55 toshkent shahrining turizm manzarasi abdukarimova Maftunabonu



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix23.09.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#123447
  1   2
Abdukarimova Maftunabonu



55 
TOSHKENT SHAHRINING TURIZM MANZARASI 
 
Abdukarimova Maftunabonu 
Andijon qishloq xo’jaligi va 
agrotexnalogiyalar instituti 
Turizm ta’lim yo’nalishi talabasi 
 
Annotatsiya

Maqolada O’zbekistonning megopolisi hisoblangan Toshkent 
shahri durdonalari,turistik imkoniyatlarining o’sib borishi. 
Kalit so’zlar

Toshkent
 
turistik 
bozori, 
Chilonzor 
mintaqasi,turizm 
infratuzilmasi, Oqtepa majmuasi, Xayrobod Eshon muqaddas qadamjosi, Dream 
Park, Abulqosim Shayx madrasasi, Toshkent astranomiya muzeyi. 
Abstract:
In the article, the masterpieces of the city of Tashkent, which is 
considered the megapolis of Uzbekistan, and the growth of tourist opportunities

Keywords:
Tashkent tourist market, Chilanzor region, tourism infrastructure, 
Oktepa complex, Khairabad Eshon holy shrine, Dream Park, Abulqasim Sheikh 
madrasa, Tashkent Astronomy Museum. 
Аннотация: 
В статье шедевры города Ташкента, который считается 
мегаполисом Узбекистана, и рост туристических возможностей. 
Ключевые слова:
туристический рынок Ташкента, Чиланзарский 
район, туристическая инфраструктура, комплекс Октепа, святыня 
Хайрабад Эшон, Парк Дрим, медресе Абулкасим Шейха, Ташкентский 
Астрономический Музей.
Dunyoda O‟zbekiston o‟zining xos iqlimi, tabiiy sharoitlari, go‟zal manzarasi, 
madaniy boyliklari va boy turistik makonlari bilan alohida e‟tibor va e‟tirofdadir. 
Jahon iqtisodiy sanoatida turizm sohasi ortiqcha xarajatsiz foyda topiladigan 
sohalardan biri hisoblanadi. Xususan, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab 
Respublikada 
mavjud 
diniy 
qadamjolarni 
avvalgi 
holiga 
keltirish, 
rekonstruktsiyalash, tashrif buyuruvchilarga qulaylik 
yaratish eng asosiy 
masalalardan biriga aylandi. Buyuk ajdodlarimiz qo‟nim topgan maskanlarni qayta 
tiklash, obodonlashtirish, ta‟mirlashga jiddiy e‟tibor berilgani tufayli ziyoratgoh 
maskanlari 1.5 milliarddan ortiq мusulmon dunyosini ohangrabodek o‟ziga 
tortmoqda. Mamlakatimiz go‟zal maskanlari ichida Toshkent shahri kichik turizm 
maskani sifatida o‟z imkoniyatlarini namoyon etib bormoqda. 
Toshkent shahrining Chilonzor tumani 1963-yilda tashkil 
etilgan bo‟lib, 
тoponimistlarning fikricha, tuman nomi chilon (jiyda) oʻsimligidan olingan. Toshkent 


56 
zilzilasidan (1966) keyin tumanda qurilish ishlari avj oldi. Tumandagi baʼzi joylar 
Toshkent tarixi bilan bogʻliq. Chilonzor Oqtepasi arxeologik yodgorligi (IV-VIII asrlar, 
X-
XI asrlar), Abulqosim Shayx madrasasi, Xayrobod Eshon meʼmoriy majmuasi 
kabi meʼmoriy yodgorliklar shu tuman hududida joylashgan. Asosiy magistrallari — 
Xalqlar doʻstligi, Muqimiy, Choʻponota, Farhod, Gavhar, Chilonzor, Qatortol, Al-
Xorazmiy koʻchalari. Muqimiy nomidagi musiqa va drama teatri, Davlat musiqali 
komediya teatri, 2 kinoteatr, Navoiy nomidagi Milliy bogʻ, Dream Park(avvalgi nomi 
Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi), Xalqlar doʻstligi saroyi faoliyat 
koʻrsatadi[1]. Ko‟ngil ochar turizm infratuzilmasi bo‟lgan dream Park BMP Smart 
Decision korxonasiga G„afur G„ulom nomidagi istirohat bog„ini tubdan 
rekonstruksiyasi topshirilgan edi. Hozirgi kunda tuman infratuzilmasini rivojlantirish 
maqsadida davlat sherikchiligi asosida 4 million dollar miqdorida investitsiya 
kiritilgan. Umumiy rejaga asosan investitsiyalar hajmi 10 million dollarga boradi. 
Rekonstruksiya davomida parkdagi hamma attraksionlarni yangilanadi. 30 ta 
attraksion masalasida Rossiya, Xitoy, Ukraina, Turkiya korxonalari bilan 
shartnomalar tuzilgan. “Park 2022-yil yozida ishga tushirildi[2]. 
O‟zbekiston turistik resurslari xilma xil bo‟lib, ular asosida diniy turizm ya‟ni 
islom olami ulamolarining mozorlari va qadamjolari kiradi. Toshkent vohasidagi 
islom ulamolari ziyoratgohlari ichida Xayrobod Eshon Majmuasi 
o‟zining go‟zal 
shakli va 
ko‟rinishi, tashrif buyuruvchilarning ko‟pligi, tarixiy joy ekanligi bilan ajralib 
turadi. Yodgorlik majmua millodiy XVIII-
XIX asrlarga ta‟luqli bo‟lib, Xayrobod eshon 
otaning shaxsiy mablag‟lari hisobidan bunyod etilgan. Majmua masjid, maqbara, 
hovuzli hovlidan iborat. Maqbara trapetsiya tarhli (7,5x7,7 m), bezaksiz, pishiq 
g‟ishtdan ganch qorishmasidan barpo etilgan. Masjidning ichki devorlariga 
taxmonlar va novoli tokchalar ishlangan. Ayvonlar islomiy naqshlar bilan bezatilgan 
va XX asrda to‟liq ta‟mir etilgan[3]. 
Shuningdek, tumanning janubi- 
gʻarbiy qismida joylashgan arxeologik 
yodgorlik (IV-VIII; X-
XI) mavjud bo‟lib, u Chilonzor oqtepa deb nomlanadi. Chilonzor 
Oqtepasi balandligi 15 metrli tepalik boʻlib, atrofida umumiy maydoni 60×75 metr 
keladigan qadimiy qishloq xarobasi qoldiqlari joylashgan. Tepalikda olib borilgan 
qazishmalar natijasida undagi imoratlar majmuasi ustma-
ust xom gʻisht va 
paxsa
dan qurilganligi aniqlangan. Vazifasiga koʻra, majusiylik bilan bogʻliq boʻlgan, 
kompozitsiyasi jihatdan bir-biridan farq qiladigan binolar 3 davrga mansubligi 
ekanligi arxiologik qazishmalar natijasida aniqlangan. Unga ko‟ra birinchi davrda 
(IV) bino paxs
a poydevorni ustiga qurilgan 4 minorali qasrdan iborat boʻlgan. Bino 
kvadrati (13,5x 13 m2) ichki tomondan gumbazli uzunchoq 3 xonaga ajratilgan. 
Ikkinchi davrda (V-
VI) dastlabki imorat atrofiga yangi xonalar va yordamchi xoʻjalik 


57 
xonalari qurilgan, shinak
li qoʻshimcha qalʼa devori bilan mustahkamlangan. 
Uchinchi davr millodiy VII-VIII asrlarda dastlabki imorat qoldiqlari tuproq bilan 
toʻlgʻazilib shibbalanishi natijasida vujudga kelgan, 9 metrli tagkursi ustiga qurilgan 
tepasi ochiq toʻrtburchak (38×27 m2) hovli koʻrinishidagi noyob bino boʻlgan. 
Arxeologik qazishmalar natijasida hovli sahnining qalin qatlamlaridan organik 
qoldiqlar, Qovunchi madaniyatiga xos sopol buyumlar, yorgʻuchoklar va boshqalar, 
shuningdek, turkashlarning VIII asrga ga oid tangasi ham topilgan. Arab xalifaligi 
istilosidan soʻng bino bir qancha vaqt zardushtiylarning dafn etish joyi boʻlib xizmat 
qilgan, soʻngra xarobaga aylangan. Keyinchalik X-XI asrlarda xaroba atrofida hayot 
tiklanib kichik qishloq vujudga kelgan[4]ligi ta‟kidlanadi. Hozir Chilonzor Oqtepasi 
atrofida zamonaviy imoratlar qad rostlagan bo‟lib, endilikda Chilonzor tumanidagi 
mehmonxonalar bunyod etilgan bo‟lib, ya‟ni ularning soni hozirda 12 tani tashkil 
etadi. Ular Royal Mezbon, Mehnat hotel, Sayyoh hotel, Rohat hotel, Malika hotel, 
Aka hostel, Best guesthouse, Central Asia hotel, Shuhrat hotel, Grand Sohil hostel, 
Regal Stay hotel kabi turistlarning ehtiyojini qondira oladigan bo‟lib, ular xorijiy 
turistlar uchun zamonaviy xizmat turlarini taklif etmoqdalar. Shuningdek,
astranomiya tarixi bilan tanishishni istagan turistlar uchun Chilonzor tumanida 
Toshkent astranomiya muzeyi o‟ziga xos dizayni, boy eksponatlari va xizmat turlari 
bilan barcha qiziquvchilarni o‟ziga jalb etishga tayyor holga keltirilgan. Ushbu 
Muzey butun Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilgan astronomiya muzeyidir. U 
2009 yil Oʻzbekiston fanlari Akademiyasi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya 
instituti bazasida taʼsis etilgan. Ushbu muzey ochilishi 2009-yil BMT tomonidan 
eʼlon qilingan. Bu muzeyga asos solinishi Oʻzbekistonning atoqli falakiyot olimi 
Mirzo Ulugʻbek tavalludining 615 yilligi munosabati bilan bevosita bog‟liqdir[5]. 
Bugungi kunda Toshkent shahrida sayohat qiluvchilar sonining ortib borishiga 
asosiy sabablardan biri turistlar uchun xizmat ko‟rsatadigan turlarning ko‟payib 
borganidir. Masalan, 2020 yilda 229 ta turistik firma va tashkilotlar faoliyat yuritgan 
bo„lib, ularga 88,1 ming nafar turistlar tashrif buyurdi va ularga xizmat ko„rsatildi. 
O‟zbekistonda turistik firmalarning ham faoliyati kengayib bormoqda va turistlar 
uchun servis xizmatlari ortib bormoqda
. Ularga тurfirma va turistik tashkilotlar 
tomonidan 58,8 ming dona turxizmatlari sotilgan bo‟lib, ulardan 11,0 mingtasi kichik 
korxona va mikrofirmalar tomonidan amalga oshirildi. Mehmonxona va shunga 
o„xshash joylashtirish vositalaridagi nomerlar 8,2 mingtani, joylar 16,0 mingtani 
tashkil etdi. Joylashtirilgan shaxslar 289,4 ming kishini tashkil etgan bo„lib, ularning 
69,2 % foizi O„zbekiston fuqarolari, 12,3 % MDH davlatlari fuqarolari va qolganlari 
(18,5 %) uzoq xorijiy davlat fuqarolaridan iborat. Tunab qolishlar soni 803,3 


58 
mingtani tashkil etdi. Bundan tashqari Toshkentga tashrif buyurgan turistlarga 
quyиdagi xizmatlarni ta‟klif qilishimiz mumkin: 
sayr qilish uchun keng va yashil xiyobonlar,
favvoralar va ekologik bog„lar; 
Shahardagi ko„plab muzeylarda O„rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyati 
haqidagi noyob asarlar; 
Buyuk me'moriy ansambllar, masjidlar va minoralar; 
Har didga mos teatr va galereyalar 
Xulosa sifatida shuni ta‟kidlash mumkinki, turizm industriyasi jahonda keng 
rivojlanib borayotganiqtisodiy sohalardan biri bo‟lib, uni infratuzilmasida turli turistik 
mashrutlar turistlarning qiziqishlari, orzu-niyatlari va estetik yondashuvlariga mos 
ravishdaortib borayotgani barchaga ma‟lumdir. O‟zbekiston Respublikasi ham 
mustaqillikni qo‟lga kiritgandan so‟ng, yangi turistik, mashrutlarni bunyod etish 
tarixiy-ar
xeologik yodgorliklarni rekonstruksiya qilish va xizmat ko‟rsatish sohalari 
kengaytirish orqali o‟z salohiyatini namoyon etib bormoqda. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə