Turli zagotovkalarni parmalash dastgolarida ishlov berish
uchun konsolli yoki portal
skalkali konduktorlar ishlatiladi. Skalkali konduktorlar doimiy normallashtirilgan va
almashinadigan qism (uzel)lardan tashkil topgan. Skalkali
konduktorlarni
doimiy
normallashtirilgan qismi (uzeli)ga tana, doimiy konduktor plitani
makamlash uchun ikkita yoki
uchta skalka va skalkani xarakatlantirish mexanizmidan iborat.
Skalkali konduktorlar almashinadigan qism (uzel)lar ishlov beriladigan zagotovkani
o’rnatiladigan almashinadigan o’rnatish elementi va konduktor vtulkalar joylashtirilgan
almashtiriladigan konduktor plitadan tashkil topadi. Almashinadigan o’rnatish elementi skalkali
konduktorni tanasiga o’rnatiladi, holati aniqlanadi (fiksatsiya qilinadi) va maxkamlanadi.
Almashtiriladigan konduktor plitasi esa doimiy konduktor plitasi pastki yuzasiga o’rnatiladi,
holati aniqlanadi (fiksatsiya qilinadi) va maxkamlanadi.
Turli tipaviy o’lchamdagi skalkali konduktorlar turli ko’rinish va o’lchamdagi
detallardagi teshiklarga ishlov berishda ishlatiladi. Skalkali konduktorlar konduktor plitasi
bilan
yo’naltiruvchi skalkani ko’tarish-tushirish mexanizmi ko’rinishiga ko’ra quyidagi tiplari mavjud:
1.
Reykali mexanizmli va ekstsentrikli qulfli.
2.
Reykali mexanizmli va torsion-rolikli qulfli.
3.
Reykali-konusli (ponali) mexanizmli.
4.
Reykali-prujinali mexanizmli.
5.
Prujina-krivoshipli yoki prujina-kulachokli.
6.
Pnevmatik yuritmali.
Reykali-konusli (ponali) mexanizmli va pnevmatik yuritmali konduktorlar keng tarqalgan.
Masalan normallashtirilgan konsol tipidagi pnevmatik yuritmali skalkali konduktor (4-38 rasm)
o’rtacha o’lchamli detallar zagotovkalarida teshiklarni parmalash uchun ishlatiladi. Konduktorni
tanasi 9ni pastki qismida pnevmotsilindr joylashgan bo’lib unda prshen 12 shtok 3 bilan
xarakatlanadi. Yo’naltiruvchi skalkalar 2 va 4 va shtok 3ga doimiy konduktor plita joylashgan.
Almashtiriladigan konduktor plitasi esa doimiy konduktor plitasi pastki yuzasi 10ga o’rnatiladi,
holati aniqlanadi (fiksatsiya qilinadi) va maxkamlanadi. Almashinadigan o’rnatish elementi
skalkali konduktorni tanasi stoliga o’rnatiladi, holati aniqlanadi (fiksatsiya qilinadi) va
maxkamlanadi. Stolda ikkita fiksatsiya barmog’i 1 va 6 xamda almashinadigan o’rnatish
elementini , holatini aniqlash (fiksatsiya qilish) va maxkamlash uchun xizmat qiladigan to’rtta
diametri 13mm bo’lgan teshik mavjud.
4-38 rasm Normallashtirilgan konsol tipidagi pnevmatik yuritmali skalkali konduktor
Qisilgan havoni 9 pnevmotsilindrni yuqorigi bo’shlig’iga tushishi bilan shtok 3
bilan porshen 9 pastga xarakatlanadi. Bu holda shtok 3 yo’naltiruvchi skalka 2 va 4
xamda
doimiy konduktor plitasi 5 pastki yuzasi 10ga o’rnatilgan holati aniqlangan (fiksatsiya qilingan)
va maxkamlangan almashtiriladigan konduktor plitasi . skalkali konduktorni tanasi stoli 11ga
o’rnatilgan almashinadigan o’rnatish elementiga bosish bilan zagotovkani maxkamlaydi.
Qisilgan havoni 9 pnevmotsilindrni pastgi bo’shlig’iga tushishi bilan shtok 3 bilan
porshen 9 yuqoriga xarakatlanadi. Bu holda shtok 3 yo’naltiruvchi skalka 2 va 4 xamda doimiy
konduktor plitasi 5 pastki yuzasi 10ga o’rnatilgan holati aniqlangan (fiksatsiya qilingan) va
maxkamlangan almashtiriladigan konduktor plitasi . skalkali konduktorni tanasi stoli 11ga
o’rnatilgan almashinadigan o’rnatish elementidan uzoqlashish bilan zagotovka bo’shatiladi.
Boshqarish krani 8 dastasi 7ni tegishli tamonga burish bilan qisilgan havo 9 pnevmotsilindrni
pastgi yoki yuqorigi bo’shlig’iga uzatish bilan zagotovka maxkamlanadi yoki bo’shatiladi.
Burish moslamalari bir necha pozitsiyada joylashgan, aylana bo’ylab joylashgan
va turli yuzalarda joylashgan teshiklarga ishlov berish uchun ishlatiladi. Burish moslamalarida
o’rnatilgan zagotovkadagi teshiklarga moslama o’qi bo’yicha davriy burish bilan ishlov
beriladi.
Burish
moslamalari vertikal, gorizontal yoki egilgan o’qlar bo’yicha burilishi
mumkin. Vertikal o’q bo’yicha buriladigan burish moslamalari stollar, gorizontal o’q bo’yicha
buriladigan burish moslamalari stoykalar deb yuritiladi.
Stoykalar bir tayanchli va ko’p tayanchli bo’lishi mumkin. Stollar va stoykalar tanadan
(qo’zg’almas qism) va planshayba (qo’zg’aluvchan qism) iborat bo’ladi.
Stollar va stoykalarni qo’zg’aluvchan qismida zogotovkalarni o’rnatish va maxkamlash
uchun o’rnatish va maxkamlash elementlari va konduktor vtulkali almashinadigan konduktorlar
maxkamlanadi. Stollar va stoykalarni qo’zg’aluvchan qismi aylanish
burchaklari limblar bilan
aniqlanadi va fiksatorlar yordamida xolatga keltiriladi. Stollar va stoykalar qo’lda yoki
mexanizatsiyalashtirilgan yuritma yordamida aylantiriladi.
Burish stollari va stoykalari normallashtirilgan bo’lib donalab, mayda seriyalab va o’rta
seriyalab ishlab chiqarishda ba’zan ko’p seriyalab va ko’plab ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Aylana bo’yicha joylashgan teshiklarni birin-ketin parmalash uchun universal burish stoli
4.42 rasmda keltirilgan. Stol tana 6dan (qo’zg’almas qism) va planshayba 5dan (qo’zg’aluvchan
qism) iborat bo’ladi.
Planshayba 5da diametri 265mmli aylana bo’ylab 23ta teshikka ega bo’lgan va diametri
286mmli aylana bo’ylab 30ta teshikka ega bo’lgan xalqalar 9 joylashgan. Plashaybani ma’lum
bir burchakka aylanishini aniq indikatsiya qilish uchun reykali fiksator 8 xalqa 9ni birida
joylashgan teshikka tana 6ga presslangan ikkita vtulkada joylashgan prujina kuchi bilan kiradi.
Xar bir reykali fiksator 8ni boshqarish dastalar 10 va12 bilan boshqariladi. Stolni
planshaybasi 5nibitta bo’lakka bo’lish qo’lda bajariladi. Teshiklarga
ishlov berish vaqtida
moslamani bikrligini ta’minlash maqsadida planshaybani burilib fiksatsiyalangandan so’ng tana
6ga bosib maxkamlab qo’yiladi va keyingi burishdan oldin bo’shatiladi. Planshayba 5ni tana
6ga bosib maxkamlash tanada joylashgan pnevmo-yuritma yordamida amalga oshiriladi uni
bo’shatish prujina 2 yordamida amalga oshiriladi.
Pnevmotsilindr uchida vtulka 1 o’rnatilgan shtok 3 va porshen 4 joylashgan. Qisilgan
havo pnevmotsilindrni shtokli bo’shlig’iga kirishi bilan uchiga vtulka 1 o’rnatilgan shtok 3 va
porshen 4 pastga xarakatlanadi va vtulka 1 planshaybani tanaga maxkamlaydi. Boshqaruv krani
yordamida shtokli bo’shlig’idan qisilgan
havo atmosferaga chiqarilganda, Uchiga vtulka 1
o’rnatilgan shtok 3 va porshen 4 prujina 2 yordamida tepaga ko’tariladi va planshayba 5 tanadan
ajratiladi (bo’shatiladi). Zagotovka o’rnatiladigan va maxkamlanadigan almashinadigan qism
planshayba 5ni ustki yuzasi 7ga o’rnatiladi va planshayba pazlari 13ga
joylashgan boltlar
yordamida maxkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: