1 savolning javobi
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-
iyundagi ―O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‗zbekistonning
eng yangi tarixi bo‗yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish
to‗g‗risida‖gi qarorini o‗qib...
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-
iyundagi ―O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‗zbekistonning
eng yangi tarixi bo‗yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish
to‗g‗risida‖gi
qarorini
o‗qib...
Mustaqillik yillarida O‗zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan
voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‗liq o‗zgarishlarga yuz tutdi. Fan
taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‗zbekiston tarixchilari zimmasiga
jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy
darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‗nalishlarni o‗zlashtirish kabi
vazifalarni
yuklamoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi ―O‗zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi huzurida O‗zbekistonning eng yangi tarixi bo‗yicha jamoatchilik
kengashi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi qarori kengash ishidagi
kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‗onaga ko‗tarish hamda bu boradagi
ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir.
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‗zbekistonning eng yangi tarixini tizimli,
haqqoniy va xolis tarzda o‗rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‗quv-
uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‗rni va rolini
ko‗rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‗yilgan. Mazkur hujjatda ko‗rsatilgan
vazifalarni bir-birini to‗ldiruvchi ikki yo‗l orqali ro‗yobga chiqarish lozim.
Birinchi yo‗l – yangi avlod ilmiy va o‗quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‗l –
mavjud
bilimlarni
yoshlarga
targ‗ib
etish
va
o‗qitish.
O‗zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‗z yuritilganda, biz uchun, avvalo,
mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‗tgan tarixiy yo‗li mohiyati va
mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini,
mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday
muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‗zbek jamiyatida qadimgi
davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‗zini o‗zi boshqarishning jamoa
shakli, mahalla yig‗inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud
edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an‘anaviy funksiyalar
bajarilishining o‗zi bilan qanoatlanib bo‗lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi
davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‗ldirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng
muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom
Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini
ta‘minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik
tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e‘tibor qaratgan.
Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi
hukmronligini
o‗rnatgan
edi.
Fuqaroning
huquqiy
himoyalanmagani,
boshqaruvning ma‘muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning
tazyiq ostiga olinishi ko‗p odamlarda chorasizlik tuyg‗usini uyg‗otib, real hayotdan
uzoqlashish istagini oshirdi. ―Siyosiy autsayderlar‖ deb ataluvchi kishilar sonining
o‗sishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab
bo‗ldi.
Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‗lgan ijtimoiy ongning
retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev ushbu holatni nazarda tutgan holda O‗zbekistondagi siyosiy
partiyalarni jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni ta‘kidladi: ―Ochiq aytish kerak,
siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‗tirish
kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‗lmagan majlislar soatlab davom
etmoqda, tanqidiy tahlil o‗rniga mayda masalalar bilan o‗ralashib, dolzarb
muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda‖. Bugun kuchli fuqarolik
jamiyatni qurish vazifasi tobora ko‗proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga
oshirilishi real va faol ko‗p partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir.
O‗zbekistonning eng yangi tarixini o‗rganishda yuqorida ta‘kidlab o‗tilgan
vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‗zbek modelining
konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya
jarayonlarida ishtiroki bilan bog‗liq masalalarning to‗g‗ri va haqqoniy tahlilini
xalqimiz
va
kelajak
avlodga
yetkazish
burchimizdir.
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy
davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini
o‗rganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‗quv-metodik, ma‘rifiy adabiyotlarni
tayyorlash va chop etish borasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri.
Institutda O‗zbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi ―Yangi
va eng yangi tarix‖, ―Etnologiya va antropologiya‖, ―Tarixshunoslik va
manbashunoslik‖ bo‗limlari faoliyat ko‗rsatmoqda. Bu yerda eng yangi tarixni
o‗rganishda tarix, xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya,
etnologiya, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi
fanlararo yondashuvlar tahlili amalga oshirilmoqda. Yana ahamiyatli jihati,
institutning olti nafar yetakchi olimi Jamoatchilik kengashi a‘zosi hamdir.
Olimlar tomonidan ―Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor‖, ―O‗zbekistonning eng
yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‗rganish tajribasi, manba va uslublar‖,
―O‗zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida‖, ―O‗zbekistonning
eng yangi tarixidan lavhalar‖, ―Farg‗ona vodiysi shaharlarida iqtisodiy
transformatsiya
jarayonlari
(1991-1996-yillar)‖
kabi qator to‗plam va
monografiyalarning nashr etilishi O‗zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga
oshirilgan
qator
ilmiy-tadqiqot
loyihalar
natijasi,
deyish
mumkin.
Institutda xorij davlatlari bilan hamkorlikda ishlash yanada takomillashib
borayotir. Bugun ―Yangi va eng yangi tarix‖ bo‗limi xodimlarining ilmiy
ishlanmalarini chet elda nashr etilgan yigirmadan ortiq monografiyada o‗qish
imkonimiz bor ekanligi quvonarli. Bundan tashqari, Rossiya, Germaniya,
Yaponiya, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Shveytsariya,
Shvetsiya, Gollandiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Turkmaniston kabi davlatlar
ilmiy nashrlarida yuzdan ortiq maqola chop etilgan. Bo‗lim xodimlari eng yangi
tarixning dolzarb masalalariga bag‗ishlangan va jahonning turli mamlakatlarida
o‗tkazilgan o‗nlab nufuzli xalqaro konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqda.
Bugungi kun talab va ehtiyojlari asosida institut xodimlari va yetakchi malakali
mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ―O‗zbekiston Respublikasining eng yangi
tarixi‖ darsligi chop etilish arafasida. Jamoamiz O‗zbekiston tarixi davlat muzeyi,
―Qatag‗on qurbonlari xotirasi‖ muzeyi, O‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
davlat muzeyi bilan hamkorlikda ishlab, ularga doimiy amaliy ko‗mak berib
kelmoqda. Shu bilan birga, institutimizning xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari
bilan
hamkorligi
yanada
mustahkamlanib
borayotir.
Bu kabi sa‘y-harakatlar albatta e‘tiborli. Lekin shu kungacha O‗zbekistonning eng
yangi tarixini o‗rganish chuqur va har tomonlama tadqiq etilgan emas.
Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalar to‗laqonli bajarilmaganligi
sababli ilm-fanning ta‘lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi
mexanizmlari yetarli darajada faollashmadi. Kengashning ishchi organi –
O‗zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‗yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik
markaz cheklangan imkoniyatlari sabab bu davr bo‗yicha mavjud adabiyotlarni
qayta ko‗rib chiqishni talab darajasida amalga oshirmadi. Ayniqsa, O‗zbekiston
tarixi bo‗yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‗quv adabiyotlarini o‗rganish va tahlil
etish
mohiyat
jihatidan
qoniqtirmaydi.
Bundan tashqari, bizda, afsuski, O‗zbekistonning eng yangi tarixi turli aspektlarini
o‗rganish bilan shug‗ullanayotgan mutaxassislarning (tarixchilar, sotsiologlar,
siyosatshunoslar, faylasuflar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar) tarqoqligi, ular
faoliyatini muvofiqlashtirish talab darajasida emasligi yaqqol ko‗rinib qolmoqda.
Bugun ilmiy gumanitar hamjamiyat vakillarining hamkorligisiz va birgalikda
sarflanadigan kuch-g‗ayratisiz hozirgi zamon tarixining mazmunini tushunish
murakkabligi
barchaga
ayon.
Ana shunday bir paytda davlatimiz rahbarining O‗zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi huzurida O‗zbekistonning eng yangi tarixi bo‗yicha jamoatchilik
kengashi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risidagi qarori kengash va tarixchilarga
muhim yo‗riqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va kengashning faoliyatini
qayta ko‗rib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan tadqiqotlar, kitoblar,
monografiya va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal etmoq talabini
qo‗ymoqda.
Mazkur qarorda belgilanganidek, institut va kengash a‘zolari qator rejalar, amalga
oshirilishi zarur bo‗lgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat, iqtisod,
madaniyat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‗layotgan voqealar
asosida O‗zbekistonning eng yangi tarixini o‗rganish bo‗yicha kompleks
yondashuvni ta‘minlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi
va hal qilinishi muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik
arsenalining tanqidiy tahlili va tegishli tarzda O‗zbekistonning eng yangi tarixiga
oid turli voqealarni tadqiq etish bilan shug‗ullanayotgan barcha ilmiy
yo‗nalishlarning
nazariy
salohiyati
yangilanishi
bilan
bog‗liqdir.
Umuman olganda, O‗zbekistonning eng yangi tarixini o‗rganish va uni
o‗qitishning dolzarb muammolari bo‗yicha keng munozaralarning zaruratini
chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini
tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol
muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin
o‗tmishini tushunishga, murakkab, jo‗shqin va jadal sur‘atlar bilan davom
etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o‗rganishga,
uni to‗laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy
vazifani amalga oshirish esa o‗zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir.
2 MAVZU JAVOBI
3 Savol javobi
Tarixchi olimlar butun insoniyat, millat, xalq va o‗rganish ob‘ekti (ma‘lum
mavzu) evolyusiyasini, uning ma‘no va mazmunini to‗g‗ri bilishi, tahlil qila olishi
kerak. Agar tarix falsafasi tarixiy voqealiklar tahlilidan kelib chiqadigan haqiqat
(xulosa) larning so‗zdagi aniq ifodasi bo‗lsa, tarix fani metodologiyasi mana shu
tarixiy haqiqatlarni ro‗yobga chiqishi – tarix haqiqiy yozilishi uchun birdan-bir
to‗g‗ri yo‗l ko‗rsatuvchi dasturdir. Eng qisqa va tushunarlik qilib aytsak, umuman
metodologiya fanlarning fanidir.
Keyingi paytda O‗zbekiston tarixi fani metodologiyasini yaratish
imkoniyati
paydo
bo‗ldi.
Avvalo,
metodologiya
haqida
to‗xtalsak,
metodologiyaning lug‗aviy ma‘nosi grekcha
Dostları ilə paylaş: |