|
Mavzusidagi ma’ruzasi tabiiy fanlarni o’qitishda interfaol metodlarning o’rni
|
səhifə | 3/5 | tarix | 24.12.2023 | ölçüsü | 60,94 Kb. | | #159993 |
| tabiiy fan interfaol sadoqatgaBahs-munozara” metodi - biror mavzu bo’yicha tahlim oluvchilar bilan o’zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o’tkaziladigan o’qitish metodidir.
Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo’llaniladi. Bahs-munozarani boshqarib borish vazifasini tahlim oluvchilarning biriga topshirishi yoki tahlim beruvchining o’zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir tahlim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda tahlim oluvchilar orasida paydo bo’ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak.
“Bahs-munozara” metodini o’tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
Quyida (7-chizma) “Bahs-munozara” metodini o’tkazish tuzilmasi berilgan.
7-chizma. “Bahs-munozara” metodining tuzilmasi “Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
Tahlim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab chiqadi.
Tahlim beruvchi tahlim oluvchilarga muammo bo’yicha savol beradi va ularni munozaraga taklif etadi.
Tahlim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, yahni turli g’oya va fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun tahlim oluvchilardan birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda tahlim beruvchi tahlim oluvchilarga o’z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.
Tahlim beruvchi tahlim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va g’oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.
Tahlil natijasida qo’yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi.
“
Dostları ilə paylaş: |
|
|