1. Iste’molchilar xatti-harakatining tahlili
Iste’molchi
– bozor mexanizmining asosiy subyektlaridan biri bo‘lib
uning
bozordagi iqtisodiy ahamiyati va roli juda muhim hisoblanadi. Aynan
iste’molchilarning u yoki bu tovarni sotib olishiga bo‘lgan
talabi bozor talabini
keltirib chiqaradi, narxlar muvozanatini, real sotuv xajmini belgilab beradi. Bozorga
chiqishda iste’molchi o‘z oldiga yagona bir maqsadni ya’ni, maksimal ravishda o‘z
ehtiyojlarini qondirish va bu iste’moldan yuqori naflilikka erishishni ko‘zda tutadi.
Iste’molchi ishlab chiqaruvchi kabi o‘z tanlovida absolyut erkin emas. U nafaqat o‘z
hoxish istagiga, shuningdek daromadiga qarab xaridlarni amalga oshiradi.
Iste’molchilarning xatti-harakatini uch bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiqdir.
Birinchi bosqichda
iste’moldagi afzallik o‘rganiladi. Bunda
iste’molchi bir tovarni boshqasidan ortiq ko‘rishi mezonlarini aniqlash mumkin.
Ikkinchi bosqichda
iste’molchilar
byudjetining chegaralanishiga, ya’ni iste’mol
tovarlarini xarid etishda chegarali daromadga duch kelishlari ko‘rib chiqiladi.
Iste’molchilar daromadi turli tovarlar narxiga qarab ularga ma’lum chegarali
to‘plamdagi tovarlar sotib olish imkonini beradi.
Uchinchi bosqichda
iste’molchi
nimani afzal ko‘rishini byudjetning chegaralanishi bilan birga qo‘shib iste’molchi
tanlovi aniqlanadi.