7.
O„quvchilar jamoasi bilan o„tkaziladigan mashg„ulotlar oldidan maktabga
kelganingizda siz qanday taassurotni his etasiz? Batafsil tahlil qiling.
8.
Ma‟lumki, tanaffus payti – ta‟lim muassasasi hayotida sershovqin payt. Bu
vaqtda sizni qanday his-hayajon qamrab oladi:
befarqlik, asabiylashish
holati, charchoq va toliqish, o„quvchilarni kuzatish va ayrimlariga tanbeh
berish istagi, bu ko„rinishdan qoniqish hissi?
9.
Dars oldidan o„qituvchilar xonasidasiz: sinf jamoasi bilan bo„lajak
muloqot haqida o„ylaysizmi, bu o„y va fikrlar ishchanlik kayfiyatingizga
qanday ta‟sir etadi?
10.
Sinfga kirib kelishingiz, o„quvchilar bilan salomlashish, umuman darsning
boshlanishi, ushbu vaziyatlar sizga qanday ta‟sir etadi (tez harakat
qilishga da‟vat etadi, ishchanlik kayfiyatini uyg„otadi, tetiklantiradi,
ko„ngillarga yaxshi kayfiyat bag„ishlaydi, umuman ta‟sir
qilmaydi va
hokazo.)?
11.
Dars jarayonida o„zlashtirmovchi va intizomsiz o„quvchilarga nisbatan
asabiylashish holatingizni oson bartaraf eta olasizmi?
12.
Siz uchun o„quvchilar bilan dars jarayoni qiziqarlimi, yoki o„zingizni
ko„proq betaraf his qilasizmi?
13.
Sinf jamoasi bilan munosabatlar yo„lga qo„yilmasa, o„zingizni qanday his
qilasiz: qayg„urasiz, munosabatni yaxshilashga urinasiz, befarqsiz, o„z
aytganingizni
majburlab
bajartirasiz,
o„quvchilar
fikrini
ham
ma‟qullaysiz?
14.
Dars jarayoni yaxshi o„tganidan qoniqishni his qilasizmi?
Bu sizning
ishchanlik kayfiyatingizga ta‟sir etadimi, o„quvchilar bilan muloqot qilish
zaruriyatini keltirib chiqaradimi?
15.
O„quvchilaringizni ko„chada, mahallada ko„rib qolgan paytlaringizda, ular
bilan suhbatlashish istagi paydo bo„ladimi?
16.
Transportda, ko„chada yurgan betaraf vaziyatlaringizda o„quvchini
kuzatib, uning ruhiy holatini tushunish istagi paydo bo„ladimi?
17.
Sinfda dars o„tish davomida siz uchun ma‟lum bo„lgan holatni tahlil
qiling: o„quvchilarni tushunishga intilish, ularning kayfiyatini va ruhiy
kechinmalarini his qilish, sinf jamoasining kayfiyatidan qat‟iy
nazar
belgilangan dars rejasini amalga oshirish.
18.
Darsga tayyorlanayotgan paytingizda yangi mavzuni o„rganish bo„yicha
turli pedagogik texnologiyalarni tanlash bilan bir qatorda, o„quvchilar
bilan muloqotga kirishish variantlarini ham o„ylab olasizmi?
19.
O„quvchidan jahlingiz chiqsa, sizning asabiylashgan holatingiz uzoq vaqt
davom etadimi?
20.
O„qituvchilik
kasbingizni
o„zgartira
olarmidingiz?
Agarda
o„zgartirsangiz, qaysi kasbni tanlagan bo„lardingiz?
III.
1.
O„quvchilar bilan odatiy, nisbatan barqaror pedagogik muloqot usullari
sizda shakllanganmi yoki yo„qmi: uni tahlil qiling?
2.
Siz tanlagan muloqot usullari pedagogik faoliyatingizda sizga qanchalik
yordam beradi deb o„ylaysiz?
3.
Siz o„zlashtirgan muloqot usullari dars jarayonida paydo bo„ladigan
kutilmagan vaziyatlarda qanday ahamiyatga ega?
4.
Siz odamlar bilan kundalik muloqot qilish va sinf jamoasiga dars o„tish
davomida o„quvchilar bilan bo„ladigan muloqotni farqlay olasizmi? Agar
farqlasangiz, bu farqlar nimalardan iborat?
5.
Sinfdagi pedagogik muloqotingiz paytida
odamlar bilan kundalik
muloqotdan farqli nimalar paydo bo„ladi?
6.
Sinf jamoasi bilan pedagogik muloqot usullarini, ba‟zan kishilar bilan
odatiy kundalik muloqot qilish vaziyatiga ko„chirgan holatlaringiz
bo„ladimi? Tahlil qiling.
O„tkazilgan o„z-o„zini kuzatish asosida, o„zingiz
uchun dilkashlik
xususiyatlarini kasbiy fazilat sifatida ahamiyatini aniqlang, shunda siz o„quvchilar
bilan muloqot jarayonida pedagogik faoliyatingizdagi asosiy kamchiliklardan kelib
chiqqan
holda
o„zingiz uchun
Dostları ilə paylaş: