404
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
«TASDIQLAYMAN»
Buxoro davlat tibbiyot instituti
_________________SH.J. Teshaev
«_____» _______________2021 y
KLINIK RESTAVRATSION STOMATOLOGIYA
MODUL DASTURI
Bilim sohasi:
|
900 000 –
|
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
|
|
|
|
Ta’lim sohasi:
|
910 000 –
|
Sog‘liqni saqlash
|
|
|
|
Ta’lim o‘nalishi:
|
60910100
|
- Stomatologiya
|
Buxoro-2021
Modul kodi
KRS1;34;10
|
O‘quv yili
|
Semestr
3-4
|
Kreditlar
8
|
Modul turi
Majburiy
|
Ta’lim turi
O‘zbek/ rus
|
Haftadagi dars soatlari
3-sem.-4soat
4-sem.-5soat
|
Fan nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari
(soat)
|
Mustaqil
ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Klinik restavratsion stomatologiya
|
18/63/81
|
126
|
288
|
I. Fanning mazmuni
Klinik restavratsion stomatologiya moduli o‘quv rejaning klinik modullar blokiga taalluqli bo‘lib, 2 kursda o‘qitiladi va mutaxassislik modullarining oldingi bosqichlaridan hisoblanadi. Ushbu dastur asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘qitish jarayonida qo‘llagan holda, talabani nazariy ma’lumotidan boshlang‘ich amaliy ko‘nikmalarni fantomlarda bajarishga o‘rgatib va orttirilgan ko‘nikmalarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali klinik amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda qo‘llashga imkon yaratadi.
Dasturning maqsad va vazifalarini echimi yakunida talaba gorizontal va vertikal integratsiya jarayonlarida olgan bilim va amaliy ko‘nikmalarni klinik uyg‘unlashtirib, etuk, raqobatbardosh, mustaqil klinik fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan umumiy amaliyot stomatologi bo‘lib shakllanadi. Dastur asosiy stomatologik kasalliklarning klinikaviy tekshirish usullari, ularning tashxislash, davolash va profilaktika asoslarini o‘z ichiga qamraydi, bo‘lg‘usi umumiy amaliyot vrachlarida klinik fikrlash, kasallik va uning belgilarini asoslash uchun zamin yaratib beradi.
Klinik restavratsion stomatologiya moduli 2-kursning III-IV semestrida o‘qitiladi.
Modulni o‘qitish uchun tibbiy biologiya, umumiy genetika, biofizika, tibbiy kimyo, biokimyo, anatomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya, farmakologiya, preklinik restavratsion stomatologiya modullari nazariy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Klinik restavratsion stomatologiya moduli keyinchalik klinik modullar jumladan, klinik endodontiya, olinadigan tishlar bilan protezlash, olinmaydigan tishlar bilan protezlash, parodontologiya, ortopedik stomatologiya propedevtikasi, stomatologik kasalliklar profilaktikasi modullari uchun nazariy zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |