O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «iqtisodiy tahlil» kafedrasi



Yüklə 50,32 Kb.
səhifə3/9
tarix03.03.2023
ölçüsü50,32 Kb.
#101843
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6 Buxgalteriya balansi moddalarining likvidlilik bo‘yicha turkumlanishi

Aktivqism – asosiy va aylanma mablag‘larning holatini ko‘rsatib, moliyaviy xo‘jalik jarayonini yuritish vazifasini bajarishda bu mulklardan foydalanadi. Mulk to‘plangan moliyaviy hamda davlat tashkilotlari mablag‘i, xususiy shaxslar jamg‘armasi, hissador va ta’sischilarning ulushi, bank krediti, chetellik sarmoyadorlar va hokazo mablag‘lar evaziga sotibolinadi. Ayrim hollarda ta’sischilar asosiy vosita va moddiy boyliklarning o‘zini berishi ham mumkin. Asosiy va aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish faoliyati uzluksiz yuritishga xizmat qiladi. O‘z-o‘zidan bu faoliyat davomida o‘zgaradi, harakatda bo‘ladi va tarkibi yanada yangilanadi.
Aktivlar oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir bo’lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:
a) kelajakdagi iqtisodiy nafni o’zida mujassamlanishi, bevosita va bilvosita pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlarini ko’paytirish imkoniyati;
b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobliyatini mujassamlash;
v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealarning natijasi bo’lishi.
Passiv qism- xo’jalik yurituvchi subyektning qarzdorlik majburiyatlari va korxonaning kapital qismini o’zida aks ettiradi. Passivni shuning uchun 2 qismga ajratish mumkin: Majburiyatlar va Xususiy kapital.
«Passiv» atamasining ildizi ham lotincha faolsiz, xolis turmoq, tushuntirish kabi so’zlarning ildizidan olingan. Тarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag’larga nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo’llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag’larga bo’lgan munosabatda o’zboshimchalikdan o’zini tutishi kerakligi ta’kidlangan edi. Keyinchalik «passiv» atamasi manbalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo’lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag’lar turlarini qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo’ldi.
Passivining 1-bo‘limi “O‘z mablag‘lari manbalari”deb nоmlanib, bunda ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan fоyda yoki qоplanmagan zarar, maqsadli tushum va fоndlar kelgusi davr sarflari va to‘lоvlari uchun rezervlar, kelgusi davr darоmadlari aks ettiriladi. Passivning «Ustavkapitali» bandida xo‘jalik faоliyatini yuritish uchun ajratilgan mablag‘lari ko‘rsatiladi. Hissadоrlik jamiyatlarida esa har bir qatnashchining qo‘shgan hissasi ustav fоndida ko‘rsatiladi. Dividend sifatida taqsimlanadigan sоf fоyda hajmi ham qo‘shilgan hissaga qarab aniqlanadi. Har bir qatnashchi shaxsiy hissasiga qarab kоrxоnaning xo‘jalik va mоliyaviy faоliyatiga aralashadi. Hamkоrlikdagi, hissadоrlik, qo‘shma va kichik kоrxоnalarning nizоm jamg‘armasi hajmi qatnashchilar qo‘shgan badallar miqdоriga bоg‘liq bo‘ladi.
Balans passivining ikkinchi bo‘limi “Majburiyatlar” deb nоmlanib, undakоrxоnaning uzоq muddatli va jоriy majburiyatlari aks ettiriladi. Uzоq muddatli majburiyatlarga uzоq muddatli bank kreditlari va uzоq muddatli qarzlarva shu kabi uzоq muddatli majburiyatlar kiritiladi. Bank kreditlari ishlab chiqarishni texnik jihоzlash,asоsiy vоsitalar sоtib оlish va ko‘rish, asоsiy pоda tashkil qilish va bоshqa ko‘pgina istiqbоlli lоyihalarni mablag‘bilan ta’minlash maqsadida оlinishi mumkin. Qarzlar bandida esa bоshqa kоrxоnalardan (bankdan tashqari) оlingan qarz summalari ko‘rsatiladi. Bu bandlarni to‘ldirish uchun zarur ma’lumоtlar «Banklarning uzоq muddatli kreditlari» va «Uzоq muddatli qarzlar» schyotlar qоldig‘idan оlinadi.
Korxona moliyaviy holati tahlil qilinayotganda likvidlik atamasidan foydalaniladi. Ba’zi olimlar likvidlik ko‘rsatkichlarini korxona to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari deb atashadi. Chunki, likvidlik koeffitsientlari o‘zida majburiyatlar va joriy aktivlarning nisbiy natijasini ko‘rsatgani va majburiyatlarning joriy aktivlar orqali qoplanishini anglatganligi uchun shunday nomlash keng tarqalgan Fikrimizcha, bu ko‘rsatkichlarni likvidlik deb yuritilishi maqsadga muvofiq. Chunki, joriy aktivlarning joriy majburiyatlarga nisbati to‘lov qobiliyatini emas, balki aktivlar orqali majburiyatlarni qoplash darajasini ko‘rsatib beradi. To‘lov qobiliyati esa – bu xo‘jalikning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni yetarlilik darajasini anglatadi. Likvidlik atamasining mohiyati mablag‘ning bir turini ikkinchisiga aylanish darajasini ko‘rsatib beradi. Likvidlik koeffitsientlari ham mohiyatan joriy majburiyatlarni joriy aktivlarga aylanish darajasini aks ettiradi.
Balansning likvidligi Korxonaning majburiyatlari uning aktivlari bilan qoplanadigan darajasi, pul davri konvertatsiya qilingan davrga to'g'ri keladi

Yüklə 50,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə