nerv sistemasining quyi bo‘limlarida - po‘stloq ostidagi yadrolar, miya stvoli,
orqa miyada - refiektor reaksiyalar irsiyat yo‘li bilan mustahkamlangan. Katta
yarimsharlar po‘stlog‘ida nerv aloqalari individual hayot jarayonida vujudga
kelgan. ONF negizida tug‘ma sharsiz reflekslar
bilan ontogenez jarayonida
orttirilgan shartli reflekslarning o‘zaro munosabati yotadi. Odamlarda maxsus
ong
mazmunini tashkil etuvchi suz, matematik simvollar,
badiiy adabiyot
obrazlari shaklida ifodalanuvchi ikkinchi signal sistemasi qo'shiladi. I.P. Pavlov
I.M. Sechenov g‘oyalarini
taraqqiy ettirib, oliy nerv faoliyati haqidagi
ta ’limotni yaratdi.
Orqa miya, medulla spinaliz -
markaziy
nerv sistemasining umurtqa
pog‘onasi ichida joylashgan qismi. Orqa miya bo‘yin, ko‘krak, bel va dumg'aza
bo'limlaridan iborat boiib segmentar tuzilishgan ega. Orqa miya funksional
jihatdan refiektor markaz (harakat, artinish, yozilish
reflekslari va boshqa
reflekslarning markazlari joylashgan) va o ‘tkazuvchi yo‘l (bosh miyaning turli
organlari bilan bog'lab turadigan tolalari bor) bo‘lib xizmat qiladi. Uning
barcha faoliyati bosh miyaning yuqori qismlari tomonidan boshqariladi.
Oshqozon
osti bezi,
me ’da osti bezi
- ikki
xil vazifani bajaruvchi bez, ovqat
hazm bo‘lishda qatnashuvchi asosiy shira - oshqozon osti bezi shirasini o‘n ikki
barmoq ichakka ajratib turadi. Bezdagi Langergans orolchalari tomonidan
esa to ‘g‘ridan-to‘gvri qonga faol gormonlar (insulin, glyugon, somatostatin,
pankreatik polipeptid) ishlab chiqariladi va ular organizmda sodir bo‘ladigan
moddalar hamda energiya almashinuviga kuchli ta'sir ko‘rsatadi.
Rezus - omil
- odam va maymunlardan
makakaning rezus qonidagi
eritrotsitlarda uchravdigan antigen (agglyutinogen). Uni birinchi bo‘lib
avstriyalik olimlardan K.Landshteyner va A.Vinnerlar aniqlashgan (1940).
Bu antigen birinchi marta makaka - rezusda topilganligi uchun uning nomi
rezus-faktor deb yuritiladi. Odamlar qonida u uchrasa musbat, uchramasa rezus
manfiy deb ataladi. Rezus - omil nasldan naslga beriladi,
umr davomida
o‘zgarmaydi. Rezus - musbat qonga rezus - manfiy qon quyilsa qon aralashtirish
bilan bog'liq turli kasalliklar yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: