`
101
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
ARXIVLARDA ARXIV HUJJATLARINI SAQLASH
Xoldarov Shukurillo Ulug’bek o’g’li
Ro`ziboyev Zafarbek
1
Andijon davlat universiteti
Tarix fakulteti talabasi
2
Andijon Davlat Pedagogika Instituti
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Fizika astronomiya yo`nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7588629
Annotatsiya: ushbu maqola hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri arxivlarda
arxiv hujjatlarining saqlanishi,hujjatlar saqlovidagi me’yoriy
tartiblar,saqlash
vositalarining tashkil etilishi va saqlovxonalar haqida.
Kalit so’zlar: saqlov birliklari, saqlovxona,
arxiv hujjatlari, topografik
ko’rsatkichlar, yorliq, fond.
Abstract: this article is about one of the urgent issues of the present day: storage
of archival documents in archives, normative procedures for document storage,
organization of storage facilities and storage facilities.
Key words: storage units, storage,
archival documents, topographic indicators,
label, fund.
Kirish: Bugungi kunda milliy arxivlarimiz tizimi doirasidagi arxivlarimizda
hujjatlarni saqlash,tartiblash eng dolzarb muammolar qatorida sanaladi.Shundan
ham bilsak bo’ladi ushbu jarayon murakkab va ahamiyatlidir.Arxivlarda
arxiv
hujjatlarini saqlash me’yoriy sharoitlarni yaratish,me’yoriy tartiblarga rioya etish
va hujjatlarni saqlovini to’g’ri tashkil etish,yo’qolishi va o’g’irlanishini bartaraf
etuvchi,shuningdek ularning normal fizik holatini
saqlab turuvchi tadbirlar
kompleksi orqali ta’minlanadi.Arxivlarda ushbu hujjatlarni saqlashdagi amalga
oshiriladigan me’yoriy sharoitlar quyidagilar asosida ta’minlanadi:
arxivlarga mos bino va xonalar ajratish;
arxiv binolari va xonalarida maqbul yong’inga qarshi,qo’riqlash,harorat va
namlik,yorug’lik,sanitariya-gigienik
sharoitlar yaratish;
arxiv hujjatlarini saqlash va joyini o’zgartirish uchun maxsus vositalarni
qo’llanish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Arxiv arxiv hujjatlarini saqlash uchun maxsus qurilgan yoki moslashtirilgan
binoda yong’in kelib chiqishi xavfi bo’lgan obyektlar
va havoni ifloslantiruvchi
sanoat obyektlaridan uzoqda joylashtiriladi.Arxiv binosi arxivning hujjatlarni
saqlash,qayta ishlash,ulardan foydalanish bo’yicha belgilangan va ma’muriy-
xo’jalik,texnik,maishiy
xarakterdagi
vazifalarni
bajarishga
mo’ljallangan,xonalarni oqilona joylashtirish talablariga mos asosiy va yordamchi
xonalar kompleksidan iborat bo’ladi.Asosiy maqsaddagi xonalar arxiv