|
Sabzavot ekinlari: kartoshka, pomidor, piyoz Kartoshkaning asosiy zararkunandalari
|
səhifə | 1/3 | tarix | 13.10.2023 | ölçüsü | 18,33 Kb. | | #127689 |
| Sabzavot ekinlari
Sabzavot ekinlari: kartoshka, pomidor, piyoz
Kartoshkaning asosiy zararkunandalari:
Kartoshka kuyasi (Phihorimaea operculella Zell.) – kartoshka, tamaki, baqlajon, pomidor va boshqa ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklarga katta zarar yetkazuvchi xavfli hasharot hisoblanadi. 25-80% gacha zarar keltiradi;
Kolorado qo‘ng‘izi (Leptinotarsa decemlineata) – kartoshkaniong eng xavfli zararkunandasi hisoblanadi. Bu zararkunanda kartoshka bargini kemirib zarar yetkazadi, ayrim yillari hosilning 70% gacha nobud qilishi mumkin.
Kartoshkaning asosiy kasalliklari:
Fitoftoroz (Phytopthora infestans) – barglarda yirik dog‘lar, nam ob-havoda barglarning orqa tomonida oq g‘ubor paydo bo‘ladi. Tugunagida dastlab qora dog‘lar ko‘rinadi, so‘ngra ular qo‘ng‘ir rang olib chiriydi va qattiqlashib qoladi. 80-85% gacha zarar keltiradi;
Fuzarioz so‘lish (Fusarium spp.) – bu turkum zamburug‘lari 1000 ga yaqin madaniy va yovvoyi tur o‘simliklarini zararlaydi. Dastlab kasallangan o‘simliklarning bo‘g‘im oralari qisqarib, ildiz bo‘g‘izi yo‘g‘onlashadi. 70-80% gacha zarar keltiradi;
Ildiz chirish (Rhizoctonoa solani) – o‘simlik to‘qimalarini yeiradi va qoraytiradi. Madaniy va yovvoyi o‘simliklarning 100 ga yaqinida uchraydi. 45-50% gacha zarar keltiradi.
Pomidorning asosiy zararkunandalari:
Pomidor kuyasi (Tuta absoluta) – ushbu zararkunanda respublikamizda karantin xavfi ostidagi hasharot hisoblanib, u ochiq hamda yopiq maydonlardagi pomidor, baqlajon, kartoshka, achchiq qalampir va boshqa ekin turlariga katta zarar keltiradi. Zararkunanda tarqalish darajasi kech aniqlanishi, ko‘payish uchun qulay sharoit yuzaga kelganda hosilning 100% miqdorda yo‘q bo‘lishiga olib keladi. Yevropa mamlakatlarida uni “Mutloq talofat” deb atashlari ham bejiz emas.
Dostları ilə paylaş: |
|
|