.


91.KROSSINGOVER (ing. crossing — over — chalkashuv) — chalkashish, gomologik xromosomalarshng oʻxshash qismlari b-n oʻrin almashinishi natijasida xromatida iplarining uzilishi va yangi tartibda birikishi. Birinchi marta amerikalik biolog T. Morgan aniqlagan (1911).


92.Paxinema-yog'on iplar bosqichi bunday atalishiga sabab gomologlarning to'liq konyugatsiyasi natijasida xromosomalar yog'on boʻlib koʻrinadi,bularda DNK 4c xromotidlar 4n ha teng.Bu bosqichda meyozning eng muhim jarayoni krosingover amalga oshadi


93.Nukleosoma, yadro tanachasi – xromosomaning asosiy tuzilma elementi.


94.Gialoplazma (yun. hyalos — shisha va plazma), asosiy modda — hayvon va oʻsimlik hujayrasi sitoplazmasining yorugʻlik mikroskopida koʻrinadigan strukturaga ega boʻlmagan qismi. Elektron mikroskopda Gialoplazmaning ultrastrukturasi — membranalari, ribosomalari koʻrinadi.


95.Genetik kod — irsiy axborotni nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar ketma-ketligi tartibida yozishning tirik organizmlarga xos boʻlgan yagona sistemasi.


96.GAMETOGENEZ— jinsiy hujayralar — gametalarning rivojlanishidir.


🍁🍂, [13.11.2023 12:30]


97.Partenogenez (yun. parthenos — bokiralik, qizlik va ...genez), bokira koʻpayish — jinsiy koʻpayish shakllaridan biri, tuxum xujayraning urugʻlanmasdan rivojlanishi. Ginogenezning ahamiyati har xil jinslarning oʻzaro uchrashuvi qiyin boʻlgan sharoitda jinsiy koʻpayishni amalga oshirilishidan va kulay sharoitda tur nayeli individlari sonini tez orttirishdan iborat.

98.Spermatogenez (sperma va ... genez) — hayvonlarda va koʻpchilik oʻsimliklarda dastlabki diploid jinsiy hujayralarni ixtisoslashgan erkaklik hujayralari — spermatozoidlar yoki spermiylarga aylanishi.


99.Ovogenez, tuhumhujayraning shakllanishi – urg’ochi jinsiy hujayralarning hosil bo’lish jarayoni.


100.Geterotroflar, geterotrof organizmlar (getero... va yun. Trophe — oziq) — oʻzining oziqlanishi uchun tayyor organik birikmalardan foydalanadigan organizmlar.


101.AVTOTROFLAR, avtotrof organizmlar (Yunoncha autos — o’zi, trophe — oziq, oziqlanish) — fotosintez, fotoreduktsiya va xemosintez jarayonlari tufayli noorganik moddalardan o’z hayoti uchun zarur organik moddalar tayyorlab olish qobiliyatiga ega organizmlar.


102.Metabolizm (grekcha: μεταβολή - metabole — oʻzgarish) — hujayralarda sodir boʻladigan fermentativ reaksiyalar majmui. Metabolizmda organik hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan moddalar va energiya xosil boʻladi.


103.Metabolitlar — oʻsimlik va hayvonlarning hujayralari, toʻqimalari hamda organlaridagi almashinuv jarayonida hosil boʻladigan moddalar. Assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlarida ishtirok etadi.


104..Tonoplast – o’simlik hujayrasi vakuolasining parda (membrana)si. Moddalarni faol ko’chirish va tanlab o’tkazish xususiyatiga ega.


105.Bakteriofaglar (bakteriyalar va yun. phegos – yemiruvchi) – bakteriyalarni yutib, yemirib, yoʻq qilib yuboradigan viruslar; bakteriyalar kushandasi. 1917-yil fransuz olimi F. D’Erell bakterial filʼtrlardan oʻtib keta oladigan, eritish qobiliyatiga ega mavjudotlarga "bakteriofag" deb nom bergan.


106.Protistologiya (yun. protistos — eng birinchi va ... logiya) — biologiyaning bir hujayrali organizmlar — protistlarni oʻrganadigan boʻlimi. "Protistlar" terminini 1866-yilda nemis olimi E. Gekkel kiritgan


107.Mezosomalar (inglizcha: mesosome) — elektron mikroskopiya uchun namunalar tayyorlash vaqtida kimyoviy fiksatsiya usullaridan foydalanganda hosil boʻlgan bakteriyalar sitoplazmatik membranasining burmalari hisoblanadi.




Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə