|
Oila tushunchasi va oiladagi ijtimoiy munosabatlaroila-tushunchasi-va-oiladagi-ijtimoiy-munosabatlar-tizimi
№2 2022
139
Ochiq tartib - qoidalardan tashqari, har bir oilaning yashirin qoidalari ham
mavjudki, ular ham oilaviy munosabatlarning yaxshi boʻlishida katta rol oʻynaydi.
Odatda bunday qoidalar muayyan mavzularning oila davrasida koʻtarilmasligi yoki
maʼlum tarzda his kechinmalarning namoyon etmasligida koʻrinadi.
Oila energetikasi. Bu tushuncha oʻz ichiga koʻplab jabhalarni xususan, oilaning
tibbiy biologik xususiyatlardan tortib, uning psixologik mavjudligini belgilovchi
omillar, shart sharoitlardan boshlab tiriklik mezonlari boʻlmish ovqatlanish, hamda
bir oila aʼzosining xatti harakatlarining namoyon boʻlishigacha qamrab oladi. V.Satir
oilaning oila energetikasini tavsiflaydi. Yaʼni, “oilaning emotsional qozoni”
tushunchasini ishlatadi. Oila aʼzolari kundalik muloqot, muomala jarayonlarini u
goʻyoki bir qozonda qaynovchilarning birgalikda yashashda namoyon boʻladigan
hissiyotlar koʻzgusida" tasavvur etadi.
Oilaning chegarasi va hududi. Bunda, oilaning boshqa sotsiomadaniy muhit
vakillari bilan aloqasi ularga bogʻliqligi darajasi nazarda tutiladi. Satirning fikricha,
shunday oilalar ham boʻladiki, ular boshqalar bilan deyarli muloqatga kirmaydi. Bu
oilaga darvozadan va devordan ham oshib kirib boʻlmaydi, yani u oila oʻz qobigʻiga
oʻralib olganday. Oʻz navbatida, u boshqa oilalarga ham qiziqmaydi, oilaviy
tantanalarga, teatr, kino, klublarga bormaydi. Odatda bunday “yopiq” turdagi oilalar
unchalik inoq ham yashamaydi. Shuning uchun"ochiq" turdagi oilalar keng
muloqotlarga asoslangan oila baxtli va mustahkam hisoblanadi. Amerikalik olim,
oliaviy psixoterapevt Salvodor Minuxin ham xos kontseptsiyaning asoschisidir.
Uning fikricha oila murakkab tuzilishga ega boʻlib, tarkibiga ayrim alohida
individlarni bir qator tuzilmlarni qamrab oladi. Ichki tuzilmalar koalitsiyalarga
birlashib, oila doirasida turli hodisa va jarayonlarni keltirib chiqaradi. Har qanday
oila, boshqa oʻziga oʻxshash tuzilmalar bilan murakkab munosabatlarni oʻrnatadiki,
bu tashqi tizimlar bazan oilani qoʻllab quvvatlash vazifasini ham bajaradi.
Oilaviy munosabatlar. Oila aʼzolari oʻrtasida sodir boʻlayotgan murakkab
munosabatlar koʻplab olimlar, shu jumladan, Oʻzbekistonlik olimlar M.Davletshin,
B.Qodirov, X.Karimov, N.Sogʻinovlar tomonidan oʻrganilgan. Ularda koʻproq
oʻzbek oilasiga xos urf-odatlar, anʼanalar udumlar nuqtai nazaridan oilaviy
munosabatlarning etnopsixologik qirralari tadqiq etilgan. Oila institutini ijtimoiy
voqelik sifatida uning qonunyatlarini tahlil etar ekanmiz, bu oʻrinda biz oilaviy,
oʻzaro munosabatlarga xos boʻlgan munosabatining psixologik tabiatdan kelib
chiqishi, va dinamikasiga eʼtiborni qaratgan koʻplab tadqiqotlada ilgari surilgan
maʼlumotlarni keltirishni joiz deb bildik.
Oila muhitini barkamol avlod va komil insonni tarbiyalash muommosi turkiy
xalqlarning mushtarak yodgorligi, Avesto, shuningdek, Abu Nasr Farobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, tortib hozirgi zamon
pedagoglarining oʻziga xos fikr mulohazalar bildirilgani diqqatga sazovordir.
|
|
|