2
Tuzuvchilar:
Saparov A., Kurbanova A., Matmurtov M., Sherimbetov V., Xabibullaev A.
(Universitetlarning barcha fakultetlari talabalari uchun)
Ushbu maruzalar matnida umumiy ekologiya muammolari, tabiatni muhofaza qilish
masalalari bilan bog’lab o’rganiladi. Tabiat bilan jamiyatning o’zaro
tasirining ekologik oqibatlari,
tabiiy muhit sharoitlarini nazorat qilish va ularni boshqarish printsiplari, tabiatni muhofaza
qilishning barcha yo’nalishlarini umumiy printsiplari, ekologik tizimni sanoat chiqindilaridan
ximoya qilish yo’llari. Shuningdek Respublikamizda ekologik jixatidan toza maxsulot etishtirish,
atrof-muhitdagi salbiy ko’rinishlarining oldini olish tadbirlari haqida so’z yuritiladi.
Maruzalar matni universitetlarining barcha fakulteti talabalari uchun mo’ljallangan.
3
MA’RUZA – 1
Mavzu: Ekologiya faning predmeti, maqsadi va vazifalari. Asosiy tushunchalar
Reja:
Kirish
1. Ekologiyaning xozirgi zamon tushunchasi va uning vazifalari. Ekologik muammolarni kelib
chiqishining asosiy sabablari.
2. Ekologiyaning bo’limlari. Odum bo’yicha biospektr.
3. Ekologiya fanining asoslari.
4. Ekologiyaning tarixi.
Ekologiyaning xozirgi zamon tushunchasi va uning vazifalari. Organizmlarning yashash sharoiti va
ularning tashqi muhit bilan o’zaro munosabati, turlar, populyatsiyalar, biotsenozlar, ekotizmlar,
biosfera va
boshqa tushunchalar ekologiya fanining manbaini tashkil etadi. Shu bois, umumiy ekologiya, asosan, to’rt
bo’limga bo’lib o’rganiladi. Bular: autoekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera
haqidagi
talimot
Bugungi kunda ekologiya nafaqat mustaqil fan sifatida shakllandi, balki u mazmunan juda kengaydi.
Ekologiya o’rganadigan yangi sohalar ko’paydi, boshqacha aytganda, ekologiyaning yangi-yangi yo’nalishlari
paydo bo’ldi.
«Ekologiya» tushunchasi fanga birinchi bo’lib nemis olimi E.Gekkel tamonidan 1866 yil kiritilgan.
(«Organizmlarning umumiy morfologiyasi» asarida.)
Hozirda ommalashib ketgan bu atama yunoncha so’z bo’lib, «Oykos» - uy-joy; «logos» - fan degan
manoni beradi.
Ekologiya biologik fan bo’lib, u organizmlarning bir-biri va tashqi muhit sharoiti bilan o’zaro
munosabat qonuniyatlarini o’rganadigan fan hisoblanadi.
Organizmlarning moslashuvi (adaptatsiya) ni o’rganish sifatida bundan 100 yil avval shakllangan hozirgi
zamon ekologiyasi - tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning nazariy asosi hisoblanadi. U
o’ziga xos predmetga, vazifalarga hamda izlanish usullariga egadir.
Ekologiya antropogen va har xil omillar tasirida tabiatdagi bog’lanishlarning buzilishi to’g’risida
malumot beradi. Ekologiya tabiat resurslaridan oqilona foydalanishda va tabiatni muhofaza
qilishda ilmiy asos
bo’lib xizmat qiladi. Masalan; har yili o’rmon xo’jaliklari tabiatda o’suvchi dorivor o’simliklarni yig’ib olib
dori tayyorlash uchun topshiradi. Bunda agar yigib olinayotgan o’simliklar miqdori qayta o’sib chiqayotgan
o’simliklar miqdoridan oshsa unda o’simliklar sekin-asta yo’qola boshlaydi. Shuning uchun dorivor
o’simliklarni yig’ish faqatgina ilmiy asoslangan meyorlar asosida terib topshirilishi kerak. Bu meyorlar va
yig’ish mudadtlari o’simliklar jamoasida qayta tiklanish uchun asos bo’lishi kerak.
Ekologiyaning predmeti - organizmlar guruhi va tashqi muhit orasidagi bog’lanishlarning tuzilishini,
unga bog’liq bo’lgan jonlanish, taraqqiy etish, tarqalish va
konkurentlik xususiyatlarini; tirik tabiat qanday
tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson tasiriga qanday javob beradi, - bularning
hammasi Ekologiyaning predmeti hisoblanadi.
Hozirgi paytda
Ekologiyaning asosiy vazifalarini quyidagicha tariflash mumkin:
- Hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson tasirini hisobga olgan holda o’rganish;
- Insonning xo’jalik faoliyati tasirida tabiatda ro’y beradigan o’zgarishlarni oldindan bilish;
- Biosferadagi kechayotgan jarayonlarni o’rganish,
boshqarish, bashorat qilish, inson yashaydigan muhitni
saqlab qolish;
- Buzilgan tabiiy tizimlarni tiklash; shu jumladan foydalanishdan chiqarilgan qishloq xo’jaligi ekin
maydonlarini yana ishga solish (rekultivatsiya), yaylovlarning tuproq hosildorligini, suv
havzalari va
boshqa ekotizimlarning mahsuldorligini tiklash;
- Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalar.
Ekologik muammolarni kelib chiqishining asosiy sabablari. Bizning ona sayyoramiz nisbatan yosh
samoviy jism hisoblanadi. Uning yoshi taxminan 4,6 million yilga teng. Olimlarning fikricha, moddiyatning
tadrijiy takomili qonuniyati natijasida bundan uch milliard yil ilgari Erda hayot vujudga kelgan va biologik
qatlam rivojlana boshlagan. Turli populyatsiyalar hamda turlardan tashkil topgan flora va faunalar paydo
bo’lgan, o’simlik va hayvonat olami turlari hamda populyatsiyalari o’rtasida malum munosabatlar shakllangan.
Erdagi hayot tadrijiy takomili (evolyutsiyasi)ning dastlabki bosqichi yakunida o’simliklar va hayvonlar