Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71
islom huquqi

Ikkinchi guruhni 
Pokiston, Yaman, Liviya, Sudanning huquqiy 
tizimlari tashkil etadi. Garchi tizimning bevosita ta’sir doirasi birinchi 
guruh mamlakatlaridek keng qamrovli bo‘lmasa-da, so‘nggi vaqtlarda esa 
bu ta’sir kuchaygan. Musulmon huquqining tamoyil va normalari mazkur 
mamlakatlarning konstitutsiyaviy tusdagi asosiy hujjatlariga, davlat 
mexanizmi tarkibi va faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, Yaman 
Arab Respublikasining 1970-yilgi konstitutsiyasiga ko‘ra, parlament 
shaklidagi oliy vakillik idorasi (1971–1975-yillarda faoliyat yuritgan) 
rasmiy «maslahat kengashi» deb ataldi. 1978-yilning boshida 
boshqaruvning prezidentlik shakliga o‘tishi to‘g‘risida qabul qilingan 
qaror aksariyat «xalifai roshidin»larning mukammal musulmon davlati 
tajribasiga asoslangan edi. Maslahat kengashi davlat boshlig‘ining to‘la 
hokimiyatini ta’minlangan holda, sof maslahat vazifalarini ado etardi 
(1982-yildan 1985-yilgacha faoliyat yurgizdi). Livanda esa 1977-yilning 
boshida Qur’on umuman «jamiyat qonuni» deb e’lon qilinib, u amalda 
Konstitutsiyaning o‘rnini egalladi. 
Zikr etilgan to‘rt mamlakatda musulmon huquqiga rasmiy ravishda 
asosiy mavqe berilgan. Masalan, 1973-yilgi Pokiston Konstitutsiyasida 
musulmon huquqi qonunchilikning asosiy manbai sifatida mavqeini 


158
mustahkamladi, Sudanning 1985-yildagi muvaqqat Konstitutsiyasi esa 
musulmon huquqining oddiy huquq bilan birgalikda asosiy huquqiy 
manbasi ekanligini mustahkamladi. 1977-yilda Pokiston Islom mafkurasi 
kengashi tuzildi, u mamlakatda amalda bo‘lgan qonunchilikni musulmon 
huquqiga muvofiqlashtirishga doir takliflarni tadqiq etadi. Uning tavsiya-
siga binoan tezda mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotini islomlashtirish 
to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. 1971-yilda Liviya Inqilobiy qo‘mon-
donligi Kengashi mamlakatning qonunlariga musulmon huquqi ruhidagi 
tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bunday 
umumiy yo‘riq mazkur mamlakatlarda qabul qilingan qator huquqiy 
hujjatlarda ham muayyan tasdig‘ini topdi. Masalan, musulmonlarga 
islomning asosiy tamoyillariga muvofiq keluvchi barcha sharoitlarni 
ta’minlash zarurligi to‘g‘risida Konstitutsiyaga, shuningdek zikr etilgan 
islomlashtirish haqidagi qonunga tayanib, Pokiston ma’muriyati 1979-
yildan boshlab «musulmon turmush tarzi»ni o‘rnatishga qaratilgan 
normativ-huquqiy hujjatlarni, jumladan, sudxo‘rlik, zakot va ushr 
to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qilgan. Shuningdek, qator jinoyat qonunlari 
ham joriy etilgan. Liviyada 1972-yildayoq zakot, xususiy shaxslar 
o‘rtasidagi qarz oldi-berdilarida foiz to‘lovlarini taqiqlash, o‘g‘rilik va 
talonchilik uchun qo‘l va oyoqlarni chopib tashlash kabi jazolarni 
tayinlash to‘g‘risidagi qonunlar kuchga kirdi. Shundan keyin ikki yil 
davomida qabul qilingan qonunlarga, er-xotinlikka xiyonat qilish va 
spirtli ichimliklar iste’moli uchun musulmon huquqining Molikiylik 
tariqatidagi xulosalar asos qilib olindi. 
Yaman Arab Respublikasida 1976–1978-yillarda musulmon huquqi 
normalarini kodekslashtirish amalga oshirildi. Komissiyaning tashabbusi 
bilan hadya etish va vaqflar, qotillik va tan jarohatlar yetkazganlikda qon 
uchun to‘lanadigan tovon miqdorini (diya) belgilash to‘g‘risidagi 
qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, oila va protsessual kodekslar kuchga 
kirdi, jinoyat kodeksining aksariyat musulmon huquqi tuzuklari 
o‘zlashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjatlardagi qoidalarda 
musulmon huquqining eng mutanosib tamoyil va normalari o‘z aksini 
topgan. 
Sudanda ham huquqiy tizimni shakllantirish borasidagi dadil qadam-
lar qo‘yildi. 1983-yilda bu yerda musulmon delikt huquqining asosiy 
tuzilmalarini qabul qilgan jinoyat qonunchiligi kuchga kirdi va u amalda 
keng qo‘llanilmoqda (uning amal qilishi barcha fuqarolarga, jumladan 
janubiy viloyatlarda yashab turgan musulmon bo‘lmagan fuqarolarga ham 
taalluqli). 1985-yilning aprelida Nimeyrining reaksion idora usuli 


159
tugatilgach, Sudan rahbariyati mazkur qonunchilikni amaldan to‘xtatish 
to‘g‘risidagi maqsadini e’lon qildi. Bu borada gap umuman musulmon 
huquqidan voz kechish to‘g‘risida bo‘lmay, balki ilgarigi hujjatlarni 
yangilari, ya’ni haqiqiy normalarni qo‘llash nazarda tutilganlari bilan 
almashtirish to‘g‘risida bordi. 
Fors qo‘ltig‘idagi qator mamlakatlar – Birlashgan Arab Amirliklari, 
Bruney, Malayziyaning ayrim shtatlari huquqiy tizimlarini mustaqil 
guruhga ajratib tahlil etish zarur. Mazkur mamlakatlarning asosiy 
qonunlari, odatda, islomning davlatga oid tavsifini mustahkamlab, 
musulmon huquqi qonunchilikning asosiy manbai ekanligini nazarda 
tutadi. Monarxiya usulida boshqariladigan bunday mamlakatlarning 
ba’zilarida monarx huzurida maxsus maslahat muassasalari – 
boshqarishning mumtoz musulmon andozasiga o‘xshash tuzilmalar barpo 
etilgan. Masalan, Abu-Dabi va Qatarda hukmdorlar tayinlaydigan ken-
gashlar mavjud. Birlashgan Arab Amirligida esa bu amirliklar – fede-
ratsiya a’zolari tomonidan vakil qilish orqali shakllanadi. Amirliklarning 
aksariyatida qonun hujjatlari hukmdorning o‘zi tomonidan shaxsan qabul 
qilinadi, lekin bunda maslahatlashish jarayoniga rasmiy ravishda rioya 
qilinadi. Mazkur mamlakatlarning saylov huquqida musulmon an’analari 
ta’siri saqlanib qolgan. Masalan, 1982-yilning boshida Quvayt parlamenti 
ayollarga saylov huquqini berish to‘g‘risidagi qonun loyihasining islom 
tamoyillariga zidligi bois, rad etdi. 
Zikr etilgan guruhdagi davlatlar huquqiy tizimlarida ham musulmon 
huquqining ta’siri sezilarli bo‘lmoqda. Lekin bunday ta’sir yuqorida 
eslatilgan ikki huquqiy tizimdagidek maqomda emas. Masalan, 1960-
yildagi Quvayt Jinoyat kodeksi (1964-yildagi to‘ldirishlar bilan) va 1976-
yilgi Bahrayn Jinoyat kodeksi spirtli ichimliklarni iste’mol qilganlik va 
qimor o‘yinlari uchun jazoni nazarda tutadi. Bruneyda ham spirtli 
ichimliklar bilan savdo qilishni cheklash to‘g‘risida qonun qabul qilingan. 
Abu-Dabida bosqinchilik uchun qo‘lni chopib tashlash joriy qilingan. 
Birlashgan Arab Amirligi qonunchiligi machitlarning imom va xatiblari 
huquqiy maqomini batafsil mutanosiblashtiradi. Bahraynda esa haj 
safarini tashkil etish va zakot fondi to‘g‘risidagi qonunlar amal qilmoqda. 
Bruney va Malayziyada musulmon delikt huquqining normalari diniy 
majburiyatlar: namoz, zakot to‘lovi, ro‘za tutish qoidalarini buzganlik 
uchun qo‘llaniladi. 
Ko‘p sonli guruhning aksariyatini arab mamlakatlarining huquqiy 
tizimlari tashkil etadi. Ushbu guruhga Misr, Suriya, Iroq, Livan, 
Marokash, Iordaniya, Jazoir, shuningdek Afrikaning qator mamlakatlari – 


160
Somali, Mavritaniya, Nigeriyaning shimoliy shtatlari va Osiyodagi 
Afg‘oniston kabi mamlakatlarning huquqiy tizimlarini kiritish mumkin. 
Mazkur guruhga kiruvchi mamlakatlar huquqiy tizimlariga musulmon 
huquqi bir necha jihatlardan ta’sir ko‘rsatgan. Ularning konstitutsiyaviy 
huquqi, odatda, musulmon huquqining mavqeini mustahkamlaydi. Ushbu 
davlatlarning konstitutsiyalarida davlat boshlig‘i faqat islom dinidagi 
shaxs bo‘lishini, musulmon huquqi esa qonunchilikning asosiy manbai 
ekanligi nazarda tutiladi. Mazkur konstitutsiyaviy holat amalda huquq va 
sud tuzilishining boshqa tarmoqlarida ham joriy etiladi. Masalan, zikr 
etilgan mamlakatlarning ko‘pchiligida oila huquqi bo‘yicha butunlay 
musulmon huquqiga asoslangan qonunlar qabul qilingan. Livanda 1920-
yil qabul qilingan oila to‘g‘risidagi Usmon qonunining amal qilishi, 1920 
va 1929-yillarda Misrda oila qonuni, Suriyada 1953-yilgi shaxsiy maqom 
haqidagi qonun, Iroq, Tunis, Marokash, Jazoir kabi mamlakatlardagi 
qonunlar shular jumlasidandir. Qator mamlakatlarning fuqarolik 
kodekslarida (masalan, Misr, Suriya, Iroq) vorislik va vasiyatlarga oid 
barcha masalalar musulmon huquqi va unga asoslangan qonunlar orqali 
hal qilinadi. 
Boshqa tarmoqlarda musulmon huquqi bu qadar keng ko‘lamda amal 
qilmaydi. Biroq uning ayrim normalarining ta’siri seziladi. Fuqarolik 
huquqida, bundan tashqari, qonunda mutanosiblashtirilmagan holatlarda 
uning qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi. Chunonchi, Misr, Suriya, Iroq, Jazoir, 
Afg‘oniston Fuqarolik kodekslarining ilk moddalarida qonundan 
normalar topilmaganda, hakam musulmon huquqining normalarini 
qo‘llaydi, deyilgan. Mazkur mamlakatlar Fuqarolik kodekslarining 
moddalari musulmon huquqining ko‘plab va muayyan qoidalarini qishloq 
xo‘jaligi va vaqf yerlarini ijaraga olish, qarzni ko‘chirish kabi masalalarni 
yoritish orqali mustahkamlaydi. Ushbu mamlakatlarning fuqarolik 
huquqida muayyan, jumladan ko‘chmas mulkka egalik huquqini 
mutanosiblashtiradigan mavqeini vaqf mulkini idora qilish to‘g‘risidagi 
musulmon huquqiy normalari belgilaydi. Bunday holat huquqning boshqa 
tarmoqlarida, masalan, Marokash va Shimoliy Nigeriyaning Jinoyat 
kodekslarida ham kuzatiladi
1
. 1976-yilda qabul qilingan Afg‘oniston 
Jinoyat kodeksi ham qotillik, talonchilik, spirtli ichimliklarni iste’mol 
qilish, o‘g‘rilik, er-xotinlikka xiyonat qilish va hokazolar uchun mu-
sulmon huquqi bo‘yicha jazolashni nazarda tutadi. 
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ
:

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə