22
MA’RUZA – 5
Mavzu: Asosiy abiotik omillar: YOrug’lik va issiqlik (harorat) – ekologik omil sifatida.
Organizmlarning yorug’lik va issiqlik omiliga moslashuvi
Reja:
1. YOrug’lik - ekologik omil sifatida.
2. O’simliklarning yorug’lik omiliga moslashuvi. YOrug’likning hayvonlar hayotidagi ahamiyati.
3. Issiqlik - ekologik omil sifatida, o’simliklarning issiqlik omiliga moslashuvi.
4. Hayvonlar hayotida issiqlikning ahamiyati va moslanish yo’llari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Geleofit, stsiofit, fakultativ geleofitlar, fotoperiodizm,
biolyuminestsentsiya,
foydali harorat miqdori, poykiloterm, gomoyoterm, termofil, psixrofil, fizik, kimyoviy
termoregulyatsiya, xulq-atvor moslanishi.
1 – asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: YOrug’lik omili - ekologik omil ekanligini va
o’simliklarning yorug’lik omili munosabatiga ko’ra guruhlari haqida malumot berish.
Eng muhim ekologik omil - hayot omillaridan biri – bu yorug’lik hisoblanadi. YOrug’lik fizikaviy
nuqtai nazardan olganda yorug’lik manbaidan chiqayotgan elektromagnit to’lqinlaridan
iborat energiya
nuridir. Bu yorug’lik nuri tirik organizmlar hayotida muhim rol o’ynaydi.
Ultrabinafsha nurlar orasida er yuzasiga etib keladigan faqat uzun to’lqin uzunlikdagilar to’lqin
uzunligi 290 - 380 nm) hisoblanadi. Qiska to’lqin uzunlikdagi nurlar esa tiriklikni halok qiluvchi hisoblanib,
20 - 25 km balandlikda O
3
molekulasidan tashkil toptan ozon ekrani tomonidan to’liq yutiladi. To’lqin
uzunligi uzun bo’lgan ultrabinafsha nurlar yuqori kimyoviy faollikga ega. Uning katta miqdori organizmlar
uchun zarar bo’lib, kamroq miqdordagisi esa ko’pchilik nurlar uchun zarur hisoblanadi.
Demak, yorug’lik manbai Quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Butun tushayotgan quyosh radiatsiyasining
– 2 foizi atmosfera orqali qaytariladi, 15 foizi
atmosferani isitishga ketadi, faqatgina 43 foizi er yuziga kelib
tushadi. O’simliklar tamonidan yil bo’yi qabul qilinadigan yorug’lik – faqatgina yorug’lik tezligiga bog’liq
bo’lib qolmasdan, u kunning uzunligiga ham bog’liq bo’ladi.
Kunning uzunligi ekvatordan kutblarga tomon oshib boradi. O’simliklar qoplami uchun butun yil
bo’yi qabul qilinadigan radiatsiya yig’indisi emas, balki yil davomida o’simliklar o’sish mavsumidagi
yorug’lik miqdori ahamiyatga egadir.
O’simliklar faqat o’ziga bevosita to’g’ri tushadigan yorug’likdan emas, balki tarqoq holda tushadigan
yorug’likdan ham foydalanadi.
To’g’ri tushadigan quyosh nurlari ko’pincha o’simliklar uchun xavfli bo’ladi. Chunki nurning tasiri
natijasida o’simliklar tsitoplazmasi va xlorofilllari nobud bo’ladi. Tarqoq holda tushadigan yorug’lik
o’simliklar tamonidan to’la o’zlashtiriladi. U foydaliroq bo’lib, uning 50 – 60 % fotosintez jarayoni uchun
muhim bo’lgan zangori - qizil nurlardan iboratdir. To’g’ri tushadigan yorug’likda bu xildagi nurlar miqdori
30 – 35 % dan oshmaydi.
YOrug’lik sezuvchi o’simliklarda barglar asosan kunning eng xavfli soatlarida radiatsiyani kam qabul
qilishga moslashgan. Barglar gorizontal tekislikka nisbatan
katta burchak bilan joylashgan, barglarning
bunday joylanishini daraxtlardan evkalipt, mimozada ko’rishimiz mumkin, juda ko’p o’tchil o’simliklarda
uchraydi. Masalai, yovvoyi lagun o’simligida hamma barglari shimoldan janubga tomon qaratilgan. Buning
natijasida tush paytlaridagi kuchli quyosh nurlari oz miqdorda qabul qilinadi. Bunday o’simliklarga kompas
o’simliklar deyilali. Quyosh yorug’ligi - turli xil to’lqin uzunligidagi, turli xil rangli nurlardan tashkil topadi.
Masalan, qizil, sariq-havorang, ko’k, zangori, binafsha rang. O’simliklar uchun yorug’lik spektrining
zangori - qizil, ko’k-binafsha nurlari muhimdir. Sariq-yashil nurlar, hammasidan ham kam yutiladi.
Infraqizil nurlar deyarli yutilmaydi. Yuqori harorat sharoitida infraqizil nurlar o’simlikka salbiy tasir qiladi.
Sababi, bu nurlar barg pigmentlari tamonidan yutilmasdan, balki to’qimalardagi suv tamonidan yutiladi, bu esa
o’simliklarning qizib ketishini vujudga keltiradi.
YOrug’lik yashil o’simliklar uchun juda zarur: fotosintez natijasida yutilgan yorug’lik
energiyasi
kimyoviy energiyaga aylanadi. O’simliklarning o’sishi, rivojlanishi uchun zarur hisoblangan organik
23
moddalar hosil bo’lishida ishtirok etadi. YOrug’likka bo’lgan talabiga qarab o’simliklarning quyidagi ekologik
guruhlari farq qilinadi:
1. YOrug’sevar o’simliklar (geliofitlar). 2. Soyasevar o’simliklar (stsiofitlar).
3. Oraliq o’simliklar (fakultativ geliofitlar).
1. YOrug’sevar o’simliklar - yorug’lik etarli bo’lgandagina normal o’sishi, rivojlanishi mumkin.
Bular soyaga chidamsiz bo’ladi. Bu guruhga dasht va cho’l zonalari o’simliklari, o’tloqlarda o’suvchi
yaltirbosh, ariq bo’yi va o’rmonlarning birinchi yarusini tashkil qiluvchi baland bo’yli daraxtlar,
qirg’oq va suv o’tlari, ochiq erlardagi ko’pchilik izdaniy o’simliklar kiradi. Ko’p yillik o’t
o’simliklarining efemeroid tipidagi hayot shakllari ham kiradi.
2. Soyasevar o’simliklar yoki soyada o’suvchilar - yorug’lik kuchsiz tushadigan joylarda o’sadi.
Ular kuchli yorug’likni yoqtirmaydi. Bularga, o’simlik qoplamining pastki yaruslarida o’suvchi
turlar, moxlar, paporotniklar, tog’ binafshasi misol bo’ladi. Undan tashqari ko’pchilik
xona va
o’simlik jamoasining pastki yarusidagi o’simliklar ham. YOrug’sevar va soyasevar o’simliklarni
solishtirib qaraganda ularning anatomiya, morfologiya, fiziologiyasida sezilarli farq borligini ko’rish mumkin
(jadval).
3. Fakultativ geliofitlar - yaxshi yorug’lik tushib turganda yashaydi, lekin soyaga ham chidamli
bo’ladi. Bu guruhga asosan o’rmon o’simliklari kiradi. Bu 3 ta ekologik guruh aniq bir chegaraga ega
emas, chunki ularning orasida bir-biriga o’tadigan shakllari bor.
Jadval -
YOrug’lik va soyasevar o’simliklarning asosiy xarakterli belgilari
Organlari
Yorug’sevar
Soyasevar
Ildiz tizimi
Kuchli rivojlangan
Kuchsiz rivojlangan
Poyasi
Bo’g’im oraliqlari nisbatan qisqa. Bo’g’im oraliqlari ancha uzun.
Barglari
Barg yaprog’i ko’pincha mayda,
qalin, qattiq, bazan etdor.
Barg yaprog’i odatda ancha yirik,
keng emas, yumshoq.
Epiderma ko’p qavatli, kutikula
yaxshi rivojlangan.
Epiderma bir qavatli, kutikula
bo’lmasligi mumkin.
Mexanik to’qima yaxshi
rivojlangan.
Mexanik to’qima kuchsiz
rivojlangan.
1 mm yuzada 300 -1000 gacha
og’izchalar bo’ladi.
1 mm yuzada - 15 - 80 gacha
og’izchalar bo’ladi.
Fotosintez jadal boradi.
Fotosintez o’rtacha boradi.
Nafas olish kuchli.
Nafas olish kuchli emas.
Hujayra osmotik bosimi yuqori.
Hujayra osmotik bosimi past.
Fotoperiodizm. Turli geografik zonalarda yorug’lik kunining uzunligi turlicha
yoki aytish mumkinki kun
bilan tunni almashinish xarakteri bir xil emas, ammo mo’tadil va sovuq, iqlimli zonalarda yoz oylari kun uzun,
tun qisqa, qish esa aksinchadir. Shuning uchun ham kunning uzun va qisqarishiga moslashish kelib chiqadi.
O’simliklarning kunning uzun yoki qisqarishiga munosabati fotoperiodizm deyiladi. Boshqacha
aytganda, o’simliklar generativ rivojlanishining, yani gullashining yoritilganlik mudadtiga bog’liqligi
fotoperiodizm deyiladi. Bu 1920 yilda Amerikalik olimlar V.Garner va Allard tamonidan kashf qilingan.
Ularning kuzatishi bo’yicha tamaki o’simligi issiqxonada bahorda va ko’zda gullagan, lekin ochiq joyda
gullamagan, bunga sabab kunning uzunligidir. Issiqxonada kunni suniy qisqartish yo’li bilan tamaki o’simligi
gullagan. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, o’simliklar malum darajada yorug’lik va qorong’ulik fazalarini
o’tkazgandan keyin gullash va urug’ bog’lashga o’tadi. Fotoperiodik reaktsiya belgilariga qarab o’simliklar
3 guruhga bo’linadi:
1. Qiska kun o’simliklari: bu o’simliklarning gullash fazasiga o’tish uchun sutkada 12 soat yoki
undan kamroq yorug’lik vaqti kerak (kanop, tamaki).
2. Uzun kun o’simliklari: bularning gullash fazasida bir sutkada 12 soatdan ko’proq vaqt